Pitsa tayyorlash: uy sharoitida, usullari, retsepti, xamiri, masalliqlar, sirlari
«Pitsa» Italiya milliy taomi hisoblanadi. Bugungi kunga kelib bu tansiq ochiq pirogni butun dunyo ahli sevib iste’mol qiladi.…

Osh tayyorlash retsepti yuzlab, minglab turlarga ega. Har bir oshpazda ushbu milliy taomni tayyorlashning o’z usuli va oshpazlik sirlari bor. Osh palovning eng taniqli turi — o’zbek oshidir.
Mazkur maqolada keltiriladigan palov retsepti uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo’ladi:
Guruch bir necha marta toza suvda yuvib olinadi. So’nggi marta yuvganingizdan qolgan suv to’liq shaffof bo’lishi kerak.
Go’shtni yuvib, kubik shaklida bo’laklab oling. Piyoz va sabzi po’stidan tozalanadi. 3 ta piyoz ingichka yarimhalqa, sabzini esa uzun 1 sm`lik somoncha qilib kesib olish kerak. Sarimsoq ustki qavat po’stidan tozalanadi, lekin kichik boshchalarga bo’linmaydi.
Qozon qizdiriladi, moy solinadi va yengil tutaguncha qizdirishda davom etiladi. So’ng qolgan bitta butun piyoz solib, qorayguncha qovuriladi. So’ng olib qo’yiladi.
Endi oshning zirvagini tayyorlashga kirishiladi. Qozonga piyoz solib, u tillarang tusga kirguncha qovuriladi (taxminan 7 daqiqa). Piyoz qovurilib bo’lgach, qozonga piyoz ustidan go’sht solinadi va u qobiq hosil qilgunicha qovuriladi.
Ushbu bosqichda sabzi solinadi va aralashtirmasdan 3 daqiqa qovuriladi. So’ng barchasi 10 daqiqa vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda qovuriladi.
Zira va kashnich urug’lari ezilib, osh zirvagiga qo’shiladi. Ushbu bosqichda zirvakning tuzi rostlanadi.
Olov o’rtacha balandlikkacha pasaytiriladi va sabzi yumshoq bo’lmagunicha zirvakni pishirishda davom etiladi (yana taxminan 7-10 daqiqa). So’ng zirvakdan 2 sm baland bo’lguncha qaynoq suv solib, ikkita achchiq qalampir solinadi va olov yanada pasaytirilib, 30 daqiqaga dimlab qo’yiladi.

Guruch yana bir marta yuviladi, suvi to’kib tashlanadi. Keyin zirvak ustidan bir tekis qilib yoyib chiqiladi. Olov maksimumgacha baland qilinib, guruch ustidan 3 sm baland bo’lguncha kapkirni ustidan qilib qaynoq suv solinadi.
Guruch suvni shimib olgach, unga sarimsoq botirib qo’yiladi, olov o’rtacha balandlikkacha pasaytiriladi va guruch tayyor bo’lguncha pishiriladi.

Guruchga kapkir bilan yengil urib ko’riladi. Agar bunda chiqadigan ovoz jarangdor bo’lmasa, guruchda tayoqcha yordamida qozon tubigacha bo’lgan chuqurchalar hosil qilinadi.
Guruch tekislanadi, qozonning qopqog’i yopiladi, olov yanada pastroq qilinadi va osh 30 daqiqaga damlab qo’yiladi. Palov tayyor! Uni bedanda tuxumlari, limon, achchiq qalampir bilan bezatish mumkin.
Har bir taomni tayyorlashda bo’lgani kabi, palovto’ra pishirishning ham o’ziga yarasha sirlari mavjud. Dastlabki tavsiya — osh mazali chiqishi uchun qo’y go’shti olish kerak, albatta boshqa hayvon go’shtlarini ham ishlatsa bo’ladi, lekin kerakli ta’m va xushbo’ylikni aynan qo’y go’shti beradi.
Taomning mazaligi nafaqat masalliqlar, balki osh tayyorlash texnolgiyasiga ham bog’liq. Masalliqlarni kerakli ketma-ketlikda solish, yetarlicha pishirish kerak.
Guruch navlari orasidan osh uchun eng mos keladiganlari oq alanga, devzira, oshpar, sariq dastar hisoblanadi. Ularning tarkibida kraxmal kamroq bo’lib, bunday guruchdan tayyorlangan taom guruchlari bir-biriga yopishib qolmaydi.
Osh tayyorlashda ajralmas ziravor — zira hisoblanadi. Achchiq qalampir haqida ham unutmaslik kerak. Moy turlaridan esa paxta yoki kunjut moyi va hayvon yog’i aralashmasi ideal variant hisoblanadi.
«Pitsa» Italiya milliy taomi hisoblanadi. Bugungi kunga kelib bu tansiq ochiq pirogni butun dunyo ahli sevib iste’mol qiladi.…
Blinchik (quymoq) — qizib turgan tovada suyuq xamirni qovurish orqali tayyorlanadigan pishiriqdir. Blinchik tayyorlash usullari juda ko’p, ammo…
Issiq kunlar kelishi bilan do’stlar va oila davrasida dam olish uchun bizda shashlik tayyorlashga hozirlik ko’riladi. Kimdir uyida,…
Pishloq tayyorlash usullari juda ko’p. Ushbu maqolada sigir sutidan tayyorlanadigan oddiy pishloqning retsepti keltiriladi. Mundarija Yashirish 1. Osh…
Olivye — salatlar qiroli bo’lib, har bir uy bekasining bayram dasturxonida birinchi o’rinni egallaydi. Ushbu mayonezli salatning retsepti…
Ekler — fransuzcha desert, qaynatma xamirdan tayyorlanadigan yumshoq shirinlik. Ko’pincha nachinka sifatida qaynatma krem ishlatiladi, biroq o’zgacha ta’mlarni xush…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Palov tayyorlashni ko’rib o’rganayotgan yagona yigit menmanmi yoki yana sheriklar bormi oshnalar?
Bir oʻzingiz emas,men ham oʻrganyapman, Alhamdulillah.
Buning tayyorlanishi judayam qiyin ekan. Lekin juda ham zoʻr 🤤🤤🤤🤤
Men osh tayyorlashni o‘rganib oldim.?????
25, 30 kishiga nech kilo osh damlanadi
Nech kilo guruch kerak boladi
Juda zõr😘
Zoʻr ekan men endi sinab koʻraman
Inshaalloh oʻxshaydi
3kg oshga qancha masalliq kerak boladi
Osh qilishni oʻrganib oldim.
Oshim juda Shirin chiqti,ancha voqtan beri qmaganimga unutganim 🤗😋🥰
Juda zo‘r chiqdi osh. Rahmat☺️
Judayam nafis va chiroyli koʻrinishga ega boʻldi tami ham oʻziday