Mantiqiy savollar (javoblari bilan) — barcha uchun mos 77+ savol to’plami

Mantiqiy savollar (javoblari bilan) — barcha uchun mos 77+ savol to’plami

Quyida sizga mantiqiy savollar javoblari bilan havola etiladi. Savollar oson yoki qiyin, kulgili yoki o’ta o’ylantiruvchi bo’lishi mumkin. Savolning javobini ko’rish uchun «Javobini ko’rish» tugmasi ustiga bosish kerak. Javobini yashirish uchun shu tugmani yana bir marta bosish talab etiladi.

Savollar shu tarzda tuzilganki, ularni bolalar oldida ham ovoz chiqarib o’qish mumkin, bemaza va kattalar uchun mo’ljallangan mavzudagi savollar kiritilmagan. Oila davrasiga quvnoqlik bag’sh etadigan mantiqiy savollar to’plami bilan tanishishni boshlashingiz mumkin.

Mantiqiy savollar va javoblar

Daraxtning shoxida qarg’a o’tiribdi. Qarg’ani cho’chitib yubormasdan shoxni arralash uchun nima qilish kerak?

Undan qanchalik ko’p olaversangiz, u shunchalik kattalashib boraveradi. U nima?

Qafasda 3 ta quyon bor edi. Uchta qizcha ularga bittadan quyon berishlarini so’rashdi. Ularga so’raganlaridek bittadan quyon berildi. Lekin baribir qafasda bitta quyon qoldi. Buni qanday tushuntirish mumkin?

Kichkina, kulranggina, filga o’xshaydi.

Merining otasining beshta qizi bor. Ularning ismlari Chacha, Cheche, Chichi, Chocho… Beshinchi qizining ismi nima bo’lishi mumkin?

Qaysi inson otni ham, filni ham hech bir qiyinchiliksiz ko’tarishga, ularni joyini o’zgartirishga qodir?

Nok osilib turibdi, lekin uni yeb bo’lmaydi. Lampochka emas.

Qiziqarli mantiqiy savollar (javoblari bilan)

Kishiga uch marta beriladi: birinchi ikki marta bepul, ammo uchinchi marta yoki undan keyin pul to’lash kerak bo’ladi. U nima?

Shifokor bemorga 30 daqiqa oraliq bilan 3 ta ukol olishni belgiladi. Hamshira ukol qilishni soat 10:30 da boshlasa, bemor soat nechida ukollarni to’liq olib bo’ladi?

Qaysi yegulikni pishirishda qancha tuz solsa ham, u sho’r bo’lib ketmaydi?

Elektropoezd sharqqa tomon 80 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Shamol esa sharqdan g’arbga qarab 15 km/soat tezlik bilan esmoqda. Poyezddan chiqayotgan tutun qaysi tomonga qarab harakatlanadi?

O’rdaklar suv ichishga qator bo’lib ketayotgan edi. O’rdaklardan biri oldinga qarab, 17 ta boshni ko’rdi. Ortiga qarasa — 42 ta panja kelayotgan ekan. Jami nechta o’rdak suv ichishga ketmoqda?

Bir kishi olmalarni 500 so’mdan sotib olib, ularni 300 so’mdan sotardi.
Bir muncha vaqt o’tgach, u kishi millionerga aylandi. Buning sababi nimada?

Qanday holatda 3 ta yosh bola, 4 ta katta yoshli odam, 1 ta mushuk va 1 ta it bittagina soyabon tagida turib, yomg’ir ostida nam bo’lmaydi?

Kulguli va fikrlashni talab qiladigan mantiqiy savollar

Bir shox, bir ko’z, ammo karkidon emas.

Umida qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan «ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi» deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?

Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas.
Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas.
U nima?

Choyni qaysi qo’l bilan aralashtirish kerak?

U sizga tegishli, ammo boshqalar undan sizga nisbatan ancha ko’proq foydalanishadi. U nima?

Kim o’tirgan holda yuradi?

Siz mashinaga o’tirdingiz va uni haydamoqchisiz, lekin oyoqlaringiz pedallarga yetmayapti. Bu holda nima qilish kerak?

U savol emas, lekin unga javob berish kerak.

Hamma narsani ko’rayotganda uni ko’rmaysiz.
Hech narsani ko’rmaganda esa uni ko’ra olasiz. U nima?

