Yarating, o'rganing, bilib oling

Tushda ot ko’rish — oq va qora o’t ko’rsa, minsa, tepsa nimani anglatadi?

Tushda ot ko’rish — oq va qora o’t ko’rsa, minsa, tepsa nimani anglatadi?

Tushda oq ot minish — bu ajoyib belgi. Bu birinchi navbatda do’stona rishtalarning mustahkamligi va do’stlar bilan uchrashish natijasida quvonchi lahzalarni va’da qiladi. Agar ot kirligini ko’rsangiz, unda siz ishonadigan kishilar tomonidan aldanish va hasadga duchor bo’lishingiz  mumkin. Tushda qora otda ketayotganlikni ko’rish — ishlaringiz uoq vaqt davomida yurishgan bo’ladi va kutilmaganda o’z bilganlaringiz foydasiz va keraksiz ekanligini kashf etasiz.

Umuman olganda, tushda chiroyli otlarni ko’rish muvaffaqiyat va farovonlik, hurmat-izzatga erishishni va’da qiladi. Agar shaffof daryo uzra otda yurib o’tishni ko’rsa — baxt nishonasidir, ammo suv loyqa va qora bo’lsa, bu xursandchilikka emas. Tushda yaralangan yoki o’lgan ot ko’rish — qayg’uli xabarlar eshitishga. Otdan yiqilib tushish — taqdir sizni dushmanlaringiz oldida sinab ko’radi yoki kasal bo’lib qolasiz. Tushda ot tozalash — orzularga erishish yo’lida ko’plab qiyinchiliklarni yengib o’tishingiz kerakligidan.

Ayol kishi sevgan yori ortidan otda kelayotganini ko’rsa — uning oshiqlari ko’payishidan darak. Agar ayol kishi tushda otga minsa-yu, undan qo’rqsa — bu yaqin kishisi rashk qilishi va tashvishlardan gapiradi. Tushda osmondan ot tushsa va begona odam qiyofasiga kirsa va sizga allanima otadigan bo’lsa — bu jiddiy omadsizlik, vaziyatni nazorat qila olmaslikdan darak. Tush vaqtida ot sotib olish va sotuvchi sizni aldamoqchiligini sezish — yo’qtishlarga, ammo kishi o’zi ot sotsa va zotdorini o’ziga olib qo’ysa — katta omadga.

Svetkov tush ta’biri: tushda ot ko’rish

  • Tushda ot ko’rsa — taqdir, umid;
  • Oq ot — shikoyat, ishlarni tartibga solish, to’y (ayollar uchun);
  • Otdan tushish — lavozimni yo’qotish;
  • Tushda ot minsa — umidlarning ro’yobga chiqishi;
  • Uyga ot kirsa — egarlangan bo’lsa baxt, nikoh belgisi | egarsiz bo’sa — ishqiy rishtalar;
  • Ayollar uchun tushda ot ko’rish — munosabatlarga bo’lgan umid, nikohdan darak;
  • Tushda ot tepsa — ishdarahbarlardan noxaq gap eshitish yoki xotinning g’ij-g’ijlashi belgisi.
  • Uzun dumli otda yurish — do’stlarning yordami tegishi;
  • Tushda otga yemisg berish — yaqin kishingiz yordamingizga muhtoj ekanligidan.

Tushda ot ko’rsa: hayvonlar bo’yicha tush ta’biri kitobida

Ot ikkilangan ma’noni anglatishi mumkin. Oq, sarg’ish va malla rangli otlar Quyosh elementi sifatida, qora ranglisi Oy elementi sifatida mos ravishda hayot va o’limni anglatishi mumkin. Ot shuningdek aql, bilim, nur, kuch, tez fikr yuritish va vaqt o’tishi ramzi ham hisoblanadi.

Tushda ot sotuvchisini ko’rish — moddiy foyda ko’rishdan darak. Tushda otga minib, tor yo’lak bo’ylab adir yoki toqqa ko’tarilish — o’ngda o’ta mustahkam hayotiy o’ringa ega bo’lishdan. Tog’dan pastga tushish — muvaffaqqiyatsizliklarga.

Tushda toychoq ko’rsa

Toychoq ko’rish — taqdir (barchasi taqdirdan ekanligidan). Agar ona tushida toychoq ko’rsa — o’g’il farzand ko’rishidan. Toychoqning qochib ketishi — ajralish, yo’qotish.

Tushda otxona ko’rsa

Tushda otxona ko’rish — omad va muvaffaqqiyat belgisidir. Agar otxona yonayotgan bo’lsa, bu baxtli o’zgarishlar alomatidir.

 

12
Loading...

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.