Tushda ari ko’rish — hasharot chaqishi, uning uyasi va boshqalar ta’biri
Ari — shafqatsiz dushmanlarni aks ettiradi. Agar tushda kishini ari chaqib olsa — bu raqobatchilarning hasad va nafratini…

Tushda kiyim ko’rish — turli bashoratlarni anglatadi. Ishlaringizdagi muvaffaqiyat tushda qanday kiyim ko’rishga bog’liq: butun va toza, ifloslangan va yirtilgan. Zo’r, ammo urfda bo’lmagan kiyimlarni ko’rish — siz omadli bo’lishingiz, ammo qimmatli g’oyalarni e’tiborsiz qoldirishingizni anglatadi. Agar urfdan chiqqan kiyimni tanlashdan bosh tortsangiz, yaqin orada hozirgi muhitdan chiqib ketasiz, yangi ishlarni boshlaysiz, yangi sevgi aloqalarini o’rnatasiz. Bularning barchasi sizni butunlay o’zgartiradi.
O’zingizni va boshqalar tushda oq kiyimda ko’rish — bu deyarli doimo noxush o’zgarishlar kutilayotganini bildiradi. Oq kiyim kiygab odam bilan sayr qilish — uning uchun kasallik va xafagarchiliklarni anglatadi, faqat agar u ayol kishi yoki yosh bola bo’lmasa. Oxirgi holatda xushxabar eshitish mumkin.
Tushingizda yarashmagan kiyimlarni ko’rsangiz, bog’liqliklaringizning ayrimlari tugaydi. Biron tashkilotda xatoga yo’l qo’yishingiz mumkin.
Keksa odamni yoki yosh yigitni yaxshi tikilgan kostyumda ko’rish — siz ba’zi noxush va tashvishli ishlarni amalga oshirasiz.
Agar ayol tushida boshqalarning kiyimlariga havas qilsa — rashkka duchor bo’lishi mumkin.
Yosh ayol tushida o’zini qora kostyumda ko’rishi — tushkunlik va umidsizlikni bildiradi.
Notoza va yirtiq kiyimlar har doim aldovdan darak beradi va begonalarga nisbatan ehtiyotkor bo’lish haqida ogohlantiradi. Bunday tush shuningdek obro’ingizga putur yetkazish mumkin bo’lgan xatti-harakatlarni ham anglatadi. Biroq toza kiyimlar farovonlikdan dalolat.
Tushda yangi kiyim ko’rish — siz kattaligi va natijalari hayratlantiradigan rejalar qurishingizni bildiradi.
Svetkov ta’biri bo’yicha bu daromad belgisidir. Miller bo’yicha esa, agar tushda shim ko’rgan bo’lsangiz, bu sizni yaqin orada adolatsiz xatti-harakatlarga undalishingiz mumkinligidan dalolat beradi. Agar tushda shimni chappa kiyib olgan bo’lsangiz, kimningdir chiroyi domiga tushasiz.
Miller bo’yicha:
Agar yosh ayol tushida chiroyli, yaxshi tikilgan ko’ylak yoki bluzka ko’rsa — u o’z odobi va san’ati bilan bilan ommaning hayratiga sabab bo’ladi. Agar u ko’ylagi yirtiq ekanligini ko’rsa — u o’zboshimchalik bilan qilingan ishlari uchun dakki eshitadi.
Tushda kimdir sizga kiyinshga xalaqit berayotganini ko’rish — sizning tinch ishlaringizga yomon odamlar to’siq bo’lishini anglatadi. Agar siz o’z vaqtida kiyina olmay, biron joyga kech qolaversangiz, boshqa odamlarning yuzaki fikrlashi tufayli asabiylashasiz. Bunday tush odamlarga hayotda ko’proq o’ziga ishonish, ko’proq ishonch bilan harakat qilish kerakligini aytadi.
Ibn Siringa nisbat beriluvchi ta’bir manbalarida, kiyim – insonning or-nomusi, sha’ni, jamiyatdagi mavqei va ma’naviy holati timsolidir. Toza, yangi va chiroyli libos kiyish – obro‘-e’tiborning ortishi, oilaviy xotirjamlik va yangi xayrli davr boshlanishidir. Oq libos qalb pokligi va taqvoga, yashil libos esa yuksak e’tiqod va fazilatga ishora deb talqin qilinadi.
Ari — shafqatsiz dushmanlarni aks ettiradi. Agar tushda kishini ari chaqib olsa — bu raqobatchilarning hasad va nafratini…
Tushda tovus ko‘rish – yuksak orzular, intellektual erkinlik, chuqur hissiyotlar yoki nozik sezgilar olamiga ishoradir. Qushlar va suv…
Tushda dengizni ko‘rish ko‘pchilikda uchraydigan, ammo chuqur ramziy ma’noga ega bo‘lgan tushlardan biridir. Bunday tushlar ko‘pincha insonning ichki…
Tushda ulkan va viqorli filni ko‘rish – ulug‘vorlik, donolik, uzoq umr, mustahkam barqarorlik, xonadondagi to‘kinlik va katta hurmat-e’tiborning…
Tushda kuchli sel oqimi yoki toshqin suvlarni ko‘rish – inson ichki dunyosidagi his-tuyg‘ularning shiddati, to‘satdan yopirilib kelgan muammolar…
Tushda qulupnay ko’rish ijobiy his-tuyg’ular, yangi munosabatlar va’da qiladi. Quritilgan mevalar ogohlantirish beradi — o’zingizni ushlab turing, ortiqcha…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Zor ta’bir qilingan ekan. Rahmat. Menga juda yoqdi??? Meni tushimni ta’biri juda yaxshi ekan??
Ajoyib sayt ekan ?tuzuvchilarga omad☺
Тузувчиларга омад!
Assalomu alaykum hurmatli sayt ijodkorlari. Iltimos ayol kishi Yangi qora koylak kiyishi va boshida qizil ro‘mol orashi ta’birini aytsangiz
Ajoyib sayt ekan tuzuvchi va yurutuvchi adminlarga omadlar yor bo’lsin faqat rost gaplarni joylanglar bundan keyin ham
Tush8mda. Ikkita toshli sirga taqipman qizil koylak kiyip toyga borsam toy tugagan ekan