Biskvit tayyorlash — retsepti, kerakli masalliqlar, pishirish usullari, tavsiyalar
To’g’ri biskvit ko’tarilgan va havodor bo’lishi kerak. Ammo u har doim va hammada ham shunday chiqavermaydi. Axir biskvit…

O’zbek milliy xamirli pishiriqlarining turli xillari mavjud va ularning barchasi o’ziga xos ravishda juda mazalidir. Ana shunday pishiriqlardan biri qatlama bo’lib, u qavatli xamirni yog’da qovurish usulida tayyorlanadi. Uning retsepti quyida batafsil.
Kerakli masalliqlar:
Dastlabki ish xamir tayyorlashdan boshlanadi. 700 g un, 350 ml suv va 1,5 choy qoshiq tuz bilan xamir qoriladi.
Xamirdan zuvala yasaladi va uning usti idish bilan yopib qo’yiladi, yarim soat davomida dam beriladi. So’ng xamir 2 mm qalinlikdagi to’rtburchak plast qilib yoyiladi.
Yoyilgan xamirga ustidan 100 gramm eritilgan yog’ quyib, teng ravishda taqsimlab surtiladi. Eritilgan yog’ o’rniga ta’bga ko’ra margarin, sariyog’ yoki hayvon yog’ini ishlatish mumkin, lekin eritilgan yog’ bilan qatlama yaxshiroq ta’mga ega bo’ladi.
Eritilgan yog’ tayyorlashni eslatib o’tish joiz. Suv hammomiga sariyog’ solingan idish qo’yiladi, so’ng bir soatcha past olovda qizdiriladi. Bu vaqtga kelib idish tubiga oq cho’kindi cho’kishi, yuzasida esa ko’pik hosil bo’lishi kerak. Ko’pik olib tashlanadi, yog’ esa cho’mich bilan cho’kindisini aralashtirib yubormagan holda suzib olinadi.

Yog’lab olingan xamir rulet qilib o’raladi va oltita teng qismga bo’lib olinadi.
Har bir qism stolga qo’yib, kaft bilan yapaloq qilib olinadi. So’ng taxtaga terib, ustidan oziq-ovqat plyonkasi bilan yopiladi va 30-40 daqiqa muzlatgichga yoki 2-3 soat sovutgichga yuboriladi.
40 daqiqa o’tgach, xamir muzlatgichdan chiqarib olinadi. Agar ular idishga muzlab yopishib qolgan bo’lsa, ehtiyotkorlik bilan ajratiladi.
Stol va o’qlovga biroz un sepiladi, xamir qalinligi 2 mm, diametri esa taxminan 20-22 sm qilib doira shaklda yoyib olinadi.
Tubi chuqurroq bo’lgan tovaga biroz o’simlik yog’i quyiladi, yaxshilab qizigach, yoyilgan qatlamani yog’ga tushirib, tova qopqog’i yopiladi va o’rtacha olovda har tomoni 3-5 daqiqa davomida qovurib olinadi. Pishgach, idishga olib, qolganlarini pishirib olguncha usti yopiq qilib saqlanib turadi.
Qatlama juda mazali non hisoblanadi. Dasturxonga an’anaviy ravishda uning ustidan shakar sepib yoki qaymoq, murabbo va choy bilan, achchiq sous, qaynatilgan tuxum va sabzavotli garnir bilan tortiq qilish mumkin. Yoqimli ishtaha!
To’g’ri biskvit ko’tarilgan va havodor bo’lishi kerak. Ammo u har doim va hammada ham shunday chiqavermaydi. Axir biskvit…
«Smak» salati juda mashhur, deyarli har bir kafe menyusida mavjud. Salatani tayyorlash oson va masalliqlarni topish mushkul vazifa…
Manti — Markaziy Osiyo, Turkiya, Mo’g’uliston va Koreya xalqlarining an’anaviy taomidir. Ushbu taomning ta’mini so’zlar bilan ifodalab bo’lmaydi:…
Chak-chak shirinligi turkiy xalqlar oshxonasiga mansub bo’lib, xamir va asaldan tayyorlanadi. Uning ko’plab turlari mavjud. Ushbu shirinlikni pishirish…
Issiq kunlar kelishi bilan do’stlar va oila davrasida dam olish uchun bizda shashlik tayyorlashga hozirlik ko’riladi. Kimdir uyida,…
Muzqaymoq barcha yoshdagi kishilar xush ko’ruvchi desert hisoblanadi, bolalar ham, kattalar ham uni sevib iste’mol qilishadi. Keng assortiment…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.