Tushda ayol ko’rish ta’biri — xosiyati, nimadan darak berishi talqini
Tushda ayol ko’rish — tush ko’ruvchi bilan nima sodir bo’lishi mumkinligini anglatadigan ma’noga ega. Bunda ayol bilan birgalikda…

Ko’pchilik insonlar o’rgimchaklardan qo’rqishadi va hatto bu hasharot ularni tushda ham ta’qib qilishi mumkin. Tushda o’rgimchak ko’rsa nima bo’ladi — quyida dunyodagi eng mashhur kitoblar bo’yicha batafsil talqin.
Bu hasharot ishga bo’lgan mas’uliyatli munosabatni ifodalaydi. qilingan mehnatlar o’z samarasini beradi. U o’rnatgan ko’plab to’rlarni ko’rish, osonlikcha erishiladigan muvaffaqqiyat kutilayotganidan. Biroq atrofdagilarga ehtiyot bo’lish kerak — ba’zi tanishishlar xavfli bo’lishi mumkin.
Ulkan va mayda o’rgimchak siz tomonga harakatlanib kelayotgan tush — biznesdagi yutuqlar va o’z omadingizdan quvonishingizni ko’rsatib beradi. Ammo agar gigant o’rgimchak chaqsa, barcha yutuqlaringiz dushmanlarning makkorligi tufayli puchga chiqadi. Tushda kishini o’rgimchak quvishi — noqulay holatga tushib qolish, buning natijasida omadni yo’qotish ramzi sanaladi.
Kishi tushda o’rgimchak ko’rsa, o’zini anchadan buyon qiynab kelayotgan muammoni yechishga yordam beradigan uzoq kutilgan muhim suhbat bo’lib o’tishini anglatadi. Agar o’rgimchaklar ko’p va qora rangli bo’lsa, unda g’iybatlar qurboni bo’lish ehtimoli mavjud, bu oila a’zolariga ham ta’sir qiladi. Bu hasharotning chaqishi ham yolg’on mish-mishlarni va’da qiladi, biroq bu holda ular yanada jiddiyroq bo’ladi, hatto mavqega putur yetkazishi mumkin. To’r to’qiyotgan oq o’rgimchak — ham ma’naviy, ham moddiy farovonlik ramzidir.
Tushga bu jonzot qachon kirganligiga ham e’tibor berish kerak. Agar shanbaga o’tar kecha kirgan bo’lsa, sizni katta muvaffaqiyat kutmoqda.
Ayol kishining bunday tush ko’rishini Zigmund Freyd hayotda o’ziga ishonmaslik, o’zini yetarli baholamaslik, munosabatlarni yo’qotish yoki hech qachon o’ziga juft topa olmaslikdan qo’rqish deb ta’riflaydi. O’rgimchak to’ri esa hozirgi muhabbat rishtalarining zaiflashgani, sovuqlik mavjudligini ko’rsatadi.
Tushda o’rgimchak o’ldirsa yoki uning to’rda bexavotir o’tirganini ko’rsa — mansab zinapoyasida yuqorilash. Agar kishi ustida ikkita o’rgimchak yurgan bo’lsa — dushmanlar arz qilishiga.
Agar ishda sizga nisbatan noto’g’ri munosabatda bo’lishsa, tushingizga tez-tez o’rgimchak kirishi mumkin. Bunday obraz siz bu holatni o’zgartira olishingiz mumkinligini aks ettiradi. Atrofdagilarga nisbatan ochiqroq bo’ling, hayoliy rolni o’ynashni to’xtating, o’zligingizcha qoling.
Tushdagi o’rgimchak bilan kurash ishda rahbariyat bilan kelishmovchilik haqida ogohlantiradi, uning uyasi esa oiladagi. Biroq, bunday tush ijobiy ma’noga ega bo’lishi ham mumkin. Qo’lda o’rgimchak ushlash — qimmatbaho sovg’a olishga.
Ijobiy ma’noga ega obrazlar: o’rgimchak to’r hosil qilayotgan (bu foyda kelishiga) yoki devor bo’ylab o’rmalayotgan bo’lishi (orzularning amalga oshishiga). Tushda o’rgimchakni o’ldirish ham ijobiy belgidir: hatto o’zingiz ishonmagan niyatlaringiz ro’yobga chiqishi mumkin. Ammo faqatgina o’rgimchak yoki to’rning o’zi — salbiy ramz. Birinchi holatda muhim ishni unutish yoki yaqin insonni yo’qotish, ikkinchisida esa fitna qurboniga aylanish ehtimoli mavjud.
Ba’zida tushda bu hasharotni ko’rish kichik quvonchlarni va’da qiladi. Lekin e’tiborli bo’lish kerak: yaqin orada alkogolli ichimliklar, giyohvand moddalar yoki boshqa yomon odatlar bilan bog’liq ko’ngilxushliklar rejalashtirilayotgan bo’lsa, uni rad etish kerak. Ayniqsa agar tushda o’rgimchak to’riga o’ralashib qolgan bo’lsangiz, bunda hayot tarzingiz sizni nobud qilishi ham mumkin.
Ibn Siringa nisbat beriluvchi ta’bir manbalarida, o‘rgimchak – kamtarin hayot kechiruvchi, o‘z holiga qanoat qiluvchi yoki o‘z qobig‘iga o‘ralgan kishi ramzi deb qaraladi. O‘rgimchak to‘rini supurib tozalash – xonadondagi barcha eski g‘uborlar, noxushliklar va chigalliklarning bartaraf bo‘lishi alomatidir.
Tushda ayol ko’rish — tush ko’ruvchi bilan nima sodir bo’lishi mumkinligini anglatadigan ma’noga ega. Bunda ayol bilan birgalikda…
Tushda zaytun ko‘rish yoki iste’mol qilish – inson mehnati samarasini ko‘rish, moddiy to‘kinlik, salomatlikning mustahkamlanishi va hayotiy lazzatlardan…
Tush ta’birlarida kasalxona ko‘pincha insonning ruhiy holati, ichki kechinmalari va hayotidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ramz sifatida talqin qilinadi.…
Tushda kalit ko‘rish – yangi imkoniyatlar eshigi ochilishi, murakkab masalalarga oqilona yechim topilishi, sirlarning oydinlashishi va xonadondagi ishonchli…
Tushda suvda cho‘kish – insonning ruhiy va hissiy holati haddan tashqari to‘lib-toshganini, qiyin vaziyatlar yoki ortiqcha mas’uliyat insonni…
Tushda maqtov eshitish marosimi yoki tadbirida ishtirok etish – insonning jamiyat bilan ma’naviy bog‘liqligi, axloqiy qadriyatlar, an’analarga hurmat…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.