Tushda tilla ko’rish ta’biri — oltin buyumlar, taqinchoqlar ko’rsa nimani anglatadi
Tushda tilla ko’rish ko’pincha muhim o’zgarishlar oldida turganlar odamlarda kuzatiladi. Bunday tush uni ko’rgan kishi to’g’ri yo’lda ekanligi…

Psixologik tomondan talqin qilinganda, tushda tuxum ko’rish o’ngda ko’plab assossiz narsalarni umid qilishni anglatishi mumkin. Xomhayollikni yig’ishtirib, harakat qilishni boshlash kerak. Ehtimol shunda qilgan orzularingiz yaqin orada ro’yobga chiqadi.
Shuningdek bu tushning ma’nosi siz atrofdagilardan qochib, «qobiqqa» o’ralib olganingiz bo’lishi ham mumkin. Faol va ochiqroq bo’ling, bu sizga yangi tanishlar orttirish va hayotda muvaffaqqiyatliroq bo’lish imkonini beradi.
Tushda singan tuxum ko’rish — ehtiyotsiz nigoh yoki so’z bilan birovni kamsitishingiz, xafa qilishingiz mumkinligidan. Agar «to’lib-toshib ketgan» bo’lsa ham, yaxshisi tilni tiygan ma’qul.
Kishi tushda tuxum yesa — anchadan buyon tanigan, lekin faqat rasmiy munosabatlarda bo’lgan kishi (masalan hamkasb) bilan munosabatlarining yaqinlashishi.
Freyd bo’yicha tushda tovuq tuxumi ko’rish erkaklik quvvatini anglatadi, ba’zi hollarda esa umrboqiylik ramzi sifatida talqin qilinadi.
Bu mahsulot tushlarda dunyoni, sayyorani, atrofingizdagi barcha jonzotlarni aks ettiradi. Tushda aynigan tuxum ko’rish tiriklikka tahdidni anglatadi.
Tuxum yangi hayotning tug’ilishi, qayta tug’ilishni bildiradi. Homilador ayol tushida tuxum ko’rsa, bu tug’ruq jarayoni muvaffaqqiyatli o’tishidan dalolat beradi. Uni sindirib qo’yish — yaqinda jinoyat sodir etishingiz mumkinligidan. Ehtimol, bironta tirik jonzotning hayotiga zomin bo’lasiz. Agar boshqa birov uni sindirganini ko’rsangiz, qurbonlik yoki qotillik guvohi bo’lishingizdan.
Tush ko’rishda tuxumi bo’lgan qush inini topib olish — boylik va baxtli nikoh haqida gapiradi. Ayollar uchun bu tush tez-tez sevimli mashg’ulotlar bilan shug’ullanishni va’da qiladi. Tushda tuxum yeyish — bu uyingizda g’ayritabiiy tashvishlar paydo bo’lishi demakdir. Singan yangi tuxumni ko’rish — bu taqdir sizga saxovatli sovg’a ulashishini ko’rsatuvchi belgi. Yuqori aql va yuksak adolat hissi sizni ko’pchilikning sevimli insoni qiladi.
Aynigan, sifati buzilgan tuxum — mulkni yo’qotish va biznesda ishlar yurishmasligini va’da qiladi. Kishi tushda tuxumli savat ko’rsa — foydali biznes operatsiyalarida qatnashishni anglatadi. O’rmonda qush tuxumini topish — uzoq qarindoshlardan meros olishni bildirishi mumkin.
Kishi tushda ppishgan tuxum ko’rsa, uning ortida g’iybatlar va mish-mishlar tarqalganligini anglatadi.
Ibn Siringa nisbat beriluvchi ta’bir manbalarida, butun va toza tuxum – jamg‘arilgan to‘plangan mulk, oila a’zolari va yashirin yaxshi imkoniyatlar ramzidir. Pishirilgan mazali tuxum yeyish – mashaqqatsiz keladigan munosib ne’mat va ro‘zg‘or to‘kinligi deb baholanadi.
Tushda tilla ko’rish ko’pincha muhim o’zgarishlar oldida turganlar odamlarda kuzatiladi. Bunday tush uni ko’rgan kishi to’g’ri yo’lda ekanligi…
Ko’pchilik insonlar o’rgimchaklardan qo’rqishadi va hatto bu hasharot ularni tushda ham ta’qib qilishi mumkin. Tushda o’rgimchak ko’rsa nima…
Tush ta’birlarida kasalxona ko‘pincha insonning ruhiy holati, ichki kechinmalari va hayotidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ramz sifatida talqin qilinadi.…
Tushda oyoq kiyim ko’rish — yangi joy yoki yangi munosabatlardan gapiradi. Noodatiy poyabzal — noodatiy narsalar yoki munosabatlar;…
Tushda ko’ylak ko’rish — kishiga ko’rk beradigan libos sifatida ikkilangan ramziy ma’noga ega: biri beqarorlik bo’lsa, ikkinchisi har…
Tushda osmonda yarqirab turgan ko‘rkam kamalakni ko‘rish – yomg‘ir va bo‘ronlardan keyin keladigan tinchlik, orzularning ro‘yobga chiqishi, xushxabarlar…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.