Tushda nur ko‘rish nimani anglatadi? Ramziy va psixologik ma’nosi
Zamonaviy tush psixologiyasi va ramziy tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, tushda nur yoki yorug‘lik ko‘rish – eng ijobiy, transformatsion ramzlardan…

Uy — insonning boshpanasi, himoyasi, oila jam bo’ladigan muqaddas joy. Tushda uy ko’rish o’ngda kishining tinchligi, xotirjamligida o’z aksini topishi mumkin. Masalan, bolalikdagi uyni ko’rish — yaxshi xabarlar eshitishga, osudalikdan darak beradi, zero yoshlikdan kishida faqat ijobiy xotiralar qoladi. Tushda uy tamirlash — anchadan buyon kutilgan mehmonning tashrif buyurishi.
Tushda o’z uyini topa olmaslik — odamlarga bo’lgan ishonchni batamom yo’qotishni anglatadi. Agar kishi tushda uyi yo’qligini ko’rsa — barcha yangi ishlarda omadsizlik, moddiy yo’qotishlarga. Tushda yashash joyini o’zgartirish va boshqa uyga ko’chib ketish — juda yaqin vaqt ichida yangilik eshitish va zudlik bilan safarga ketishga. Yosh ayol tushida uydan chiqib ketayotganini ko’rishi — uning atrofida beparvo tuhmatchilar paydo bo’lishi mumkinligini anglatadi. Tushda oldingi uyni ko’rish, uni ziyorat qilish — o’ngida yaxshi xabarlar eshitishga. Tushda eski uy ko’rsa va bundan quvonsa — farovonlik belgisi. Tashlandiq uy ko’rish — qayg’uli hodisalar kutilishidan.
Tushda uy bilan turli xil hodisalar sodir bo’lishi mumkin. Yangi uy qurish, sotib olish, uni buzish, tabiiy ofatlar yiqitishi, uni egallab olishlari, uyga o’g’rilar tushishi mumkin.
Odatda, tushda uy ko’rish jiddiy o’zgarishlar, beqarorlik yoki sezilarli o’sishni anglatadi. Uy band bo’lsa yoki to’lib-toshib yotgan bo’lsa, atrof olam bilan munosabatlaringiz beqarorligidan darak. Siz ruhiy tushkunlik holatidasiz lekin agar siz doimo shu holatda bo’lsangiz, uyingizda odamlar yoki hayvonlar to’la bo’lsa, bu xavf signalidir.
Tushda uy xarob bo’lgan bo’lsa — bu ko’chish, moliyaviy qiyinchilik, o’lim yoki ajralishga ishora. Bunday tushlarda uy o’zining asosiy maqsadi: odamlar uchun boshpana bo’lishdan mahrum bo’ladi. Bunday tush ko’rgan kishi, o’ylab ko’rishi kerak: qanday vaziyatlar uni ezmoqda va tashvishlantirmoqda, ular uning hayotiga qanday ta’sir qilmoqda.
Tushda uy qurish — hayotingiz va istiqbolingizdagi o’zgarishlarning aksi. Ehtimol, ish joyda lavozimning ko’tarilishi yoki moliyaviy holatning yaxshilanishi, qo’shimcha imkoniyatlar ochilishi mumkin. Hozirda uchrashayotgan kishi bilan munosabatlaringiz bir pog’onaga balandlashi, ehtimol nikoh qurishlaringiz mumkin. Har qanday holatda ham tushda uy qursa, bu doim ijobiy ma’noga ega.
Agar yosh yigit tushida oilaviy hayotni ko’rsa, bu tush farovonlik, sog’lik va taraqqiyot elchisidir. Ayol kishi uyiga devor oshib kirsa — uning tuyg’ulari javobsiz qolishi mumkinligidan.
Ta’mirlangan, chiroyli uy — hali aniq bo’lmagan munosabatlarga aniqlik kirishidan darak. Uyning tomini yopish — yo’qotishlarga. Tushda uy sotib olish — farovonlikka. Uy tillarang bo’lsa — noxush hodisaga uchrash.
Ibn Siringa nisbat beriluvchi ta’bir manbalarida, yangi, keng va yorug‘ uy – inson hayotidagi barqarorlik, salomatlik, xotirjam oila va qalb osoyishtaligi ramzidir. Mustahkam uy qurish yoki unga ko‘chib o‘tish – barcha tarqoq ishlarning birlashishi va yangi baxtli hayot poydevori qo‘yilishidir.
Zamonaviy tush psixologiyasi va ramziy tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, tushda nur yoki yorug‘lik ko‘rish – eng ijobiy, transformatsion ramzlardan…
Tushda rang-barang, nozik qanotli kapalakni ko‘rish – qalb yengilligi, shodlik, go‘zallik, hayotiy yangilanish, erkinlik va kutilmagan quvonchli yangiliklarning…
Tushda farzand dunyoga keltirish – hayotga kirib keladigan yangi bosqich, quvonchli o‘zgarishlar, yangi g‘oyalarning ro‘yobga chiqishi va qalbiy…
Tushda yerning tebranishi, zilzila ro‘y berishi – hayotiy o‘zgarishlar, kutilmagan yangiliklar, eski odatlarning o‘zgarishi va ichki beqarorlikning ramziy…
Tushda gul terish farovonlik belgisidir. Bu boshlangan ishlarning omadli kelishiga ishonchingiz komil ekanligini aks ettiradi. Gullarning boshqa bir…
Tushda ayol ko’rish — tush ko’ruvchi bilan nima sodir bo’lishi mumkinligini anglatadigan ma’noga ega. Bunda ayol bilan birgalikda…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.