Professor do’stlarini o’zining maxsus salati bilan mehmon qilishni niyat qildi. Buning uchun unga: 3 ta bulg’or qalampiri va huddi shuncha pomidor, pomidorlardan ko’ra kamroq, ammo piyozdan ko’proq bodring kerak bo’ladi. Professor jami bo’lib necha dona turli xil sabzavotlar ishlatadi

Mantiqiy savollar — mantiqiy javoblar

Men suvman va suv yuzasida suzib yuripman. Men kimman?

Nimani 10 daqiqadan ortiq ushlab turishning iloji yo’q, garchi u o’ta yengil bo’lsa ham

Yo’llari bor, yurib bo’lmaydi,
yerlari bor — ekib bo’lmaydi,
yam-yashil o’tloq bor — yulishni iloji yo’q,
dengiz, daryo ko’llari bor, ammo suvi yo’q.
Bu nima?

Uchta toshbaqa sudralib bormoqda.
1-toshbaqa: mening ortimdan ikkita toshbaqa sudralib kelmoqda.
2-toshbaqa: mening oldimda ham, ortimda ham bittadan toshbaqa sudralib kelmoqda.
3-toshbaqa: mening oldimda ikkita toshbaqa, ortimdan esa bitta toshbaqa sudralib kelmoqda.
Bu qanday qilib bo’lishi mumkin?

Stol ustida ikkita tanga turibdi. Ularning jami qiymati 3 so’m. Lekin ularning biri 1 so’mlik tanga emas.
Tangalar necha so’mlik?

Ko’rganda quvonamiz, lekin baribir ko’zimizni olib qochamiz?

Mantiqiy savol javob uchun savollar

Ular qanchalik ko’p bo’lsa, vazni shunchalik kamayib ketaveradi?

Uni chap qo’l bilan ushlasa bo’ladi, lekin o’ng qo’l bilan hech qachon ushlab bo’lmaydi?

Stolning 4 ta burchagi bor. Shu burchaklardan birini kesib olib tashlasa, unda nechta burchak qoladi?

Mashxur sehrgar xonaning o’rtasiga shisha qo’yib, unga kira olishini aytdi. Bu qanday qilib mumkin?

Qiziqarli savollar

Stolda 70 dona oq qog’oz turibdi. Har 10 soniyada 10 ta qog’ozni sanash mumkin.
Bu holda 50 ta qog’oz sanab olish uchun nechi soniya vaqt ketadi?

Quyon o’rmondagi hayvonlarga shunday savol berdi: «Agar men ayiqdan og’irroq bo’lsam-u, lekin chumolidan yengilroq bo’lsam, oramizda kim eng yengil bo’ladi?». Javobini toping.

Meni hamma toptaydi, lekin men yanada yaxshiroq bo’lib boraman.

Mashina rulini o’ngga burganda uning qaysi g’ildiragi umuman burilmaydi.

Ko’rganda quvonamizu, lekin baribir ko’zimizni olib qochamiz

Nimani chap qo’l bilan ushlash mumkin, lekin o’ng qo’l bilan umuman ushlab bo’lmaydi?

A punktdan B punktga poezd yo’lga chiqdi. Unga tomon B punktdan A punktga ham harakatlana boshladi. Yo’l bir relsli, lekin poezdlar bir-biri bilan uchrashmadi. Savol: nega?

Stolda qalam, chizg’ich, sirkul va o’chirg’ich turibdi. Qog’ozga aylana shaklini chizish kerak bo’lsa, birinchi bo’lib nimani olish kerak?

Ikki ota va ikki farzand ketishayotgandi. Do’kondan uchta olma xarid qilishdi. Bo’lmadilar, kesmadilar, teng qilib bo’lib olishdi. Qanday qilib?

Nega odamlar orqaga burilib qarashadi?

Bir burchakdan qimirlamagan holda butun dunyoni kezadi

O’n metrlik narvondan sakrab tushib, hech bir jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak?

Yerdan turib, to’qqiz qavatli uydan balandroq sakrash mumkinmi?

O’rmonga qachongacha kirish mumkin?

Yomg’ir vaqtida qarg’a qanday daraxtga qo’nadi?

Yarimta olma nimaga o’xshab ketadi?

Ikki kun ketma-ket yomg’ir yog’ishi mumkinmi?

Yanada ko’proq qiziqarli savollar bilan tanishish uchun qiziqarli mantiqiy masalalar sahifasiga o’ting.

Fikr-mulohazalar 47

Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.

