Yarating, o'rganing, bilib oling

Tushda o’lgan odam ko’rish — marhumni ko’rsa, u bilan gaplashsa nimaning belgisi?

Tushda o’lgan odam ko’rish — marhumni ko’rsa, u bilan gaplashsa nimaning belgisi?

Har bir inson uchun tushda o’lgan odamni ko’rish — ba’zan taskin beruvchi, ba’zan esa yoqimli bo’lmagan va hatto qo’rqinchli tush hisoblanadi. Uyg’ongach, bunday tushning ta’birini bilish ustuvor vazifa bo’ladi, chunki odamni daxshatli narsalar kutayotganidek tuyulaveradi. Biroq, xalq orasidagi noto’g’ri tushunchalarga qaramasdan, agar tushga o’lgan odam kirsa, sizni o’lim bilan bog’liq hech narsa kutmaydi. Ko’p narsa tushda boshdan kechirilgan hissiyotlar va aynan qay bir marhum kirganligiga bog’liq.

Tushda o’lgan odamdan biron narsa olsa, bu juda noxush oqibatlardan so’zlashi mumkin. Tushda o’lgan odamdan biron narsa bersa, bu moddiy farovonlik, ahvolning yaxshilanishi, baxtli hodisalardan darak. Tushda o’lgan inson boy bo’lsa, bu narigi dunyoda u bilan hammasi yaxshi ekanligidan.

Tushda o’lgan qarindoshni ko’rish: Miller tush ta’biri kitobi bo’yicha

Millerning so’zlariga ko’ra, tushda o’lgan odamni ko’rish  — ogohlantirish belgisidir.

  • Tushda o’lgan otani ko’rish — yaqin atrofingizda yashirinib yurgan dushmanlardan ehtiyot bo’lishingiz va biznesdagi muvaffaqqiyatsizlikka tayyor turishingiz kerak demakdir.
  • Tushda o’lgan onani ko’rish — bosiq bo’lishni va hadeganda atrofdagilarga g’azablanmaslikni o’rganish kerakligidan. Tushga onaning kirishi shuningdek yaqin kelajakda kutilayotgan omadsizliklar yoki kasalliklardan ham ogohlantirishi mumkin.
  • Tushda o’lgan akani yoki yaqin do’stni ko’rsa — kimgadir yaqin orada yordamingiz kerak bo’lishidan gapiradi.

Tushda o’lgan kishi tirilsa, uninig ko’rinishi baxtli bo’lsa, bunday tushning talqini — siz kimningdir yaxshi bo’lmagan nazariga tushgansiz va iroda bilan u kishidan qutula olmasangiz, moddiy yo’qotishlarga tayyor bo’lishingiz kerak.

Tushda o’lgan odam bilan gaplashish, suhbatlashish — u sizdan yaqin kelajdakda ulkan baxtsizlikni oldini olishi mumkin bo’lgan va’dani kutmoqdaligidan darak.

Tushda o’lgan odamni ko’rsa: Vanga bo’yicha

Tushda tirik odam o’lsa, Vanganing tush ta’biri bo’yicha kasalliklar, ofatlardan ogohlantirish.

Ammo, agar o’lgan odam tushda tirik bo’lsa, u odam sizning do’stingiz bo’lsa, bilingki, u sizni nimadandir ogohlantirmoqda, buni bilish uchun uning so’zlari va xatti-harakatlari nimani anglatishi mumkinligini yaxshila o’ylab ko’rish kerak.

Tushda o’lgan odamni ko’rish: Loff bo’yicha

Ushbu tush ta’birlari kitob talqiniga ko’ra, tushda o’lgan odam ko’rish juda muhim masalalarni muhokama qilishni va’da qiladi. Ammo, tushga o’lgan qarindosh kirishi bu kitobda shunchaki uni sog’inish bilan tushuntiriladi.

Agar o’lgan qarindosh tushda tirik bo’lsa-yu, tobutda yotgan bo’lsa, bu umuman boshqa ma’nodir. Bu shuni anglatadiki, yaqin orada juda yaqin bo’lgan kishi bilan munosabatlar to’g’risida jiddiy gaplashib olish kerak bo’ladi. E’tiborli tomoni shundaki, bu noxush suhbatga e’tibor bermaslik jiddiy nizolarga olib keladi.

Tushga o’lgan odam kirishi: Svetkov talqini

Agar o’lgan kishi tushda tirik, quvnoq va mamnun bo’lsa, dushmanlaringizning yomon rejalaridan qo’rqib, ehtiyotkorlik bilan qaror qabul qilish kerak bo’ladi.

Tushda marhum qarindosh yoki boshqa yaqin kishilarni tirik holda ko’rsa, bunday tushning ta’biri taqdir elchisi deya talqin qilinadi. Yaqinda hayotingiz keskin o’zgaradi, masalan, yangi ishqiy munosabatlarni yo’lga qo’yasiz yoki ishda kutilmagan taklif qabul qilasiz.

