Tush ta’biri kitobi: Ramzlar tarixi, psixologik talqini va onlayn lug‘at
Tush ta’biri kitobi (oniromantiya qo‘llanmasi) — insoniyat tarixidagi eng qadimiy bilish vositalaridan biri bo‘lib, u tungi tushlardagi ramzlar,…

Tushda ko’ylak ko’rish — kishiga ko’rk beradigan libos sifatida ikkilangan ramziy ma’noga ega: biri beqarorlik bo’lsa, ikkinchisi har ikki jinsda ham kuzatiladigan ayollikka oid jihatlar. Agar tushga zamonaviy ko’ylak kirgan bo’lsa, bu sizning shaxsiy hayotingizda kelajakdagi o’zgarishlarning belgisidir.
Yangi ko’ylak kiyib ko’rish — yaqin orada ko’chib ketish, ish joyini o’zgartirish yoki yo’qotishni nazarda tutadi. Boshqa odamga kiydirish — oilaviy munosabatlarda bu bir qator tushunmovchiliklar va janjallarni va’da qiladi. Kiyib ko’rishga ulgurmadingizmi? Demak, yagona sevgilingizga his-tuyg’ularingiz juda kuchli va bunga hech narsa to’sqinlik qila olmaydi.
Psixoanalitik talqin qilish, odatda, hozircha ongda, biroq juda yaqin orada ro’yobga chiqishi mumkin bo’lgan narsalar bilan bog’liq bo’ladi. Ko’ylak kiyim sifatida — tush ko’ruvchining o’ziga ishonmasligini yashirish, o’ngida tan olishga qodir bo’lmagan qo’rquvlarining aksi bo’lib hisoblanadi.
Tushda kiyim ko’rish haqida→
Tushda og’ir kiyim kiyganingizni ko’rdingizmi? Demak siz himoyalanish uchun tayyorgarlik ko’rayapsiz, biroq o’zingiz bilmagan holda fikringizdan qaytasiz. Shu bilan birga, tushda qarshingizda odam ko’ylak kiysa (ayniqsa kelin ko’ylak), u bilan urushib qolishingiz ehtimoli mavjud.
Tushda ochiq shkaf oldida turish va uzoq vaqt davomida kiyim tanlash — bu siz yaqinda yorqin va hissiyotlarga boy kishi bilan tanishishingiz, biroq munosabatlar qisqa bo’lishini anglatadi. Agar biron begona odam ko’ylak sovg’a qilsa, yaqinda hamkorlaringiz bilan til topishib ketasiz, faqat qat’iyatlik va xatolarni tushunishga harakat qilish talab etiladi.
Tushda ko’ylak ko’rsa, tushning talqini turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, mavhum liboslar haqidagi tush (holati va rangidan qat’iy nazar), bu ko’nglingizgaa yaqin bo’lganlar uchun kurashish kerakligini bildiruvchi belgi. Tushda ko’ylak sotib olish, biroq uni pulini to’lamaslik — juftingizni xatti-harakatlaridan xavotirga tushasiz.
Biroq, kiyimdagi har qanday nuqsonlar hiyla-nayrangga qodir bo’lgan raqibning paydo bo’lishini taxmin qiladi. Tushda kiyilgan ko’ylak mos bo’lmasa, lekin siz uning uslubini o’zgartirishga yoki tikib, moslab olishga muvaffaq bo’lsangiz, bu sizning umr yo’ldoshingiz uchun kurashda mutlaq g’alabangizni sanglatadi.
Erkak kishi tushda ko’ylak olsa, bu turmush o’rtog’iga hurmatsizlik, noto’g’ri fikrlashning ramzi bo’lib qoladi.
Tushda ko’ylak kiyishning ma’nosi — qiziqarli sayohatdan darak. Ko’ylakni yechish — bu kasallik haqida ogohlantirishdir.
Yangi ko’ylak — yangi hayotning boshlanishi, yangi tanishlar, yangi voqealar belgisi bo’lishi mumkin. Ayniqsa, bu tush ayollar uchun muhimdir.
Payshanbadan jumaga o’tar kecha yaxshi tikilgan ko’ylak ko’rish — sobiq sinfdoshlar bilan uchrashuvdan gapiradi. Seshanbadan chorshanbaga yoki yakshanbadan dushanbaga o’tar kun tushda ko’ylak yirtilsa, noloyiq xatti-harakatlar uchun ta’qib etilishingizdan. Dushanbadan seshanbaga o’tishda tushda ko’ylak kiyib ko’rish — raqibingiz kim ekanligini atrofingizdagi odamlardan bilib olasiz.
Ko’ylak kiyib ko’rish — tanishlar orasida muvaffaqqiyatga erishish, ambitsiyalar. Sotib olish — hasad.
Uni o’lchash — agar kimdir bilan yaqin munosabatlarda yoki turmush qurmoqchi bo’lsangiz, unda bunday tush sizni sevib qolgan shaxsni olib ketishi mumkin bo’lgan raqibni va’da qiladi. Biroq, tushda ko’ylakning qomatga mos kelishi — muhabbat frontida raqiblar ustidan g’oliblikni va’da qiladi. O’zini chiroyli liboslar bilan ko’rsa — jamiyat tomonidan tan olinishi kutilmoqda.
Ibn Siringa nisbat beriluvchi ta’bir manbalarida, ko‘ylak – insonning e’tiqodi, axloqi, or-nomusi va turmushdagi panohi timsolidir. Yangi, pokiza va yarashgan ko‘ylak kiyish – dildagi xushxabarlar, qalb ravshanligi va hayotiy qiyinchiliklardan omon chiqish nishonasidir.
Tush ta’biri kitobi (oniromantiya qo‘llanmasi) — insoniyat tarixidagi eng qadimiy bilish vositalaridan biri bo‘lib, u tungi tushlardagi ramzlar,…
Tushda sichqon yoki kalamush ko‘rish – insonning kundalik ro‘zg‘or ishlaridagi mayda tafsilotlarga e’tibor berishi, tejamkorlik, xonadon saranjomligi va…
Tushda rang-barang, nozik qanotli kapalakni ko‘rish – qalb yengilligi, shodlik, go‘zallik, hayotiy yangilanish, erkinlik va kutilmagan quvonchli yangiliklarning…
Tushda quyon ko’rish Svetkovning so’zlariga ko’ra xavf, unga ov qilish — tashvishlar, quyon go’shtini yeyish — kasallik, yugurib…
Tushda eshik yoki katta darvoza ko‘rish – inson hayotidagi yangi imkoniyatlar, o‘tish bosqichlari, xonadon mustahkamligi, mehmondo‘stlik va oila…
Mundarija Yashirish 1. Psixologik talqin: Tushda ko'ylak kiysa nima bo'ladi? 2. Romantik tush kitobi: Tushda ko'ylak ko'rish ta'biri…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.