Yarating, o'rganing, bilib oling

Erkaklar soch turmaklari — turli soch olish uslublari +FOTO, tanlash qoidalari

Erkaklar soch turmaklari — turli soch olish uslublari +FOTO, tanlash qoidalari

Erkaklar modasi va uslublari xilma-xillik borasida qarama-qarshi jins vakillarinikidan qolishmaydi. Aksincha deb o’ylaydiganlar esa chuqur adashadi. Erkaklar arsenalida faqat klassik ish kostyumi yoki jinsi shim / sviter bor deb faraz qilish — sochni faqat nolga yoki feyd uslubida oldirish mumkin deb o’ylash bilan bir xil. Kuchli jinsiy vakillari tashqi ko’rinishni o’zgartirish va chinakam zamonaviy obraz yaratish uchun ko’plab uslublar mavjud. Quyidagi soch olish usullari ro’yxati buning aniq tasdig’idir.

Erkaklar soch turmaklari: uslub / foto

Soch turmaklarini bir necha yo’nalishlarga bo’lish mantiqan to’g’ri bo’ladi. Ularning har biri ma’lum bir ko’rinish, turmush tarzi va kiyim-kechak afzalliklariga ega bo’lgan erkaklar uchun mos keladi. Obrazda barcha elementlar uyg’un bo’lishi kerak. Soch turmagi — bu sizning tashrif qog’ozingizdir.

Boks

Doim mashhur bo’lgan variantlardan biri. Ushbu soch turmagi kaltaligi bilan ajralib turadi va uni yaratish uchun odatda mashinkaning bir nechta nasadkalari ishlatiladi. Tepa qismdagi sochlar maksimum to’rt santimetrgacha kaltalansa, yon qismlari deyarli nolga qadar olinadi. Ularning bir-biriga o’tish chegarasi tekislab chiqiladi (плавный переход).

Yarim boks (poluboks)

Boksdan tepa qismdagi sochlarning uzunligi bilan farq qiladi. Ushbu soch turmagida sochlarning uzunroq qismi chegarasi boksga qaraganda biroz pastroqdan boshlanadi. Bundan tashqari, sartarosh sochning uzun va kalta qismi chegarasini silliq tarzda o’tishni amalga oshirishi kerak.

Britanka

Ushbu «inglizcha» soch turmagi moda yulduzlari orasida juda mashhur. Britankaning asosiy xususiyati — bu sochning tepa qismi uzun, yon va ensa qismlari kalta qilib olinganligi va odatda uzun kokil qoldirib, uni orqaga tarab yurishdir. Bunda soch turmagi hajmdor va ajoyib ko’rinish oladi.

Kanadka

Britanka bilan o’xshash jihatlari juda ko’p — bu ikkita soch turmagini chalkashtirib yuborish oson. Kanadkaning asosiy farqi — yaqqolligi kamroq bo’lgan kokil va orqa va yon tomondagi sochning biroz uzunroqligi.

Bob

Erkaklar uchun bob uslubi ko’plab variantlarga ega. Ularning eng mashhuri — peshonaga biroz tushib turadigan kokil va yon tomonlarni tepa qismdan farqlab turadigan chiziq qoldirish. Ushbu usulda olingan soch juda elegant ko’rinadi va ijodiy faoliyat bilan shug’ullanadigan yoshlar uchun mos keladi.

Tikanak

Ushbu oddiy klassik soch turmagini yaratish uchun usta bitta nasadkali (maksimal ikki santimetr) mashinkadan foydalanadi. Shunda soch tolalari uzunligi va zichligi bo’yicha bir xilda bo’ladi. Soch olishning bu usuli dag’al soch sohiblari uchun juda mos keladi.

Kvadrat

Bu 80-yillar filmlaridagi amerikalik harbiylarning obrazi bilan bog’liq uslub. Uni boshqa turmaklar bilan adashtirib qo’yish mushkul. Kvadrat uslubining asosiy xususiyatlari — bu aniq shakl, peshonadan ensaning yuqori qismigacha silliq gorizontal sirt, chakka qismda sochlarning kaltaligi va kvadrat kontur.

O’qotar

Ushbu soch turmagi ingichka sochli erkaklar uchun mos keladi, chunki bunda tepa qismda qo’shimcha hajm hosil qilinadi. O’qotar uslubi yuzi yumaloq va romb shaklida bo’lgan erkaklarga tavsiya etiladi, sababi yonga taralgan kokil tufayli tashqi ko’rinishdagi kamchiliklar mukammal darajada bartaraf etiladi.

