Tushda tuxum ko’rish ta’biri — tuxum ko’rsa, sinsa, yesa, pishirsa nimani bildiradi
Psixologik tomondan talqin qilinganda, tushda tuxum ko’rish o’ngda ko’plab assossiz narsalarni umid qilishni anglatishi mumkin. Xomhayollikni yig’ishtirib, harakat…

Tushda xom go’sht ko’rish kasalliklar, muammolar, tajovuzni anglatadi. Tushning ta’biri asosan tush ko’ruvchi shaxsga, go’shtning turiga bog’liq.
Agar go’sht tayyorlanishi tushga kirsa, ishlarda ehtiyot bo’ling, rahbarlar bilan ziddiyatlar istisno qilinmaydi. Cho’chqa go’shti to’xmat, mol go’shti esa yaqinlar bilan munosabatlarning yomonlashishi, janjallashib qolishdan ogohlantiradi.
Hatto shirinliklarni juda xush ko’ruvchilar tushiga ham ba’zan go’sht kiradi: xom, pishgan yoki tanovul qilinish jarayonida. Bu holda u har qanday oilada to’kinlik, farovonlik va mehrning yetarli ekanligi ramzi sanaladi.
Tushda go’sht qaynatish salomatlikning yaxshilanishi, boyib ketish imkoni paydo bo’lishi, qaynagach ham xom qolsa — yaqin oradagi muvaffaqqiyatni anglatadi.
Tushda buzoq go’shti ko’rdingizmi? Bu tush ta’biri qarindoshlari bilan uchrashuv haqidagi yangiliklardan gapiradi. Dimlangan go’sht yeyishni — yetarli ovqatlanmayotganlik va ovqatlanish ratsionini qayta ko’rib chiqish zarurati bilan bog’lanadi.
Tushida xom go’shtni ko’rganlarni ruhiy iztiroblar qiynayotgan bo’lishi mumkin. Bu kishilar gunohlari uchun tavba qilib, o’z qilmishlaridan afsuslanishmoqda.
Ko’pincha go’sht tush ko’ruvchining konservatizmiga ishora qiladi. Ehtimol, siz umumiy qabul qilingan me’yorlarga qat’iy rioya qilishga odatlanib qolgansiz.
Tushga mavhum go’sht kirsa, kishini oldinda ko’plab tashvishlar kutayotganidan darak. Tushda qovurilgan go’sht ko’rish (kotlet yoki bifshteks shaklida) — o’ziga to’qlik, do’stlar va hamkasblar orasida obro’ga ega bo’lish va bayramlarda tez-tez ishtirok etish belgisidir.
Boshqa odamni go’shtli taom bilan mehmon qilish — mehmonning mezbon oldida hurmatini yo’qotishidan darak.
Zigmund Freyd fikriga ko’ra, xom go’sht jinsiy aloqa bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Uni ko’rish jinsiy hayotdan qoniqmaslik bilan bog’lanadi.
Umuman olganda, bu tush oilaviy hayotga norozi munosabatda ekanligingizdan gapirishi mumkin.
Shunchaki qonli go’sht bo’laklarini ko’rish — ishqiy munosabatlarda baxtli o’zgarishlarning belgisi, lekin bu cho’chqa go’shti bo’lsa, er va xotin o’rtasidagi ishonchsizlik tufayli jarlik hosil bo’ladi.
Agar tush ko’rgan kishi turmushga chiqmagan bo’lsa va tushida tovuq go’shtidan nimadir tayyorlasa, bu yaxshi belgidir: qora kunla yaqinda o’tib ketadi, uzoq vaqtdan buyon tashvishlantirayotgan muammolar tabiiy yechim topadi.
Ibn Siringa nisbat beriluvchi ta’bir manbalarida, yaxshi pishirilgan, mazali va toza go‘sht – moddiy farovonlik, saxovatli ziyofat va quvvat ramzidir. Xom go‘sht esa insonni behuda mish-mishlardan tiyilishga va tilda ehtiyotkor bo‘lishga undovchi ogohlantirish sanaladi.
Psixologik tomondan talqin qilinganda, tushda tuxum ko’rish o’ngda ko’plab assossiz narsalarni umid qilishni anglatishi mumkin. Xomhayollikni yig’ishtirib, harakat…
Tushda quyon ko’rish Svetkovning so’zlariga ko’ra xavf, unga ov qilish — tashvishlar, quyon go’shtini yeyish — kasallik, yugurib…
Tushda yong’oq ko’rish — siz o’z organizmingizga bee’tibor bo’layotganingizdan darak, buning oqibatida jinsiy salomatligingizga jiddiy zarar yetishi mumkin.…
Tushda yo‘lbars ko‘rish – shiddatli quvvat, favqulodda epchillik, kuchli intizom, qat’iyat va o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga tez yetishish…
Tushda balandlikdan yiqilish – inson ruhiyati, hissiy holati va hayotdagi beqarorliklar bilan bog‘liq eng ko‘p uchraydigan ramzlardan biridir.…
Tushda kimdir bilan urushish, janjallashish yoki qattiq bahslashish – insonning ichki qarama-qarshiliklari, to‘planib qolgan noroziligi va munosabatlardagi noaniqliklarning…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.