Psixologik testlar: xarakterni aniqlash uchun onlayn sinov
Mayers-Briggs tipologiyasi (MBTI) — 1940-yillarda Yunga tipologiyasi asosida yuzaga kelgan va AQSh va Yevropada keng tarqalgan shaxs tipologiyasidir.…

Matematika — qiziqarli va noodatiy fan. Qiziqarli matematika esa kishi aqlini charxlaydi va kundalik hayotda duch keladigan masalalarni osonroq yechishga yordam beradi. Agar siz matematika fanini zerikarli deb hisoblasangiz, unda siz ayni manzil bo’yicha kelibsiz. Quyida sizga ushbu fan bo’yicha qiziqarli ma’lumotlar taqdim etiladi.
Pifagor teoremasining vizual isboti

Agar uchburchak sferada chizilsa, uning barcha burchaklari to’g’ri (90°) bo’ladi

Pi (π) soni aslida nima

Logarifmlarni oson tushunish uchun

Har qanday sonning ma’lum foizini topish uchun (masalan 200 ning 40 foizi), har ikki sonni 10 ga bo’lib, shunchaki ularni ko’paytirish kerak (20 x 4 = 80).

Har qanday sonni tezda 5 ga ko’paytirish uchun uni 2 ga bo’ling, agar butun son hosil bo’lsa, oxiriga bitta 0 qo’shing, agar butun son chiqmasa, shunchaki natijadagi vergulni bir xona oldinga suring (10 ga ko’paytirish). Masalan:
5 ga bo’lish ham shunga o’xshash, buning uchun son avval 2 ga ko’paytiriladi, so’ng hosil bo’lgan son verguli bir xona orqaga suriladi (ya’ni 10 ga bo’linadi), masalan:
2 xonali sonni 11 ga tezda ko’paytirish uchun, ko’paytiriluvchining har bir sonlarini yig’indisini ularning bosh va oxirgi sonlari orasiga qo’yish kifoya, masalan: 41 x 11 = 4 (4+1) 1 = 451. Buning yana bir tomoni mavjud, agar ikkita son yig’indisi 2 xonali son hosil qilsa, hosil bo’lgan yig’indining birinchi soni ko’paytiriluvchining birinchi soniga qo’shiladi, masalan: 48 * 11 = 4 (4+8) 8 = 4 (12) 8, 12 dan 1 soni olinib, 4 ga qo’shiladi va natijada 528 hosil bo’ladi.
Har qanday sonni hayolda 4 ga tezda ko’paytirishning siri shundaki, shunchaki u sonni ikki marta 2 ga ko’paytirish kerak. Masalan, 74 x 4 = (74 x 2) x 2 = 148 x 2 = 296, ko’pincha bu usul juda qo’l keladi.
Agar katta sonlarni ko’paytirish kerak bo’lsa va sonlardan biri juft bo’lsa, ko’paymani osonroq hisoblash uchun ularni guruhlash mumkin, masalan:
32 x 125 => 16 x 250 => 8 x 500 => 4 x 1000 = 4000
Yana bir usuli, sonlarni alohida-alohida ko’paytirib, so’ngra qo’shish, masalan: 84 x 7 => (80 x 7) + (4 x 7) => 560 + 28 = 588, bunda karra jadvalini yoddan bilganlarga juda oson bo’ladi va kundalik hayotda ko’paytmalarni ko’pchilik aynan shu usul yordamida hisoblaydi.
Ko’pchilik o’quvchilar, hatto matematikani zo’r biladiganlar ham ba’zan katta-kichik belgisiga ko’zi tushsa, bir necha soniya uni qay biri nimani anglatishini eslay olmay qolishadi. Uni oson eslab qolish uchun belgilarni ochko’z timsoh deb tasavvur qilish kerak, u doimo katta narsani (ya’ni sonni) yeb qo’yishga intiladi.

1 x 8 + 1 = 9
12 x 8 + 2 = 98
123 x 8 + 3 = 987
1234 x 8 + 4 = 9876
12345 x 8 + 5 = 98765
123456 x 8 + 6 = 987654
1234567 x 8 + 7 = 9876543
12345678 x 8 + 8 = 98765432
123456789 x 8 + 9 = 987654321
Kalkulyatorda bir nechta 1 lar sonini xuddi o’ziga ko’paytirib ko’ring, juda qiziq javob chiqadi, masalan 1111 x 1111 yoki 111111 x 111111
Quyidagi kvadratni 3 ming yillar oldin xitoyik olimlar o’ylab topishgan ekan, undagi sonlar yig’indisi eniga ham, bo’yiga ham, diagonaliga ham 15 ga teng bo’ladi
| 4 | 9 | 2 |
| 3 | 5 | 7 |
| 8 | 1 | 6 |
Mana yana bitta undan ham ajoyib kvadrat, unda 4 ta sonlar yig’indisi har qanaqasiga 66 ga teng bo’ladi, hatto 2 x 2 katakdagi sonlar ham
| 1 | 8 | 29 | 28 |
| 30 | 27 | 2 | 7 |
| 4 | 5 | 32 | 25 |
| 31 | 26 | 3 | 6 |
Bu kishini chalg’ituvchi «fokus» ko’pchilikka tanish, lekin u yosh bolalarga taqdim etilsa, ular hayratlanmay qolmaydi, buning uchun:
Bir son o’ylang, unga keyingi o’rinda keluvchi sonni qo’shing. Natijaga 7 ni qo’shing, 2 ga bo’ling. Endi hosil bo’lgan sondan o’ylagan soningizni ayirib tashlang. Javobi 4 chiqdi, shundaymi?
Bu qanday bajariladi:
Bu «fokus»ning mohiyatini hali ham tushunmagan bo’lsangiz, bu misolda kishi qanaqa son o’ylamasin, javob siz qo’shing degan songa 1 qo’shilib (bizning namunada bu 7 soni), o’sha sonning ikkiga bo’lingani chiqadi, agar kishi o’ylagan songa 9 ni qo’shing desangiz yakuniy javob 5 chiqadi ((9+ 1) / 2), 3 qo’shing desangiz, javob 2 va shu tariqa davom etadi.
Mayers-Briggs tipologiyasi (MBTI) — 1940-yillarda Yunga tipologiyasi asosida yuzaga kelgan va AQSh va Yevropada keng tarqalgan shaxs tipologiyasidir.…
Qiziqarli topishmoqlar bolalar va kattalarda e’tibor, noodatiy fikrlashni yaxshilaydi, dunyoqarashni kengaytiradi, kayfiyatni ko’taradi. Savollarning ba’zilari chuqur o’ylantirib qo’yadi,…
Salom aziz o’quvchilar! «Qiziqarli savollar va ularning javoblari» — ushbu ma’lumot sizni qiziqtirishi turgan gap. Muvaffaqiyatli kishi, erishilgan…
Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko’pki, ularni bir sahifaga sig’dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo’ladiganlarini ajratib ko’rsatish…
Kubik rubikni terishni o’rganish istagida bo’lganlar uchun terish sxemasi va sirlari. 3×3 kubik uchun instruktsiya 7 bosqichdan iborat…
Sayyoramizning hayvonot olami sinoatlarga to’la, shu sababli sizlarni hayratlantirishi mumkin bo’lgan hayvonlar haqida bir nechta qiziqarli faktlar bilan…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
barchasi ajoyib. Ayniqsa pifagor teoremasi isboti ko`proq videolar joylashinggizni so`raymiz rahmat
salom kanlga gap yo’q
Karrani oson yodlash faqat 9 karra uchunmi?
Yoki boshqa sonlarga ham qo’l keladimi?