Yarating, o'rganing, bilib oling

Tushda yomg’ir ko’rish — uning yog’ishi, ostida qolish kabilar ta’biri haqida

Tushda yomg’ir ko’rish — uning yog’ishi, ostida qolish kabilar ta’biri haqida

Yomg’ir — obi hayot, yerni sug’oradigan qon. Hodisa hayotiy kuchlar, havo energiyasi, suvni aks ettiradi. U osmondan yog’ilishi tufayli ilohiy kuchlar bilan bog’liq hisoblanadi. U yaratgan tomonidan berilgan baraka sanaladi, mo’l hosil, poklanish va yoqimli hissiyotlarni va’da qiladi. Tushda yomg’ir ko’rish — u yoki bu voqea sabab yanada baxtliroq bo’lishni anglatadi.

Tushda yomg’ir ko’rish: Psixologik talqin

  • Ayol kishi yomg’ir yog’ishini ko’rsa — farzand ko’rishga intilish;
  • Yomg’irdan yashirinish — tush ko’ruvchi hozircha farzandli bo’lmasligi uchun barcha narsani qiladi;
  • Erkaklar jinsiy hayot sohasi bilan bog’liq muammolarga duch kelganda tushda ushbu tabiat hodisasini ko’rishlari mumkin;
  • Agar bolalar tushda yomg’irdan qochib, panaga o’tishsa, oilada yana bitta farzand dunyoga kelishini xohlamayotganligidan darak;
  • Kuchli sel — kishining kun davomida yig’ilib qolgan noxush hissiyotlaridan tozalanishi. Agar bunday tushda bulutlar juda ko’p bo’lsa, demak tush ko’ruvchi ma’nan charchagan. Yaqin kishilardan yordam qo’li so’rashdan tortinmaslik kerak;
  • Agar sel tufayli kiyim-kechagi ho’l bo’lib ketgan bo’lsa, bu inson so’nggi paytlarda juda ishonuvchanlik qilmoqda. Boshqalar esa bundan o’z mafaati yo’lida foydalanishi mumkin.

Romantik talqin

  • Ayol kishi tushda yomg’ir ostida qolib ketishi — real hayotda yangi tanishuvlarda ehtiyot bo’lish kerak. Ular qisqa muddatli bo’lishi va ayol obro’siga putur yetkazishi ehtimoli mavjud.
  • Momaqaldiroq, kuchli shamol, sel — jinsiy energiya chiqish yo’lini izlamoqda. Munosabatlardagi bir xillikka barham berib, syurpriz tashkillashtirish mumkin.
  • Oilaviy insonlar tushda ho’l bo’lib qolishganini ko’rsa — oiladagi his-tuyg’ular sovuqlashayotganiga.
  • Tushda uyning tomi bo’lmasligi va yog’ayotgan yomg’ir to’g’ridan-to’g’ri oila a’zolari ustiga tushishi — tush ko’ruvchi oilaviy muoammolarni bir o’zi hal qilishi kerak bo’lishiga.

Tushda yomg’ir yog’ishi

  • Mayda, yoqimsiz va sovuq yomg’ir — hozirda omadga ishonib bo’lmaydi. Bu davrda ishlarda faqat o’z kuchingizga tayanib, hayotga bo’lgan talablarni iloji boricha kamaytirish kerak.
  • Agar yomg’ir kuchli, shaffof va yoqimli haroratli bo’lib yog’sa, demak omad sizga kulib boqadi. Ishlarda dadil qadam tashlash mumkin.
  • Umuman olganda, bunday tushning ta’biri uning tomchilar teriga takkanda qanday hissiyot sezilishiga bog’liq U qanchalik yoqimli bo’lsa, yaqin kelajakda ishlaringiz va sog’lig’ingiz shunchalik yaxshi bo’ladi.
  • Agar quyoshli kunda yog’sa, quvonchga, bulutli kunlarda esa ko’z yoshlari to’kilishiga.
  • Agar bo’ronlar, shamollar va momaqaldiroqsiz sokingina yog’adigan bo’lsa, dehqonchilikda foyda va daromadga ishora.
  • Kuchli selga qo’shimcha ravishda momoqaldiroq, shamol va do’l qo’shilsa — qayg’u, zerikish, norozilik, boylar uchun mol-mulkka putur yetishi, kambag’allarga esa ishlarida muvaffaqqiyatni bildiradi.

Miller tush kitobi: Yomg’ir

  • Yomg’irning ostida qolib, umuman nam bo’lmaslik — real hayotda karyerangizga salbit ta’sir qilishi mumkin bo’lgan jiddiy nizolardan qutulib qolishga.
  • Tabiat hodisasidan yashirinish uchun pana joy topish — o’ngda sizni qo’llab-quvvatlashga tayyor bo’lgan do’st topasiz. Biroq bu pana soyabon bo’ladigan bo’lsa, ogoh bo’lish noxushliklardan qochib qolishga yordam beradi.
  • Tushda yaqinlaringizdan biri yomg’ir ostida ekanligini ko’rsangiz, demak u muammo girdobiga tushib qolishi mumkin, boshqalarning yordamisiz esa u muammoni hal qila olmaydi.
  • Tomchilarning oynaga urilishi ovozini eshitish — xushxabarga;
  • Suv toshqini — hissiyotlarni boshqara olmaslik;
  • Bu vaqtda atrof muhit chang-to’zon bo’lsa — yashash uchun kerakli bo’lgan resurslar mo’l-ko’l boladi;
  • Bemor kishi tushida yomg’ir ko’rishi — shifo topishiga, qarzdor kishi uchun — qarzlarini to’lashga, mahkum kishi ko’rsa, ozodlikka chiqishiga ishora.
11
Loading...

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.