Agar tushga o’lgan eringiz kirsa va sizni uch marta o’psa, bu yaqinda siz yuragingizga yaqin odam bilan vidolashishingizdan darak.

Tushda o’lgan insonni ko’rsa: Freyd bo’yicha

Zigmund Freydning so’zlariga ko’ra, o’lgan odam tushga biron narsa to’g’risida ogohlantirish uchun kiradi. Unga diqqat bilan quloq solib, uning so’zlari va maslahatlarini e’tiborga olmoqlik kerak.
Agar tirik bo’lgan insonlar tushda o’lsa, ular bilan munosabatlaringiz qay darajada yaxshi ekanligini o’ylab ko’rishingiz kerak.

Tushda o’lgan odam bilan gaplashsa: katta tush ta’biri kitobi

Eng baxtli hodisalardan darak beradigan tushlardan biri — marhumni tushida tiriklayin ko’rish va uni quchoqlash, bu uzoq umr va baxtli qarilikdan darak beradi.
Tushga o’lgan ota-ona kirsa, sizni allaqachondan buyon o’ylantirib va tashvishga solib kelayotgan yetarlicha murakkab va muhim savolga javob topasiz va osuda hayotni davom ettirasiz.

Ammo agar tushga o’lgan odam kirsa va kishi bunda qo’rqsa, uni yaqin kelajakda ulkan noxushliklar va sinovlar kutmoqda.

55
Loading...

Qoldirilgan fikrlar

    • tushimda ulgan insondi kurdim uni bogdim yaqin qarindoshlarimdan 2 tasi oq xuroz suyishdi qon sachrab yuzimga tigdi . Bu nimani anglatadi

  • Men tushda o’zim o’lganimni ko’rdim. Va men juda yaqin insonim bilan birga menga tanish bo’lmagan ko’cha ko’yda juda hursand yuribmiz. Nimadan dalolat javob topa olmayapman.

    • Men tushimda o’lgan qoshnimni kordim u juda xursand edi va menga bita balzam berdi.keyin undan o’lgan edizku qanday qilib tirildz deb savol berdim u esa men o’lmagandim o’zimni o»lganga solgandim dedi.yaxshi inson edi joylari jannatda bo’lsin.kuni boyi eslolmagan tushimni hozir 23:20 da eslaganmdan afsusdaman qorquv bosyabdi bir amallab uhlab oleydaa???

  • Men tushimda o’lgan enamni tirik ko’ribman va quchoqlabman u yig’layotganmish dadangni chaqir otang bilan vidolashsin deb ammo otam birinchi o’lgan Astag’firillo deyapman ???

  • Man tushumda xolamni ruxini kurdim. U kelib togamnikida tupalen qiliyabdikan. Qizoni uyuga kirolme xafa boliyabdikan. Sunga mani va ayamni kirib quchoqlab yiglayabdikan. Biz bilan gaplashib osmanga qarab uchub ketiyabdikan oppoq nur taralib. Manosini bilsalarin aytvorilar iltimos

  • Man onam ni kordm onam bir suz demayaotilar taahqarida hamma yiglayaoti onamga nmaga desamda onam indamayaptilar bu nmani belgisi

  • Assalomu alaykum hammaga. Man ham anchadan buyon yaqinda vafot etgan buvimni ko’raman tushimda. Gohida gaplashaman gohida quchoqlab yiglayman. Bugun tushimda buvim tirik ekanlar man bilan gaplashdilar lekin gaplari juda sekin edi, namoz vaqti bo’ldi onam namoz o’qish uchun tahorat olishga chiqdilar, man sog’liklaridan xavotir olib ammamni chaqirib kelishga chiqdim, qaytib kelsam onam vafot etgan ekanlar. Ularni jonsiz tanalarini ko’rdim yana qaytadan . Aniq nimaga ekanligini bilmayapman . Tushimni ta’birini bilganlar javob qoldiringlar.

  • Assalomu aleykum mani tushimga dodajonim kriptila Allohga shukur hayotla lekin tushimda o‘tib qo‘ptila rasa yig‘lamman hayrlashish un yonlariga kirip tasbeh o‘girip tepalarida rasa yig‘lab o‘tirip kegin chqib ketimman. Uyg‘onsam ko‘zlarimam qizarip oyoq qo‘‘larim uvishib qo‘pti.

  • Men tushinda o‘lgan buvimnib ko‘rdin u juda bejo yurgan edi men ularni uyga bordim bprganimda man ularni ko‘rob qatiq quchoqlab oldim yig‘ladim meni kechiring deb keyin olma so‘radim olma berdi keyin rosa menga yoshligimni eslati .
    Yur ketik tp‘yga boramiz de men buvimni prqasidan bprdim borganimda bir xonada chaqalpq ko‘rdim qp‘shnimni qozni chaqalogi edi u qp‘shnimni kelini ham o‘sha xonada edi

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.