Yarating, o'rganing, bilib oling

Tushda it ko’rish — u quvlasa, tashlansa, tishlasa, qochsa, ta’biri qanday

Tushda it ko’rish — u quvlasa, tashlansa, tishlasa, qochsa, ta’biri qanday

Itlar ham vafoli do’st, ham ashaddiy dushman bo’lishi mumkin. Tushda it ko’rish — siz va ishongan do’stingiz orangizda munosabatlar ishonchli ekanligini anglatadi. Tushda yovvoyi it ko’rsa — bir qarashda hal qilib bo’lmas muammoni hal qilishga ishora. Albatta, har ikki holatda ham, tush ta’biri itning qay obrazda ekanligi aksi bo’ladi: yaxshi yoki yomon.

Tushda it ko’rish: Miller bo’yicha

Agar tushga yomon, g’azablangan it kirsa — muvaffaqiyatsizliklar va raqiblaringizning hiyla-nayranglariga tayyor turing. Yuvosh it — omad va haqiqiy do’stlar paydo bo’lishidan darak beradi. Agar tushda zotli itning egasi bo’lsangiz, unda sizni yaxshigina daromad kutmoqda. Tushda it kishining izidan kelayotgan bo’lsa — xomhayollik tufayli katta yo’qotishlarga duchor bo’lish mumkinligidan ogohlantiruv.

Tushda it tishlasa — yaqin kelajakda biznes sheriklar bilan ham, turmush o’rtog’ingiz bilan ham yaxshi munosabatlarni kutmang. Ozg’in va iflos itlar — oldinda turgan muvaffaqqiyatsizlik yoki kasalliklardan darak.

Itlarning akkilashini eshitish — sizni noxush yangilik kutmoqda. Uyda tozi, ovchi it boqish — biznes uchun qulay shart-sharoitlarni aks ettiradi. Zotli chiroyli itchalar — qizlarga yengiltabiat oshiq paydo bo’lishini va’da qiladi.

  • Tushda katta it bilan uchrashish va uning tishlashidan qo’rqish — barcha narsaga qarshilik ko’rsatish, mustaqil bo’lishga intilish istagining aksi. Ayollar uchun bu tush juda munosib umr yo’ldoshni va’da qiladi.
  • Kishining ortida itlar akkilasa — uning manfaatlariga kimdir putur yetkazmoqchiligidan ogohlantirish. Ba’zan bu tush mag’lubiyatni anglatadi, lekin har doim bu faol qarshilik ko’rsatish uchun belgi bo’lib sanaladi.
  • It va mushuk bir-biri bilan talashib ketsa — ishqiy munosabatlarda muvaffaqqiyatsizlikka. Biroq, ularni suv sepib quvib yuborish ijobiy o’zgarishlarga.
  • Atrofingizda quvnoq va do’stona ruhda aylanayotgan oq it — biznes va shaxsiy hayotda ulkan muvaffaqiyatlarni namoyish etadi.
  • Ko’p boshli it sizni bir vaqtning o’zida bir nechta ishga yondashmaslikdan ogohlantiradi: bu hotirjamligingizga salbiy ta’sir qilib, intilishingizni so’ndiradi.
  • Tushda qutirgan itdan qochish — oldinda kutilayotgam kurashning g’olibi bo’lish uchun xarakterning barcha kuchlarini safarbar qilishga ko’rsatma. Agar uni haydab yuborish yoki o’ldirish uddalansa, tush yaxshiliikka bo’ladi.
  • It bilan sayr qilish davomida u ilonni o’ldirsa — bu juda yaxshi belgi.

Tushda it ko’rsa: Vanga bo’yicha

Tushda egasiz itni ko’rish yomon belgi. Bunday tush yaqin do’stingiz hozir juda og’ir ahvolda ekanligi haqida gapiradi. U o’z muammolari bilan sizni yuklamoqchi bo’lmaganligi uchun yordam so’ramaydi.

Tushda mutlaq oq itni ko’rsa — o’ngda yaqin do’stlar yordamiga doimo tayanish mumkin. Ba’zida bu tush ko’p yillar davomida ko’rmagan eski qadrdon bilan uchrashuvni bashorat qiladi.

Agar tushingizda qora itni ko’rgan bo’lsangiz, unda siz uzoq vaqtdan buyon do’st deb hisoblagan inson sizga nisbatan adolatsizlikda bo’lishiga. Og’ir damlarda u nafaqat sizdan yuz o’giradi, balki sizni yerga urish uchun sirlaringizni oshkor ham qiladi.

Juda bahaybat it — bu yaqin kelajakda yaqin do’stingiz bo’lib qoladigan odam bilan tanishishingiz mumkinligini isbotlaydi. Ba’zida bunday tush kishining eski do’sti tomonidan qo’llab-quvvatlanishini bildiradi.

Tushda itni boqish, unga yegulik berish — haqiqiy hayotda siz tayansa bo’ladigan kishi ekanligingiz belgisi. Siz mustaqil va jiddiy shaxssiz, shuning uchun boshqalar sizni hurmat qilishadi va sevishadi.

Tushda yarador yoki o’lgan itni ko’rsa — bunday tush yaxshilikka emas. Yaqinda sovuq xabar eshitish ehtimoli mavjud.

It sizni himoya qilsa, demak real hayotda siz ilohiy kuchlar himoyasidasiz, qo’rquvga hojat yo’q.

Kishiga tushda it tashlansa, hujum qilsa, unda bunday tush ongda u qora kuchlar bilan to’qnash kelishi mumkinligini ko’rsatadi

Nostradamusning tush kitobi: It

  • It — vafo ramzi.
  • Uysiz, egasiz it — bu yil katta qiyinchiliklar va mehnat bilan to’plangan mablag’ni osonlikcha yo’qotish mumkinligi haqida ogohlantirishdir.
  • Oyoqlari ostida ilon yotgan it — noodatiy, ammo foydali bo’lgan birlashuv.
34
Loading...

Qoldirilgan fikrlar

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.