Tushda yomg’ir ko’rish — uning yog’ishi, ostida qolish kabilar ta’biri haqida
Yomg’ir — obi hayot, yerni sug’oradigan qon. Hodisa hayotiy kuchlar, havo energiyasi, suvni aks ettiradi. U osmondan yog’ilishi…

Tushda tilla ko’rish ko’pincha muhim o’zgarishlar oldida turganlar odamlarda kuzatiladi. Bunday tush uni ko’rgan kishi to’g’ri yo’lda ekanligi va muvaffaqqiyatga erishish ehtimoli yuqori ekanligini bildiradi. Agar bo’yinga tilla zanjir taqilgan bo’lsa, to’g’ri deb bilgan hayot yo’lingiz shunchaki sarob bo’lib chiqishi xavfi mavjudligidan.
Tushda qo’lda tilla ushlash — barcha boshlayotgan ishlaringizda sizga omad kulib boqadi. Agar ayol kishi tushida sovg’aga tilla buyum olsa, masalan tanga yoki zirak, uzuk va boshqa taqinchoqlar, bu ayol badavlat, ammo ichi qora odamga turmushga chiqishi ehtimolidan gapiradi.
Tushda tilla topib olish — sizning qadr-qimmatingiz hurmat-e’tibor va boylikka osonlikcha erishish imkonini berishidan. Tushda tilla yo’qotib qo’yish — o’ngingizda beparvoligingiz tufayli katta imkoniyatni qo’ldan boy berishingiz mumkin.
Tilla koni topib olish — sizga mushkul, ammo sharafli ish ishonib topshirilishini anglatadi. Agar siz tushda oltin konida ishlashni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, unda siz boshqalarning huquqlariga noqonuniy ravshida egalik qilmoqchi bo’lasiz. Tush sizni ogohlantiradi: siz haqingizdagi mish-mishlar sharmanda bo’lishingizga olib keladi.
Oltin — poklik va boylikning universal ramzi. Tushda tilla olish — o’z qurdat va boyligini namoyish etish. Tushda oltin olishning manbasini aniqlash kerak — bu sovg’a, topilma yoki kashfiyot ekanligini bilish muhimdir. Tilla buyumning qanchalik ahamiyatli ekanini tushunish lozim.
Tushda tilla qay maqsadda foydalanish uchun mo’ljallangan, kimning boyligi yoki qudratini namoyish etmoqda? Tilla buyumni topib oldingizmi, uni sizga sovg’a qilishdimi? Ushbu buyum sizga quvonch yoki qayg’u keltirdimi? Bularning barchasi o’ngingizda davlat va omadingizda o’z aksini topishi mumkin.
Tilla — soxtalik belgisi, agar buyumning faqat yuzasi tilla bo’lsa; oltin yutish, tishlab ko’rish — ijodkorlikdagi muvaffaqiyat; tillaga teginish, ushlash — omadli imkoniyatni qo’ldan boy berganlik ramzi. Tilla soat ko’rish — yaqin orada muhim hodisa kutilmoqdaligidan. Tushda tilla topib olsa — daromad olish belgisi. Tilla uzuk yaxshilik ramzidir.
Umuman olganda, ushbu metallning tushga kirishi barchasi yaxshi ketayotganini va kelajakda bo’sh kelmasdan, olg’a intilishda davom etish kerakligini anglatadi.
Ibn Siringa nisbat beriluvchi ta’bir manbalarida, oltin – ayollar uchun ziynat, shodlik, qadr-qimmat va farovon turmush ramzidir. Erkaklar uchun oltin buyumlar ko‘rish esa ko‘proq moddiy mas’uliyat, omonatlarga hushyor bo‘lish va berilgan ne’matlarning qadriga yetish eslatmasi deb qaraladi.
Yomg’ir — obi hayot, yerni sug’oradigan qon. Hodisa hayotiy kuchlar, havo energiyasi, suvni aks ettiradi. U osmondan yog’ilishi…
Mundarija Yashirish 1. Tushda tilla ko'rish: Miller tush ta'biri bo'yicha 2. Tushda tilla ko'rsa nima bo'ladi: Loff bo'yicha…
Tushda yo‘lbars ko‘rish – shiddatli quvvat, favqulodda epchillik, kuchli intizom, qat’iyat va o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga tez yetishish…
Tushda kalit ko‘rish – yangi imkoniyatlar eshigi ochilishi, murakkab masalalarga oqilona yechim topilishi, sirlarning oydinlashishi va xonadondagi ishonchli…
Tushda po‘lat qilichni, qindagi qilichni ko‘rish yoki uni qo‘lda tutish – haqiqat, adolat, kuchli so‘z, mardlik, jasorat, himoya…
Tushda poyabzalsiz, yalangoyoq yurish – soddalik, samimiylik, tabiat bilan uyg‘unlik, ba’zan esa himoyasizlik va hayotiy qiyinchiliklarga sabr bilan…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Raxmat lekin men tillo taqsam farzandlik yani homilador bulsam taqinchoq taqaman
Tushida tillalarini oʻgʻirlatib qoʻysa nimadan dalolat
Tushda juda kop tilla buyimlar kordim sepochka taqib kordim homlodorman
Ман тушимда бировни чунтагидан 2 дона тилла угирлаб узими тилла такинчокларим каторига кушиб куйибман. Маноси нима экан
Men ham homiladoman tushimda juda koʻp taqinchoqlar topib olibman yoʻlimni har burchagidan sirgʻa chiqibdi