Tushda olcha ko‘rish nimani anglatadi? (Batafsil ta’bir)
Tushda olcha ko‘rish yoki iste’mol qilish – inson mehnati samarasini ko‘rish, moddiy to‘kinlik, salomatlikning mustahkamlanishi va hayotiy lazzatlardan…

Itlar ham vafoli do’st, ham ashaddiy dushman bo’lishi mumkin. Tushda it ko’rish — siz va ishongan do’stingiz orangizda munosabatlar ishonchli ekanligini anglatadi. Tushda yovvoyi it ko’rsa — bir qarashda hal qilib bo’lmas muammoni hal qilishga ishora. har ikki holatda ham, tush ta’biri itning qay obrazda ekanligi aksi bo’ladi: yaxshi yoki yomon.
Agar tushga yomon, g’azablangan it kirsa — muvaffaqiyatsizliklar va raqiblaringizning hiyla-nayranglariga tayyor turing. Yuvosh it — omad va haqiqiy do’stlar paydo bo’lishidan darak beradi. Agar tushda zotli itning egasi bo’lsangiz, unda sizni yaxshigina daromad kutmoqda. Tushda it kishining izidan kelayotgan bo’lsa — xomhayollik tufayli katta yo’qotishlarga duchor bo’lish mumkinligidan ogohlantiruv.
Tushda it tishlasa — yaqin kelajakda biznes sheriklar bilan ham, turmush o’rtog’ingiz bilan ham yaxshi munosabatlarni kutmang. Ozg’in va iflos itlar — oldinda turgan muvaffaqqiyatsizlik yoki kasalliklardan darak.
Itlarning akkilashini eshitish — sizni noxush yangilik kutmoqda. Uyda tozi, ovchi it boqish — biznes uchun qulay shart-sharoitlarni aks ettiradi. Zotli chiroyli itchalar — qizlarga yengiltabiat oshiq paydo bo’lishini va’da qiladi.
Tushda egasiz itni ko’rish yomon belgi. Bunday tush yaqin do’stingiz hozir juda og’ir ahvolda ekanligi haqida gapiradi. U o’z muammolari bilan sizni yuklamoqchi bo’lmaganligi uchun yordam so’ramaydi.
Tushda mutlaq oq itni ko’rsa — o’ngda yaqin do’stlar yordamiga doimo tayanish mumkin. Ba’zida bu tush ko’p yillar davomida ko’rmagan eski qadrdon bilan uchrashuvni bashorat qiladi.
Agar tushingizda qora itni ko’rgan bo’lsangiz, unda siz uzoq vaqtdan buyon do’st deb hisoblagan inson sizga nisbatan adolatsizlikda bo’lishiga. Og’ir damlarda u nafaqat sizdan yuz o’giradi, balki sizni yerga urish uchun sirlaringizni oshkor ham qiladi.
Juda bahaybat it — bu yaqin kelajakda yaqin do’stingiz bo’lib qoladigan odam bilan tanishishingiz mumkinligini isbotlaydi. Ba’zida bunday tush kishining eski do’sti tomonidan qo’llab-quvvatlanishini bildiradi.
Tushda itni boqish, unga yegulik berish — haqiqiy hayotda siz tayansa bo’ladigan kishi ekanligingiz belgisi. Siz mustaqil va jiddiy shaxssiz, shuning uchun boshqalar sizni hurmat qilishadi va sevishadi.
Tushda yarador yoki o’lgan itni ko’rsa — bunday tush yaxshilikka emas. Yaqinda sovuq xabar eshitish ehtimoli mavjud.
It sizni himoya qilsa, demak real hayotda siz ilohiy kuchlar himoyasidasiz, qo’rquvga hojat yo’q.
Kishiga tushda it tashlansa, hujum qilsa, unda bunday tush ongda u qora kuchlar bilan to’qnash kelishi mumkinligini ko’rsatadi
Ibn Siringa nisbat beriluvchi ta’bir manbalarida, tushdagi it holatiga qarab talqin qilinadi: vafodor va muloyim it – sodiq do‘st, ishonchli qo‘riqchi va qadrdon suyanch ramzi; ovchi it – jamiyatda shon-sharaf va foydali o‘ljaga ega bo‘lish alomatidir. Tushda itdan saqlanish esa nosamimiy kishilarning mayda qilmishlaridan omon bo‘lishni bildiradi.
Tushda olcha ko‘rish yoki iste’mol qilish – inson mehnati samarasini ko‘rish, moddiy to‘kinlik, salomatlikning mustahkamlanishi va hayotiy lazzatlardan…
Tushda choynak ko‘rish yoki undan foydalanish – mehnatsuyarlik, amaliy mahorat, maqsadlarga erishishdagi vositalar va ro‘zg‘ordagi harakatlar ramzidir. Ish…
Zigmund Freydning tush kitobiga ko’ra, tushda stol ustida yotgan pichoqni ko’rish — yangi tanishlari orttirishdan qo’rqish deya talqin…
Tushda xiyonat qilishni ko’rish — real hayotda ham shunga o’xshash voqea sodir bo’lganligidan gapiradi. Ehtimol, xiyonat qilganlik fakti…
Tushda anjir korish ko‘rish yoki iste’mol qilish – inson mehnati samarasini ko‘rish, moddiy to‘kinlik, salomatlikning mustahkamlanishi va hayotiy…
Tushda yong’oq ko’rish — siz o’z organizmingizga bee’tibor bo’layotganingizdan darak, buning oqibatida jinsiy salomatligingizga jiddiy zarar yetishi mumkin.…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Zòrr
Br hllari munca qorqncliiiiiii
Assalomu alaykum . Meni tushimda bitta ot qayergadir tishlab tortayotganini ko‘rdim, ammo quturgan itmas edi, u shunchaki meni qayergadir tortayotgandi, bu nimadan dalolat?