? Tushda ko’ylak ko’rish ? — kiyish, olish, tikish, kelin libosi ta’biri
Tushda ko’ylak ko’rish — kishiga ko’rk beradigan libos sifatida ikkilangan ramziy ma’noga ega: biri beqarorlik bo’lsa, ikkinchisi har…

Tushda ilon ko’rsa, buni tahlil qilish juda mushkuldir. Bir tarafdan ilon zahar tashuvchi sifatida ichki xavotir va jiddiy o‘zgarishlarni anglatsa, ikkinchi tarafdan terisini doimo yangilab turadigan hayvon sifatida — umrboqiylikni. U terisini tashlagani kabi, sizda ham yangicha hayot kechira boshlash, yaxshiroq va baxtliroq bo’lish imkoni paydo bo’ladi.
Psixologlar tushga ilon kirishini insonning qo’rquv va tashvishlarining aksi deb hisoblashadi. Birinchi navbatda bu salomatlik va odamlarga bo’lgan ishonchga oid. Agar kishi tushda ilon o’ldirsa, u yaqin orada o’z qo’quvlari bilan yuzma-yuz kelishiga tayyor turishi kerak.
Tushda ilon ko’rish — bu turli shakldagi va turdagi yovuzlik haqida ogohlantirishdir. Agar kishi tushida o’ralayotgan yoki birovning ustiga tushayotgan ilon ko’rsa — bu mavjudlik uchun kurash, shuningdek, vijdon azobini anglatadi. Tushda oq ilon ko’rish — noodatiy yordam demakdir.
Agar ayolning tushiga o’lik ilon tomonidan chaqilayotgani kirsa, ikkiyuzlamachi do’stning yovuzligi unga aziyat yetkazadi. Tushda ilon o’ldirish kishi o’z manfaatiga erishish yo’lida yoki boshqalar u bilan hisoblashishi uchun hamma narsaga tayyorligini anglatadi.
Tushda ilonlar orasidan yurib o’tish — siz butun umr kasallanib qolish xavfi bilan o’tishingizni anglatadi, egoistlar esa do’stlar davrasida sizni o’z o’rningizdan mahrum qilmoqchi bo’ladi.
Agar tushda ilon chaqsa yoki tishlasa — siz yovuz fitnalarga duchor bo’lasiz va dushmanlar sizning ishingizga ziyon yetkazishi mumkin.
Agar tushda yashil o’tloqda sizning tomonga yassi ilon sudralib kelayotganini ko’rsangiz va undan qochib qolsangiz, ammo ilon yana sizni quvsa va bu safar kattalashsa, yana undan qochib qolsangiz va oxir oqibat u ulkan ilonga aylanib, unda bir amallab qochib qutulib, bu daxshatli tushdan xalos bo’lsangiz — siz real hayotda yaqin orada ishlaringiz tobora yomonlashib ketayotganini va sizni hurmat qilishmayotganidek hayoliy fikrga kelishingiz mumkinligidan dalolat beradi. Lekin hammasi ijobiy yakunlanadi, hayoliy xavf-xatarlar va muammolar unutiladi, o’zingizga orttiriligan majburiyatlar chetlashadi. Siz qoniqasiz va mukofotlanasiz.
Agar tushda ilonning halqa bo’lib o’ralganligini va sizga sapchib hujum qilganini ko’rsangiz — unda dushmanlar qo’lida kuchsiz bo’lasiz. Bundan tashqari, jismoniy va hissiy toliqish ehtimoli mavjud.
Tushda qo’lda ilon ushlash — dushman kuchlarni ag’darish strategiyasini ishlab chiqish demakdir.
Agar tushingizda sochlaringiz ilonga aylansa, demak, hayotda bir qarashda ahamiyatsiz hodisalar sizga ulkan tashvish va xavotir yetkazadi.
