Yarating, o'rganing, bilib oling

Hayvonlar haqida qiziqarli faktlar — ehtimol siz bilmagan 36 eng g’aroyib ma’lumot

Hayvonlar haqida qiziqarli faktlar — ehtimol siz bilmagan 36 eng g’aroyib ma’lumot

Sayyoramizning hayvonot olami sinoatlarga to’la, shu sababli sizlarni hayratlantirishi mumkin bo’lgan hayvonlar haqida bir nechta qiziqarli faktlar bilan tanishtirib o’tamiz.

Hayvonlar haqida qiziqarli faktlar

1. Filning tishlari 9 kg`gacha tosh bosishi mumkin.
2. Delfinlar nafaqat ochiq ko’z bilan uxlaydi, balki ularda miyaning yarmigina «uxlaydi». Qolgan qismi atrofdagi voqealardan ogoh bo’lib turadi.
3. Yer sayyorasida oq karkidonlardan atigi 3 nafar qolgan. Hozirda ularning har biri tinimsiz qo’riqlanadi.

4. Jirafalarda ovoz boylamlari mavjud emas, shu sababli ular «gapira» olishmaydi.
5. Timsohlar tilini chiqara olmaydi.
6. Bu eng noodatiy kapalaklardan biri. Uning noodatiyligi shaffof qanotlari mavjudligida.

7. Tuyaqushning ko’zi uning miyasi o’lchamidan kattaroq.
8. Bo’rilar bir yeyishda 20 kg`dan ortiq go’sht iste’mol qilishlari mumkin.
9. Toshbaliq — eng zaxarli baliq hisoblanadi.

10. Burgut 250 km/soat`dan ortiq tezlikda ucha olishga qodir.
11. Yangi tug’ilgan filning bolasi 100 kg`gacha vaznga ega bo’lishi mumkin.
12. Tilining rangi pushti bo’lmagan yagona it zoti — Chau-chau hisoblanadi.

13. Hindistonda 50 milliondan ortiq maymunlar mavjud.
14. Amazonka daryosida noyob bo’lgan pushti delfinlar hayot kechirishadi.

15. Tuya ikki haftagacha suvsiz yurishi mumkin.
22. Vampyroteuthis infernalis — sayyoraning eng sirli deb topilgan mavjudoti. U ummonning eng chuqur joylarida hayot kechiradi va olimlar uni faqatgina bir necha marotaba uchratishgan.

16. Asalari butun umri davomida choy qoshiqning 1 / 12 qismichalik asal ishlab chiqara oladi.
17. Tovuq yiliga o’rtacha 190 ta tuxum qo’yadi.
18. Chumolilar hech qachon uxlamaydi. Buning o’rniga ular kuniga ikki marta 8 daqiqadan «dam olishadi». Chumolilar malikasi esa kuniga 90 daqiqa dam oladi.

19. Quruqlikda yashovchi toshbaqalardan farqli o’laroq, dengiz toshbaqalari boshini kosasi ichiga torta olmaydi.
20. Attacus Atlas — eng yirik kapalak. Uning qanotlari uzunligi yoyilganda 30 santimetrga yetadi.

21. Mushuklarning har bir qulog’ida 32 ta mushak mavjud.
22. Meduza hatto o’lganidan keyin ham «chaqib» olishi mumkin.
23. Kabutarlarning ajabtovur turi mavjud, ular moviy rangda.

24. Buqalamunlar (xameleonlar) ko’zlarini turli yo’nalishlarda harakatlantira olishadi.
25. Bo’rsiqlar o’z inlarini avlodlariga meros qilib qoldiradi.

26. Begemotlar bolalari yerga qattiq qulab tushmasligi uchun suv ostida tug’ishadi.
27. Dengiz mushuklari nafaslarini 2 soatgacha ushlab tura olishadi.
28. Ko’k kit tilining vazni o’rtacha filning vazni bilan teng.

29. O’rta statistik tipratikanning ignalari soni 10 mingga yetadi.

30. Qo’ylar insonning yuzini eslab qolish qobiliyatiga ega.

31. Yer yuzidagi umuman kasal bo’lmaydigan tirik mavjudotlardan biri — akulalar.

32. Xitoyda pandalarni o’ldirish o’lim jazosiga tortilishga sabab bo’la oladi.

33. Omarlarning qoni moviy tusga ega.

34. Olmaxonlar — eng yaxshi bog’bonlardir. Ular yerning aynan qayeriga yegulik ko’mganini unutganligi bois har yili minglab yangi daraxtlar unib chiqadi.
35. Dunyodagi eng mitti baliqning nomi Paedocypris progenetica bo’lib, uning o’lchami atigi 8 mm`ni tashkil etadi.

36. Meduza nutrikula — sayyoramizdagi yagona umri boqiy tirik mavjudot. Ular faqat tashqi omil ta’siri oqibatida nobud bo’lishi mumkin.

67
Loading...

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.