Tushda to’y ko’rish ta’biri — to’yda bo’lsa, kelin va kuyov ko’rsa nima bo’ladi?
Tush ta’biri kitobida tushda to’y ko’rsa — qayg’u, o’lim; to’yda o’ynash, raqsga tushish — qarama-qarshi jins vakili bilan muammolar yuzaga kelishi; mehmonlar bilan muloqot qilish — ishlar chalkashib ketishi deya talqin qilinadi.
Maqolada:
Tushda to’y ko’rsa: Miller tush ta’biri bo’yicha
- Tushda o’zini to’yda ko’rish — muvaffaqqiyat yo’lida sizga to’siq bo’ladigan va sizni tashvishlantiradigan vaziyatlardan chiqib ketishingizni bildiradi.
- Agar yosh ayol tushda yashirin nikohdan o’tganini ko’rsa — bu uning tabiati xararkteristikasi uchun juda noxush. Ehtimol, tush uni o’zini bosib olish kerakligi haqidagi fikriga olib keladi. Agar u tushida taklifni qabul qilsa, demak, u yuqorida turadiganlarning nazarida bir pog’ona ko’tariladi va va’da qilingan ishlarda aldanib qolmaydi. Agar u tushda sevgilisi boshqaga turmushga chiqqanini ko’rsa, bu hozirda tashvishlar o’rinsiz va qo’rquvlar hayoliy ekanligini bildiradi.
- Agar erkak tushida uylanganini ko’rsa — bu xursandchilikka emas.
- Agar yosh ayol o’z to’yida biron kim aza tutganini ko’rsa — bu uning oilaviy hayoti baxtsiz bo’lshidan darak. Agar bu hodisa do’stlari to’yida kuzatilsa, ayol do’sti yoki dugonasining baxtsizligi tufayli xafa bo’ladi.
Freyd tush ta’biri: to’y ko’rish
Tushda boshqa odamning to’yiga borsa, yaxshi yangilik eshitishga tayyor turish kerak, garchi bu siz bilan bevosita bog’liq bo’lmasa-da, sizga ham tegishli bo’ladi. Agar odam o’z to’yini ko’rsa, bu kutilmagan hodisalar yuz berishi kutilishidan darak, unga nisbatan tushunuvchan munosabatda bo’lish va u nimani anglatishini yaxshilab o’ylab ko’rish kerak.
Tushda to’y bo’lsa: Svetkov tush ta’biri kitobida
Tushda to’yda bo’lish — to’y ishtirokchilari uchun qayg’u yoki muammo; tushni ko’rgan kishi uchun — kasallik; do’stlar, tanishlar to’yiga borish — sherikchilik asosidagi ishlar (kelinning ko’rinishi qanday bo’lsa — ishlar ham shunday bo’ladi).
Tushda to’y ko’rish nimani bildiradi: Vanga bo’yicha
- Tushda to’yda aylanib yurish — eski do’stlar doirasidagi quvnoq bazmdan darak. Ehtimol, ushbu bazmda siz hayotingizning mazmuni bo’ladigan shaxs bilan tanishib qolasiz.
- Tushda o’zining to’yi bo’lsa — yaqin orada siz qiyin qaror qabul qilishingiz kerakligi haqida guvohlik beradi. Ehtimol, kelajakdagi hayotingiz bu qarorga bog’liq bo’ladi.
- Agar siz to’yda hurmatli mehmon sifatida ishtirok etayotganingizni ko’rsangiz, haqiqiy hayotda yaqin insonlardan biri sizning yordamingizga juda muhtoj bo’ladi. Bu odamni rad qilmang, chunki yaqin orada sizda uning xizmatlariga ehtiyoj tug’iladi.
Tushda kuyov ko’rish
Svetkov bo’yicha
To’ydagi kuyov — tashvishlar, ishlarni muddatida yakunlay olmaslik, to’siqlarni bildiradi; to’yda kuyovning kulishi — aldanish belgisidir.
Freyd bo’yicha
Tushga kuyov kirishi (kimningdir kuyovi emas, balki abstrakt, kostyum va an’anaviy guldasta bilan) sizning shaxsiy hayotingizda o’zgarishlar yuz berishini va’da qiladi. Siz yoki yangi tanishlar orttirasiz, yoki oilaviy holatingizni o’zgartirasiz — turmush qurmaganlar turmush qurishadi.
To’yda kelinsiz kuyov — intim hayotda muammolar mavjudligidan. Agar to’yda ham kelin, ham kuyov bo’lsa, demak intim hayotda hammasi havas qilgudek.
Ayurveda talqini bo’yicha tushda kuyov ko’rish
Bunday tush baxtsizlik elchishidir. U qayg’u va umidsizlikni bashorat qiladi. Yaqin kishini yo’qotish mumkin.
Tushda kelin ko’rish: Svetkov bo’yicha
Kelin — kutish belgisi; erkaklar uchun ishlarda umid; tushda kelin bo’lish — daromadga.
Kelin haqidagi tushning ma’nosi: Freyd tush ta’biri kitobi bo’yicha
Xotin-qizlar uchun tushda o’zining sevimli insonining kelini bo’lish shaxsiy munosabatlarda tez orada o’zgarish ro’y berishidan. Ehtimol, bu uzoq muddat gaplashmayotgan odam bilan yarashishni anglatishi mumkin.
Agar erkak o’zining yaxshi ko’rganini yoki hatto xotinini kelin obrazida ko’rsa, bunday tush hozirgi vaqtda u o’z erkaklik kuchlariga ishonchi komil emasligidan gapiradi, unga tez orada barcha narsa muvaffaqqiyatsizlikka uchrashidek tuyuladi. Tushida esa erkak muvaffaqqiyat kafolatlangan vaqtga qaytishga harakat qiladi.
Tushda kelin ko’rish: Miller bo’yicha
Agar yosh ayol tushida o’zini kelin ekanligini ko’rsa — bu unga juda yoqadigan meros olishini bildiradi. Ammo bu talqin faqatgina ayol to’y libosi — oppoq ko’ylak kiyganidan xursand bo’lsagina o’rinli. Agar u o’zini kelin ko’ylagida noqulay his etsa va bundan xursand bo’lmasa, uning o’z bog’liqliklaridan ko’ngli qoladi.
Tushda kelinni o’pish — do’stlarning baxtli yarashuvidir. Agar tushda kelin boshqalarni o’payotgan bo’lsa, bu sizga ko’plab do’stlar va zavqli lahzalarni va’da qiladi.
Agar tushda to’y vaqti kelin sizni o’psa, bu sizni salomatligingiz ajoyib darajada bo’lishidan darak. Kelinni o’pish va uni charchagan va xafa ekanligini ko’rish — sizga muvaffaqqiyatlarning zavqi va do’stlarning qo’llab-quvvatlashi yetishmayotgani belgisi.
Agar to’ydan oldin qiz bo’lajak turmush o’rtog’iga befarq ekanligini ko’rsa, bu uning yangi hayotining dastlabki kunlarini buzadigan ko’plab noxush vaziyatlarga duch kelishidan gapiradi.