Yarating, o'rganing, bilib oling

Tushda pichoq ko’rish ta’biri — sinishi, jarohatlanish, kesish kabilar ma’nosi

Tushda pichoq ko’rish ta’biri — sinishi, jarohatlanish, kesish kabilar ma’nosi

Zigmund Freydning tush kitobiga ko’ra, tushda stol ustida yotgan pichoqni ko’rish — yangi tanishlari orttirishdan qo’rqish deya talqin qilinadi. Buning sababini «sutdan kuygan qatiqni ham puflab ichadi» degan ibora bilan tushuntirish mumkin. Qo’rquvlarning asiri bo’lmasdan, ko’proq ob’yektiv bo’lishga harakat qilish kerak.

Agar tushda tanishlaringizdan biri qo’liga pichoq olib, nimanidir kesib olmoqchi bo’layotganini ko’rsangiz, buning talqini hozirda ruxsat etilgan narsalar chegarasidan tashqariga chiqmoqdasiz, lekin negadir hech kim bunga e’tibor bermaydi deb o’ylamoqdasiz. Tez orada nomaqbul xatti-harakatlar oqibatlari ro’yobga chiqadi.

Tushda pichoq ko’rish ta’biri

Kishi tushida chiroyli pichoq ko’rsa, kutilmagan insondan sovg’a olishga. Biroq bu sovg’a butunlay xavfsiz bo’lmaydi, hiylaga tayyor turish kerak.

O’tmas pichoq bilan biron buyumni kesish — o’smirlik davridagi komplekslar tufayli yashab kelayotgan qo’rquvlar mavjudligini bildiradi. Ularni unutish kerak, har safar bunday kamchiliklar haqida o’ylaganda, ular yetkazadigan ishonchsizlik kuchayib boraveradi.

Tushda pichoqni yo’qotib qo’yish — juda charchaganlik alomati. Hissiyotlarga ham yetarlicha vaqt ajratish kerak.

Miller tush ta’birlari kitobi: Pichoq

  • Tushda pichoq ko’rish — bu yomon belgi, chunki u biznesda yo’qotishlar, oilada kelishmovchiliklar elchisi hisoblanadi.
  • Zanglagan bo’lsa — oilaviy ishlarda norozilik yoki uyatda qolish mumkinligiga.
  • O’tkir va yaltiroq bo’lsa — yaqinlashayotgan tashvishlar signali.
  • Pichoq sinishi — barcha umidlarning vayron bo’lishi.
  • U bilan jarohat olish — raqiblarning hiylasi yoki oilaviy mojarolar timsoli.
  • Pichoq bilan boshqalarga tashlanish — xarakteringizda mardlik yetishmayotganlik belgisi. Yuksak adolat hissi paydo bo’lishi uchun katta kuch sarflashingiz kerak bo’ladi.

Tushda pichoq ko’rsa nima bo’ladi: Vanga bo’yicha

Tushda bu anjom voqelik, dushman, xiyonat degan ma’nonlarni anglatadi. Oila uchun kechki ovqat tayyorlayotib, qo’lni kesib olish — o’ngda yaqinlaringiz xarakteringizni jilovlashga harakat qilishadi, lekin bu kelishmovchilik va mojarolar bilan yakunlanadi.

  • Agar u qo’ldan tushib ketsa, uyingizga begona erkak shoshilayotganligini anglatadi.
  • Kimdir orqangizdan pichoq sanchsa — ehtiyot bo’lish kerakligi, yomon ko’z bilan qarayotganlar kutilmaganda ziyon yetkazishga harakat qilishlari mumkin.
  • Tushda pichoqlar to’plami sovg’a qilinsa — jiddiy aldanish mumkinligidan ogohlantirish.
  • Yerda xanjar yotgan bo’lsa — mavqega putur yetishi mumkin.

Qilich ko’rish ta’biri

  • Tushida birovni qo’rqitish istagida qilichni o’ynatish — boshqalarninf umidlarni oqlay olmaslikdan tashvishlanish. Begonlarga o’z qo’rquvlaringiz haqida so’z ochmang, aks holda xabar tarqalib ketib, kulguda qolishingiz ehtimoli mavjud.
  • Qilichlar bilan jang qilish — oilaviy baxtga erishish uchun kurashish kerak bo’ladi. Ehtimol, kimdir oilangizga kirib, vaziyatni o’z foydasiga o’zgartirishga harakat qiladi. Aslida hech qanday xatar mavjud emas, shunchaki uyga tashrif buyurgan kishilarga ehtiyot bo’lib, mehmonni ayol va farzandlar bilan uyda yolg’iz qoldirmaslik kerak.
  • Kimgadir pichoq urish natijasida uni jarohatlab, sovuq qurolda qon izlari mavjudligini ko’rish — duoibadlar ishlaringizda to’sqinlik qilishi mumkin. Iymonni mustahkamlash, yomon ko’zlardan yiroq bo’lish kerak.
3
Loading...

Qoldirilgan fikrlar

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.