Tennis

Ushbu kalta soch turmagi yon tomonga tarab qo’yish mumkin bo’lgan tepa qism va kalta qilib olingan yon va ensa qismdan iborat. Yon tomonlari nolga qilib olinmaydi, faqat tepa qismdan farqlanib tursa bas.

Anderkat

Bu uslubda sochlar tepa qismda yetarlicha uzun, yonlari va orqa tarafda kaltagina bo’ladi. Kokil peshonadan boshning orqa tomoniga qarata taraladigan qilib qoldiriladi.

Uzun sochlar uchun turmaklar

Dum bilan

Ushbu toifaga uzun bo’lgan barcha soch turmaklari kiradi. Bunda sochlarni bitta qilib yig’ib, yuqori ensa sohasida tugib qo’yish va bir-ikki uzunroq tolalarni ortga tushirib qo’yish mumkin. Tajribalar qilish haqiqatan ham ajoyib obrazlar yaratishga imkon beradi.

Yonlari kalta uslub

Ushbu uslub guruhiga kiruvchi eng mashhur soch turmagi — bu top knot. U yoshlar ham, qirq yoshli erkaklar uchun ham mos keladi. Ushbu soch turmagining o’ziga xos xususiyati shundaki, usta sochning yon va orqa qismini imkon qadar qisqa qilib, tepasini kerakli uzunlikda qoldiriladi. So’ng tepa qismini yonga tarash, dum qilib tugish va boshqa tajribalar o’tkazish mumkin.

Yonga taralgan (assimetriya)

Asimmetrik soch turmaklari uchun uzun kokil qoldirish va yon tomonni tepa qismdan ajratib turuvchi chiziq qo’yish bilan ajralib turadi. Bunday variantlar ayniqsa qalin yoki jingalak sochlarda chiroyli ko’rinadi.

Feyd

Tepa qismi hajmli bo’lgan soch turmagi uchun yana bir variant. Shu bilan birga, bu uslubda sochlar juda uzun ham, yetarlicha qisqa ham bo’lishi mumkin. Asosiy shart — bu sochning tepa qismiga o’tishda sochlarning bosqichma-bosqich, bir tekisda uzunlashib borishidir.

So’nggi urfdagi TOP-5 uslub

So’nggi yillarda eng urfda bo’lgan va undan hali ketishi kutilmayotgan erkaklar uchun soch turmaklari e’tiborga loyiq. Quyidagi rasmlarni ko’rib, o’z obrazingiz va tuzilishingizga mos bo’lgan turini tanlang. Tajribali sartarosh esa sochni huddi suratdagi qilib olib qo’yishi mumkin.

Top knot

Ushbu soch turmagi stayling vositalari bilan alohida ukladkalarni talab qilmaydi. Eng muhimi, to’g’ri va muntazam yuvib turish. Kundalik foydalanish uchun soch siyraklashishiga qarshi va qalinlashtiruvchi xususiyatga ega shampunlarni tanlash tavsiya etiladi.

Garvardcha

Bu uslub namunali obraz uchun yaratilgan. Shuning uchun staylingning muhim qismi — sochlarni yon tomonga tarab yurishdir. Bunga erishish uchun soch uchun pasta yoki gel kerak bo’ladi.

Granj

Granj uslubidagi eng zamonaviy soch turmaklari uzun yoki o’rta uzunlikdagi sochlar uchun mos keladi. Bunda sochlarga biroz hajm berish va yengil betartiblik holatiga keltirish kifoya. Kerakli effektga quyuq stayling vositalari bilan osonlikcha erishiladi: mum yoki lak.

Gitleryugend

Silliqlik va intizom, ya’ni tolasi tolasiga tegib turadigan uslub. Stayling vositalari tanlashda maksimal darajada fiksatsiya ta’minlanishiga e’tibor bering.

Voyaj

Bu uslubning farqi — tepa qismning uzunligi va quyuqligi bo’yicha farqlanishida. Shu sababli, ushbu turmakni tartibga keltirishda hajmni oshirishga yordam beradigan musslar zarur bo’ladi.

Erkaklar uchun boshqa soch olish usullari

Klassik

Bobrik, yarim boks, kanadka yoki britanka klassik soch turmagi sanalib, silliq chetlarga ega bo’ladi. Soch uzunligi besh santimetrdan oshmaydi. Bunday soch turmagi universal deb hisoblanadi va har qanday yoshdagi va kasb egalari uchun mos keladi. Eng muhimi, tanlangan soch turmagi yuz xususiyatlarining afzalliklarini ta’kidlaydi. Klassik uslubda olingan soch biznes uslubdagi kiyimlar bilan uyg’un sanaladi. Odatda, bu variant biznesmen va rahbarlar tomonidan tanlanadi.

