Yarating, o'rganing, bilib oling

? Tushda go’sht ko’rsa — mol, qo’y, cho’chqa, tovuqdan taom ko’rish ta’biri

? Tushda go’sht ko’rsa — mol, qo’y, cho’chqa, tovuqdan taom ko’rish ta’biri

Tushda xom go’sht ko’rish kasalliklar, muammolar, tajovuzni anglatadi. Tushning ta’biri asosan tush ko’ruvchi shaxsga, go’shtning turiga bog’liq.

  • Xom go’shtga qarash — nevralgiya, tish bilan bog’liq muammolar, radikulitning kuchayishi mumkinligiga.
  • Yovvoyi hayvonlarni yeyish — ko’p vaqt o’tmay hayotda qora chiziqlar paydo bo’ladi, pul va mol-mulk yo’qotilishi ehtimoli mavjud.
  • Gosht pishirish — o’ngda boshqa odamning muvaffaqiyatini tomosha qilish.
  • Tushda xom go’sht sotib olish — ishlarning yurishib ketishi, daromad olish.

Agar go’sht tayyorlanishi tushga kirsa, ishlarda ehtiyot bo’ling, rahbarlar bilan ziddiyatlar istisno qilinmaydi. Cho’chqa go’shti to’xmat, mol go’shti esa yaqinlar bilan munosabatlarning yomonlashishi, janjallashib qolishdan ogohlantiradi.

Hatto shirinliklarni juda xush ko’ruvchilar tushiga ham ba’zan go’sht kiradi: xom, pishgan yoki tanovul qilinish jarayonida. Bu holda u har qanday oilada to’kinlik, farovonlik va mehrning yetarli ekanligi ramzi sanaladi.

Tushda go’sht qaynatish salomatlikning yaxshilanishi, boyib ketish imkoni paydo bo’lishi, qaynagach ham xom qolsa — yaqin oradagi muvaffaqqiyatni anglatadi.

Tushda buzoq go’shti ko’rdingizmi? Bu tush ta’biri qarindoshlari bilan uchrashuv haqidagi yangiliklardan gapiradi. Dimlangan go’sht yeyishni — yetarli ovqatlanmayotganlik va ovqatlanish ratsionini qayta ko’rib chiqish zarurati bilan bog’lanadi.

Tushda go’sht ko’rish ta’biri: Psixologik talqin

Tushida xom go’shtni ko’rganlarni ruhiy iztiroblar qiynayotgan bo’lishi mumkin. Bu kishilar gunohlari uchun tavba qilib, o’z qilmishlaridan afsuslanishmoqda.

  • Xom tovuq go’shtini yeyish — o’zidan shubhalanish, qat’iyatlilikning yetishmasligi.
  • Mol go’shti — o’ngda bir g’oyani o’ylash, lekin uni oxirigacha shakllantira olmaslik natijasi bo’lishi mumkin.
  • O’ramdagi go’shtni ochish — yangi g’oyalarni, ma’lumotlarni tushunib yetish natijasidir.

Ko’pincha go’sht tush ko’ruvchining konservatizmiga ishora qiladi. Ehtimol, siz umumiy qabul qilingan me’yorlarga qat’iy rioya qilishga odatlanib qolgansiz.

Tushga mavhum go’sht kirsa, kishini oldinda ko’plab tashvishlar kutayotganidan darak. Tushda qovurilgan go’sht ko’rish (kotlet yoki bifshteks shaklida) — o’ziga to’qlik, do’stlar va hamkasblar orasida obro’ga ega bo’lish va bayramlarda tez-tez ishtirok etish belgisidir.

Boshqa odamni go’shtli taom bilan mehmon qilish — mehmonning mezbon oldida hurmatini yo’qotishidan darak.

Tushga go’sht kirsa nimani anglatadi: Romantik ta’bir

Zigmund Freyd fikriga ko’ra, xom go’sht jinsiy aloqa bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Uni ko’rish jinsiy hayotdan qoniqmaslik bilan bog’lanadi.

  • G’oz go’shti kishiga turmush o’rtog’ining kasallanib qolishi mumkinligidan ogohlantiradi.
  • Mol go’shti sizning his-tuyg’ularingiz oxiri berk ko’chaga kirib qolganligidan dalolat beradi.
  • Qo’y go’shti oilaviy hayotdagi qiyinchiliklardan, muammolardan xalos bo’lishni taxmin qiladi.
  • It go’shti — juftingiz bilan noxush suhbatga.

Umuman olganda, bu tush oilaviy hayotga norozi munosabatda ekanligingizdan gapirishi mumkin.

Shunchaki qonli go’sht bo’laklarini ko’rish — ishqiy munosabatlarda baxtli o’zgarishlarning belgisi, lekin bu cho’chqa go’shti bo’lsa, er va xotin o’rtasidagi ishonchsizlik tufayli jarlik hosil bo’ladi.

Agar tush ko’rgan kishi turmushga chiqmagan bo’lsa va tushida tovuq go’shtidan nimadir tayyorlasa, bu yaxshi belgidir: qora kunla yaqinda o’tib ketadi, uzoq vaqtdan buyon tashvishlantirayotgan muammolar tabiiy yechim topadi.

Tushga go’sht kirsa nima bo’ladi?

  • Go’sht — kasallik, muammo va tashvishlar.
  • Xasta odam tushiga cho’chqa go’shti kirsa, ahvoli og’irlashadi, sog’lom bo’lsa, kasallanib qoladi.
  • Mol go’shti noxushliklarga, xom go’sht esa biron narsani og’irlatib qo’yish mumkinligiga.

Go’sht ko’rsa, buning ta’biri qanday: XXI asr tush kitobi

  • Tush kitobga ko’ra, go’sht ko’rish — uyda farovonlik va quvonch ramzi.
  • Uni tayyorlash — noma’lum o’zgaruvchan vaziyaga, bu ham yomon, ham yaxshi degan ma’noni anglatadi.
  • Tushda pishgan go’sht yeyish — sog’liq va boylikning yaxshilanishi, xom bo’lsa, noxushliklar, yo’qotishlarga;
  • Boshqa odam bilan baham ko’rish — o’nda atrofdagilar nazarida obro’sizlanish;
  • Qiz yoki ayol uchun ko’p miqdordagi go’sht ko’rish — ishqiy munosabatlarga, erkak kishi uchun — sog’inchga.
  • Tushga qassob kirsa — xatar, noxush uchrashuvga. Agar u go’sht burdalayotgan bo’lsa, aldovlardan ogoh bo’lish kerak.
  • Go’shtdan shashlik tayyorlash — bu yaqin orada o’zingizni faqat oilaga baxsh etishingizdan.
  • Go’shtqiymalagich — depressiya elchisi.
10
Loading...

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.