Ctrl + Enter — yuborish
  • Biloldin yangi

    Zor savollar ekan yangilaridan koshilar yana

    • Mirjalol Biloldin yangi

      Savollar juda zor ekan shularni qanday qilib skachat qilib olish mumkin

      • Marjona Mirjalol yangi

        Ha men ham shu gapga qoshilaman shu mantiqiy savollarni qanday skachat qilib olsa bo’ladi.iloji bolsa javob berilar

        • nigora Marjona yangi

          ha menga ham juda yoqdi yanada koproq shunday skachatlar tashenglar…….

  • Sarvar yangi

    Savollar juda zo’r. Gap yo’q

  • Kredo yangi

    «A» harfi bo’lsa kerak. H[a]ft[a] — 2, oy va yil — 0.

  • Mohicha yangi

    savollar gap yoq qoyil

    • Nozima Mohicha yangi

      Zo‘r savollar ekan.Bundan ham zzorlarini kutib qolaman.👍👍👍

  • fahriddin yangi

    Savollarga gap yoq javobini bilib bolmayabdi nmaga

  • Mansurjon yangi

    Juda yaxshi. informatika faniga oid mantiqiy masalalardan ham joylashtirilsa yanada yahshi bo’lar edi

  • Otabek yangi

    Savolar zor topish qiyin javobi esa odiy

  • Lacyn yangi

    sowollarga gap yok juda yahsi hammasi

  • Ulugbek yangi

    Gap yoq juda mazza qildim

  • malak yangi

    zor yana qoyinglar gap yoq

  • Boburbek yangi

    Juda zo’r ekan
    eng zo’rlari

  • Ahror yangi

    Nimani ko’tarish oson lekin uzoqqa otish qiyin

    • Maftuna Ahror yangi

      Qush patini — yengil bo’lgani bilan uzoqqa uchmaydi

    • ibrohim Ahror yangi

      Uzoq masofada daraxt bor uni yoniga bormasdan o’lchash kerak bilsela yozvarila🤦🏻‍♂️😅

  • NEO yangi

    KO’PROQ SAVOLLAR JOYLANG ADMIN

  • Daler yangi

    juda zo’r savollar

    • Шерзод Daler yangi

      Diqqat savol:
      Ikkisi yo’q bir
      Uchi yo’q ikki
      To’rti yo’q uch
      Beshi yo’q to’rt
      Oltisi yo’q besh
      Yettisi yo’q olti
      Sakkizi yo’q yetti
      To’qizi yo’q sakkiz
      O’ni yo’q to’qqiz
      O’n biri yo’q o’n
      O’n ikkisi yo’q o’n bir
      O’n uchi yuq o’n ikki

  • nurjahon yangi

    zo’r ekan mantiqiy savollari omad

  • Durdona yangi

    Alloh
    Yer va osmon
    4 yoq3 ni eslomadim
    4 fasl
    5 vaqt names
    7yoq 6 ni ham
    7 mojiza yoki 7 olam
    12 oy xullas shunaqa edi

  • Suxrobjon yangi

    Zoʻr ekan qoyil ishlari ha omad

  • Marjona yangi

    Geografiya faniga oidroq ko’proq mantiqiy savollar yoqmi manga juda ham zarur edi bo’lsa telegramdan guruh ochib yuborin kim boshlu bolsa.iltimosde

  • nurafshon yangi

    hamma savollari zor ekan men ham prezident maktabiga topshiraman albatta

  • Autter yangi

    juda oson savollar

  • Mirvokhidjan yangi

    Menda ham bitta savol bor edi javobni kimdir biladimi—
    Doskada 2ta savol javobi bitta??

  • wertus yangi

    zo`r ekan savollar

  • Sultonova yangi

    Hammasi oʻtkinchi degqn gap

  • Shehnazar yangi

    juda zo’r

  • og'abek yangi

    bo’lmaydi ekan

  • dunyo yangi

    H qiyinro savolla joylawtirila

  • Murodjon yangi

    Vaqtincha degan soz

  • Javlon yangi

    Mani bitta savolim boridi bir odamni 3 ta farzandi bolgan ekan 2 ta òģli 1 ta qizi otasi ularni bitta ism bilan chaqirsa hammasini chaqirar ekan
    Shuni javobini topib berila

  • fiorella💫 yangi

    Juda zo’r savollar ekan
    menda ham shunday bor: birinchi bo’lib tuxum yaralanganni yoki tovuq?

  • Durdona yangi

    Yanada qiyinroq bo‘lsa ajoyib bo‘lar edi.

Reklama