Agar tushda ilon noodatiy ko’rinish olsa, bu tush siz uchun xatar mavjudligini anglatadi, biroq, ularga befarq munosabatda bo’lsangiz va ruhiyatni saqlab qolsangiz, ular yo’qolib ketadi.
Tushda suzish yoki suv bo’yida yurayotganda ilonni ko’rish yoki uni bosib olish — xursandchilikni kutib olishda bezovtalanishingizni anglatadi.
Tushga bir-birini chaqayotgan ilonlar kirsa — do’stingizni xafa qilishingizni bildiradi.
Tushda kichik ilonlarni ko’rish sizni uyaltiradigan va ortingizdan yolg’on xabar tarqatadigan, shuningdek rejalaringizni buzishga harakat qiladigan odamlarni samimiy qabul qilishingizni anglatadi.
Ilonlar bilan o’ynayotgan bolalarni tush ko’rish — do’st va dushman kim ekanligini tushunishda chalkashib ketishingiz mumkinligidan darak beradi.
Agar tushda ayol ilonning ovozini eshitganligi sababli orqasida turgan boladan tashvishlanadigan bo’lsa, bu odamlar uni o’ziga yaxshi bo’lgan narsalardan voz kechishga ko’ndirishini anglatadi, ayol esa keyinchalik o’zini noxaq intrigaga jalb qilinganini sezadi.
Yo’lakda turgan do’stni va uning yelkasi ortidan tahdid qiluvchi ilon bosh ko’tarishi tushga kirsa, bu siz va do’stingizga qarshi qilingan fitnani oshkor etishingizni bildiradi. Agar tushingizda do’stingiz ilonlarni nazorat ostida ushlab turganini ko’rsangiz, unda kuchli tashkilot sizning manfaatlaringiz uchun harakat qiladi va yomonliklarni qaytaradi.
Agar ayol ilon tomonidan sehrlanganini tush ko’rsa, unga tazyiq bo’ladi, lekin qonun va ta’sirli do’stlar uning huquqlarini himoya qilish uchun harakat qiladilar.
Ibn Siringa nisbat beriluvchi ta’bir manbalarida, tushdagi ilon – yashirin yoki oshkora dushman, hiylakor raqib ramzidir. Ilondan qo‘rqmasdan uni yengish yoki zararsizlantirish raqiblar ustidan qat’iy g‘alaba qozonish va ularning hiylasini fosh etish demakdir. Katta ilon qudratli ta’sirga ega kimsani, mayda ilonlar esa xonadondagi mayda kelishmovchiliklarni anglatadi. Ilon ustidan g‘olib kelish esa o‘ngdagi barcha xavflardan omonlik topish va manfaat ko‘rish alomatidir.
Tushda ko’ylak ko’rish — kishiga ko’rk beradigan libos sifatida ikkilangan ramziy ma’noga ega: biri beqarorlik bo’lsa, ikkinchisi har…
Tushda ko‘lmakda, maysada yoki suv bo‘yida baqa (qurbaqa) ko‘rish – xushxabar, sabr-toqat, kamtarlik, unumdorlik va kutilmagan yaxshi yangiliklar…
Tushda kitob jarayonida bo‘lish – faollik, yaratuvchanlik, maqsadlar sari intilish va shaxsiy mehnat orqali o‘z hayotini yaxshilash ramzidir.…
Tushda biror qadrli buyum, kalit, hujjat yoki narsani yo‘qotib qo‘yib, uni astoydil qidirish – insonning diqqatini jamlash, hayotdagi…
Tush ta’birlarida kasalxona ko‘pincha insonning ruhiy holati, ichki kechinmalari va hayotidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ramz sifatida talqin qilinadi.…
Tushda qor ko’rish — hozircha hayotingizda haqiqiy baxtsizlik, masalan kasalliklar yoki ishdagi muammolar yo’qligidan. Agar tushda bo’ron bo’layotgan…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Raxmat uzimga kereli malumotni oldim
Gap yu