Tushda sichqon yoki kalamush ko‘rish va ma’nosi
Tushda sichqon yoki kalamush ko‘rish – insonning kundalik ro‘zg‘or ishlaridagi mayda tafsilotlarga e’tibor berishi, tejamkorlik, xonadon saranjomligi va…

Tushda pul topib olishni ko’rish — kichik tashvishlar, lekin katta baxtni anglatadi. O’zgarishlar kuzatilishi kutilmoqda. Pul to’lash — muvaffaqiyatsizlik. Tushda tilla olish — bu ulkan istiqbol va cheksiz quvonchdan darak. Pul yo’qotish — siz uyda baxtsiz soatlarni boshdan kechirasiz va ishda muammolarga duch kelishingiz mumkinligidan. Tushda pul sanash va ular kam chiqayotganini ko’rsa — to’lovlar bilan bog’liq muammolar yuzaga kelish mumkinligidan. Tushda pul o’g’irlash — xavf ostida ekanligingiz va o’z harakatlaringizni yanada e’tiborliroq tarzda nazorat qilishingiz kerakligini anglatadi. Pullarni tejash — boylik va farovonlik belgisi. Tushda pul yutish (ichga) — sizda yovuz niyat paydo bo’lishidan ogohlantiradi. Agar kishi tushida ko’p miqdorda pul sanasa — boyligi va baxt-saodati «qo’l yetadigan» joyda ekanligidan.
Tushda pul topib olsangiz-u, yosh ayol bu pullarga da’vo qiladigan bo’lsa, bu yaqin kishingizni aralashuvi tufayli ishlaringizda yo’qotishlardan ogohlantiradi. Bunday tush ko’rgan odam pullarini keragidan ortiq ishlatayotganini sezishi mumkin. Bu tush — ogohlantirish. Tushda mayda tangalarni ko’rish — ishlardan qoniqmaslik degani. Ishlarda muammolar yuzaga kelishiga tayyor turing, yaqinlaringiz va do’stlaringiz esa sizning e’tiboringiz yetishmayotganligidan shikoyat qiladi. Bu tush ta’biri kitobida tushda kichik pul yo’qotish — biroz e’tiborsiz qolishingiz va muvaffaqqiyatsizlikka duchor bo’lishingizdan deya ta’kidlanadi.
Tushda tanga sanash — siz ishbilarmon va ehtiyotkor bo’lishingizni bildiradi. Tushda qarzga pul olish ikkita ma’noni anglatishi mumkin: siz boshqalar ko’ziga aslingizdan ko’ra yaxshiroq ko’rinasiz, lekin bu sizga qoniqish bag’ishlamaydi. Boshqalarning pulini ishlatish — siz kichik yolg’on ishlatishda fosh bo’lasiz va do’stingizni yo’qotasiz. Tushda pullarni qalbakilashtirish — juda yomon belgi. Qarzga pul so’rash — barchasi tinch deb o’ylashingizga qaramasdan, kichik tashvishlar paydo bo’lishidan.
Tushda pulni yo’qotish, qarz berish yoki olish, sarflash mumkin. Tushga pul kirishi kuch, boshqalarni nazorat qilish va vakolatni anglatadi. Shu sababli, bunday tushni talqin qilishning muhim elementi tovar-pul munosabatlarida ishtirok etayotgan shaxslar, shuningdek, tush ko’uvchi tushda qanday rol o’ynayotgani hisoblanadi.
Tushda pul ko’rgan ko’pchilik hayotda ularga ega bo’lishni istaydi — bu pullar yetishmasligi va pul bilan ishlaganda o’zlarini nazorat qila olmasliklari tufayli yuz beradi.
Agar siz tushda pul olsangiz, kimdan va qanday vaziyatda olganingizni yaxshilab eslab qoling. Ehtimol, bu baraka haqida guvohlik beruvchi tushdir. Bu holatda pul olish emotsional kuchlarning yangilanishi yoki munosabatlarning tiklanishidan darak beradi.
Tushda boy bo’lish, ko’p pullarga egalik qilish va ularni boshqalarga tarqatish mumkin. Ko’pincha bunday tush zakot va Buning ortida turgan muhtojlik nafaqat pul, balki boshqa yordam turlari bo’lishi ham mumkin. Hech bir sababsiz pul yo’qotish o’zingizni nazorat qila olmasligingizdan gapirishi mumkin.