Klassik uslub

Sportiv

Sportchilar va faol hayot tarzini afzal ko’rganlar uchun soch turmagi iloji boricha sodda va qulay bo’lishi kerak. Sochlar mashinka yordamida kalta qilinib, ba’zan esa butunlay nolga qadar olinadi. Bunda boshning yuqori qismi o’rta uzunlikda qolsa, chakka va ensa qismi juda kalta qilinadi. Brutallikka qaramay, sportiv uslub orasida biznes uslubiga mos keladiganlari ham bor: masalan, tennis uslubi.

sportiv soch turmagi

Romantik

Romantik uslub modani yaxshi biladigan yumshoq va nozik inson qiyofasini yaratadigan variantlarni o’z ichiga oladi. Bunday soch turmagida odatda biroz peshonaga yoki yon tomonlarga tushib turadigan kokil qoldiriladi.

Romantiklar uchun eng mashhur soch turmagi uzun yoki o’rta sochlar uchun mo’ljallangan variantlardan iborat: bob, sagittarius yoki graduatsiyalangan kare. Shu bilan birga, sochlarni biroz jingalak qilish turmakning alohida plyusiga aylanishi mumkin.

Romantik uslub

Harbiycha (militari)

Har doim eng minimal va qulay hisoblangan soch turmagi. Ko’pincha soch bunday usulda butun bosh bo’ylab soch bir xil kaltalikda yoki tepa qismini ozroq uzun qilgan holda kalta olish bilan ajralib turadi. Bunday uslub juda jasoratli ko’rinadi va maxsus parvarishni talab qilmaydi.

Harbiycha uslubda soch olish

Kreativ

Ushbu uslub eng noodatiy va ajoyib variantlarni o’z ichiga oladi. Turli naqsh va ierogliflar, assimetriya, uzun kokillar, «dum»lar, irokez, yorqin rangga bo’yash — ijodiy soch turmak faqat tasavvur va fantaziya bilan cheklanadi.

Bunday original uslub kundalik hayotga hech qanday aloqasi yo’q va shuning uchun tajribalarga ochiq bo’lgan yosh ijodkor erkaklar uchun juda yaxshi mos keladi.

Kreativ turmak

Xipster

Retro soch turmagi, chakka qismi deyarli qirilgan, tepa qismi esa uzaytirilgan shakldagi brutal variant. Ushbu uslubdagi eng mashhur soch turmaklariga feyd va anderkat, shuningdek, sezar yoki gitleryugent kabi variantlarni misol qilib keltirish mumkin. Xipter uslubi deyarli hamma erkaklar uchun mos keladi, ayniqsa 30-40 yoshli erkaklar va yoshlar uchun.

Sezar yoki gitleryugent nafaqat jinsi yoki tor shim bilan, balki rasmiy biznes kostyumlari bilan ham ajoyib ko’rinadi.

Xipster uslubi

Soch turmagini tanlashda nimaga e’tibor berish lozim

To’g’ri soch turmagi butun obrazning bir qismi bo’lishi kerak, alohida element emas. Shu bois sartaroshxonaga borishdan oldin tashqi ko’rinishni tahlil qilish zarur:

  • Soch turmagi kiyim uslubiga, turmush tarziga va agar mavjud bo’lsa, soqol va mo’ylovga mos kelishi talab etiladi.
  • Shuni unutmangki, deyarli har bir soch turmagi parvarish talab qiladi. Murakkab ijodiy uslubda soch oldirishdan oldin, har kuni ertalab bu uslubni tartibga keltirish uchun vaqt ajratishga tayyorligingizga amin bo’ling.
  • Har bir soch turmagi bir nechta variantlarga ega: obrazni o’zgartirishga qaror qilishdan oldin kamida ikki-uchtasini o’rganing. Ehtimol, boshqa variant obrazingiz uchun yaxshiroq mos kelishi mumkin.
  • Barcha zamonaviy soch turmaklari hamma uchun bir xil darajada mos kelavermaydi. Yuzning shakli, yonoqlarning bo’rtganligi, lunjlar yumaloqligi, ko’zlar kesimi, peshonaning o’lchami va soch turi — tashqi ko’rinishning har qanday nyuansi muhim, shuning uchun hatto bitta tolani kesishdan oldin ham yuzni sinchkovlik bilan tekshirish va turmak uslubini usta bilan maslahatlashib ko’rish kerak.
4
Loading...

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.