Tushda qulupnay ko’rish — talqini, meva bilan bog’liq holatlar ta’biri
Tushda qulupnay ko’rish ijobiy his-tuyg’ular, yangi munosabatlar va’da qiladi. Quritilgan mevalar ogohlantirish beradi — o’zingizni ushlab turing, ortiqcha shiddat qiziqish ob’yektingizni cho’chitib yuborish mumkin. Yashil yoxud pishmagan qulupnay ortiqcha betartibliklardan qochish uchun shoshilmaslikni maslahat beradi.
Yaqin kishiga meva uzatganda u mevani olmasa, ayollar uchun bunday tush jufti atrofida g’iybatar paydo bo’lishini, erkaklar uchun esa munosabatlar zerikarli bo’lib qolganligi tufayli o’z yakuniga yetishi xavfini anglatadi.
Tushda sevimli kiyimga qulupnay qo’yib, undan qolgan dog’ni yuvib ketkazishga harakat qilish — sabrli bo’lish kerakligiga, sizga katta qiyinchiliklar yetkazgan kishi jazosiz qolishiga darak. Qulupnayni katta idishga yig’ib, so’nggida eng pastki qismidagilari ezilib qolgani ko’rilsa — hayotda ehtiyot bo’lish kerak. Yaxshi deb ko’ringan ishlar noxushliklarga olib kelishi mumkin.
Tushda qulupnay qayerda bo’lganligiga ham e’tibor berish kerak. Chiroyli tabiat qo’ynida o’saytogan bo’lsa — vaziyatning o’nglanishi, yaxshilanishiga. Oyna tokchasida bo’lsa — turli loyihalarda ishtirok etishga tayyor bo’lish kerakligiga, hatto tavakkalchilik yuqori bo’lganlarida ham.
Maqolada:
Vanga: qulupnay haqida tushlar talqini
Vanga qulupnayni zavq va muvaffaqiyat ramzi deb bilgan. Bu oldinda yangi istiqbollar ochilishi, maqsadga ortiqcha harakatsiz erishish demakdir. Lekin bunday tush ko’rgan kishini sinovlar kutmoqda. Tushda qulupnay yeyishda bunday sinovlar ayniqsa jiddiy bo’ladi. Shu tufayli sabr-toqatli va qat’iyatli bo’lish kerak.
Qulupnay bilan savdo qilish farovonlikni va’da qiladi. Agar qulupnay yerga tushib ketsa, hayotda kichik muammolar paydo bo’ladi. Ularni yengib o’yish uchun qilgan xatolarni to’g’rilash zarur.
Tushda qulupnay yetishtirish kishining hayotga bo’lgan nuqtai nazari, hozirda uni qurshab olgan g’ayrioddiy fikrlar aksi sanaladi.
Freyd bo’yicha talqin
Freyd talqiniga ko’ra, qulupnay intim munosabatlar ramzidir. Pishgan mevalar turmush o’rtog’ingiz bilan munosabatlaringiz me’yorda ekanligidan, xom yoki so’lib qo’lgan mevalar esa orada befarqlik rivojlanaoytganligidan darak.
Agar og’izni to’ldirib qulupnay iste’mol qilgan bo’lsangiz va u bilan kiyimlaringizni ham ifloslansa, demak ruhan farzandli bo’lishga tayyorsiz.
Tushda qulupnay terish salbiy ma’noga ega — tuyg’ularingiz javobsiz qolishi ehtimli mavjud. Oilali kishilar o’z turmush o’rtoqlariga ko’proq e’tiborli bo’lishlari kerak, aks holda oraga sovuqlik tushishi mumkin.
Tushda qulupnay: Loff tush kitobiga ko’ra
Yolg’iz kishilar uchun qulupnay haqida tush ko’rish — bu baxtli oila qurish, uzoq kutilgan uchrashuv nishonasidir. Turmush qurganlar bunday tushdan keyin xotirjam bo’lishlari mumkin — bu oilaviy rishtalar faqatgina kuchliroq bo’lib, yillar davomida yanada musthahkamlanishiga ishora.
Nostradamus talqini
Boshqalardan farqli o’laroq, Nostradamus qulupnayga salbiy ramz deb qaragan. Agar kishi tushda qulupnay eksa, uni sug’orsa — na zavq, na foyda keltiradigan ish bilan shug’ullanishga to’g’ri kelishi mumkin. Agar bunday harakatlar boshqa birov tomonidan amalga oshirilsa, demak yaqinlardan biri zerikarli ish bilan ovora bo’lib qoladi. Meva terish javobsiz muhabbat haqidagi o’ylardan qutula olmaslikning aksi.
Tushda qulupnay ko’rish: Svetkov bo’yicha
Olim tushga qulupnay kirishini ko’z yoshlar bilan, uni yeyishni esa kasalliklar bilan bog’laydi. Ayollar turmushi yorqin his-tuyg’ularga boy bo’lishidan, erkaklar esa ish haqining oshishi yoki yangi daromad manbai paydo bo’lishidan quvonishlari mumkin.