Tushda pul topish — atrofingizdagilarning biri sizga qarshi katta yomonlik tayyorlayotganidan dalolat beradi. Boshqa kishilarning narsalarini olmang, hatto ular ko’zdan pana bo’lgan va hech kim ko’rmaydigan joyda bo’lsa ham. Zero yovuz insonlar ko’pincha aynan shu yo’l orqali duoibad qilib ketishadi. Tushda birov pul bersa — atrofdagilar sizni saxiy va doimo yordam so’rab murojaat qilsa bo’ladigan odam deb o’ylashadi. Agar tushda pullar yirtilsa — noxush belgi. Tushda yirtilgan pullarni ko’rish ochlik, qashshoqlik va bezorilikni anglatadi. Tushda pul sanash — hayotda siz juda ziqna inson ekanligingizdan gapiradi. Pulga bo’lgan munosabatingizni o’zgartirishingiz kerak, chunki ular hech qachon inson munosabatlari o’rnini bosa olmaydi. Tushda kimgadir pul uzatish — real hayotda yaqin orada sizga boshlagan ishlaringizni muvaffaqqiyatli tugatish uchun ko’plab mablag’ kerak bo’ladi.
Agar siz tushda pul olsangiz, bu farovonlik haqida gapiradi. Tushda birovga pul berish — sizning qarz berish qobiliyatingizni aks ettiradi.
Ibn Sirin ta’birlarida tanga va pullar – yaxshi so‘zlar, hisob-kitob, omonatdorlik va foydali ilm ramzi deb qaraladi. Qo‘lida toza pullarni tutish – sidqidil mehnat samarasi, berilgan va’dalarning bajarilishi va barakali savdo alomatidir. Pulni ehson qilish esa barcha tashvishlardan forig‘ bo‘lish va qalb kengligini ifodalaydi.
Tushda sichqon yoki kalamush ko‘rish – insonning kundalik ro‘zg‘or ishlaridagi mayda tafsilotlarga e’tibor berishi, tejamkorlik, xonadon saranjomligi va…
Tushda chigirtka ko‘rish – yuksak orzular, intellektual erkinlik, chuqur hissiyotlar yoki nozik sezgilar olamiga ishoradir. Qushlar va suv…
Tushda tepalik landshaftini ko‘rish – inson bosib o‘tayotgan hayot yo‘li, oldinda turgan marralar, to‘siqlar yoki keng imkoniyatlar kengligining…
Tovuq — o’troq parranda, ko’plab tuxum qo’yishi va uzluksiz ancha vaqt ovoz chiqarish qobiliyati bilan taniqli. Tushda ko’rilgan…
Tushda farzand dunyoga keltirish – hayotga kirib keladigan yangi bosqich, quvonchli o‘zgarishlar, yangi g‘oyalarning ro‘yobga chiqishi va qalbiy…
Tushda sovchilikka borish marosimi yoki tadbirida ishtirok etish – insonning jamiyat bilan ma’naviy bog‘liqligi, axloqiy qadriyatlar, an’analarga hurmat…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Ungimda yordam sifatida pul bergandim tushimda u inson pulni qaytarib berdi.Manosi qanday.
2020 yozgan ekansz opa😂
men tushda pul ko’rishni o’ngida turli gap so’zlar g’iybatlar deb ewitgandm
Man tuwimda kup pulni suramay olibman uni sanab chiqsam million dollar hamasi 100$ lik pullar edi keyin uni yawirdim…☹️☹️☹️☹️ Qaysi tuw tabiriga iwonay Hayotiz havf ostida deb yozganuu Armiyaga ketayotgan edim???
Borib keldizmi
Bu menga juda katta yordam beradi
Ajoyib ???????????
Tushda rahmatli dadam 800 $ beribdilar nimani anglatadi
Kecha tushimda erim joʻnatgan 100$ pochkasigan 1 donasini olib juda juda mayda mayda qilib maydalab, yirtib tashlab man. Manosi nima ekan??? Bu yerda meni tushumni tabiri yoq ekanda.
Tushimga 100 minglik va 50 minglik yengi pullar kirdi man u pullarni ozimmi contegimdan topvolib sanadim endi nma boladi bu yerni oqib korsam har xil manoda tarif yozilgan manga anigini etib yuborila iloji bolsa
Assalomu alekum tushimda 100 minglik topib oldim 300 yuz ming ekan kegin bitta ayol yana usha 100minglikdan 200 ming berdi
Men tushimda pulni bir chetini yirtib uni yamashga urinayotgan ekanman buni tabiri nima endi
Men va 2ta sinfdoshim juda koʻp pul sanayotgan ekanmiz lekin bu pullarning bir tiyini ham bizniki emas edi bu tushning taʼbiri qanday boʻladi
Tushimda dugonam saqlab qoʻying deb bergan pullarini yoʻqotib qoʻydim. Maʼnosi nima boʻladi