Yarating, o'rganing, bilib oling

Tushda tish tushishi ko’rish — ta’biri, mazmuni, tushda tish tushsa nima bo’ladi?

Tushda tish tushishi ko’rish — ta’biri, mazmuni, tushda tish tushsa nima bo’ladi?

Yer yuzida deyarli har bir kishi tush ko’radi: rangli, oq-qora, yoqimli yoki g’alati, ahmoqona yoki sirli. Ana shunday tushlarning biri tushda tish tushishi bo’lishi mumkin. Psixologiyada tushda kishini hayajonga, qo’rquvga soluvchi, xususan, tushda tish tushishini yoki yo’qligini ko’rish o’sha kishini ba’zi hodisalarga bo’lgan munosabatini o’zgartirishi yoki boshqa nazar bilan qarashiga undash uchundir.

Psixologik nazariyadan kelib chiqib yana shuni aytish mumkinki, tushda tish tushsa, bu yaqin kishilarni yo’qotishdan qo’rqishning aksi bo’lishi mumkin, bu ham jismoniy ma’noda, ham ularning qo’llab-quvvatlashi, mehri, muhabbatini yo’qotishni ham nazarda tutadi.

Tushda tish tushsa

Xalq orasida bunday tushlar quyidagicha talqin qilinadi: tushda tish tushishi yaqinlashib kelayotgan jiddiy halokatdan gapiradi. Agar tish tushganda qonasa — bu orzu siz bilan qondosh bo’lgan yaqin qarindoshning o’limini bildirishi mumkin. Agar tish qonamasdan tushgan bo’lsa, unda bunday tush oila a’zolaringizning kasallanishidan darak beradi.

Tushda tishning tushishi: Italiya tush ta’biri kitobi

Italiyancha tushlar kitobi tish tushishini hayotiy energiya, quvvat, ijobiy kayfiyatning yo’qotilishi bilan bog’laydi, faqat bitta nyuans — bu talqin bir vaqtda bir nechta tish tushganda o’rinlidir. Tishsiz tish qatori esa yaqin orada kasallanib qolish xavfi mavjudligidan darak beradi.

Tushda tish tushishi: Svetkov bo’yicha

Svetkov tush ta’biri kitobiga ko’ra, tish tushishi — muvaffaqqiyatsizlik, muhim ishda kutilgan natijaga erishmaslik, rejalarning tanazzulga uchrashi belgisidir.  Ammo, agar tushda tish tushishi qon oqishi bilan kechsa, bu qondosh bo’lgan kishining o’limi haqida gapiradi.

Agar tushda tish tushsa va bunda qon chiqmasa, bu yaqin kishilar bilan janjallashib qolish, ular bilan begonalashib ketish, oila a’zolaringizdan uzoq bo’ladigan joylarga ko’chib ketishdan darak.

XXI asr tush ta’biri kitobida tish tushishi haqida

Bunga ko’ra, tushda tish qimirlasa yoki tushsa, yaqin kelajakda ishlaringizda omad sizga kulib boqmasligidan gapiradi.

Tushda tish tushsa: Miller Bo’yicha

Millerning tushlar kitobi tushida tishi tushgan odamni og’ir vaqtlar kelishi, ishda, oilada qiyinchiliklar, uning aqliy va hatto jismoniy sog’lig’iga putur yetkazadigan ruhiy azoblar boshlanishidan ogohlantiradi.

Agar tushda tish sinishi yoki u urib tushirilishi ko’rilsa, bu do’st qiyofasida yashirinib yurgan dushmanlar mavjudligidan gapiradi, ular sizga ziyon yetkazish uchun shunchaki qulay vaqtni kutib yurishibdi. Agar tushda tushishidan oldin tish sinsa yoki yorilsa, bu sizning sog’lig’ingizga ziyon yetkazlishi yoki ishdagi og’ir yumushlar tufayli karyerangiz zarar ko’rishini anglatadi.

Barcha tishlarni tupurib tashlash — ushbu tushni ko’rgan odamning o’zi yoki uning yaqinlari yaqin orada jiddiy kasallanib qolishlari mumkinligidan. Tushda tishni olib tashlashdan keyin undan qolgan chuqurchani izlash — unchalik ham xush ko’rmagan kishingiz bilan yaqin orada uchrashishingiz mumkinligidan.

Bundan tashqari, Miller tush ta’biri kitobida tushida bitta tishni yo’qotish — bu noxush yangilik va yomon xabar eshitishdan deydi. Agar bir vaqtning o’zida bir nechta tishlar yo’qotilgan bo’lsa, hayotda «qora chiziq»qa tayyor turing, muvaffaqiyatsizliklar va yo’qotishlar sizni uzoq vaqt davomida ta’qib qiladi. Bunda barchasiga aybdor faqat o’zingiz bo’lasiz.

Tushda tishlar tushishi: Nostradamus bo’yicha

Nostradamus tush kitobida uyqudagi odam tish tushishini ko’rsa, uning hayotiy pozitysiyasi beqaror, unda ustunliklarning yo’qotilishi mumkinligi qayd etilgan. Bunday tush ko’rgan odam hayotiy maqsadlarini qayta ko’rib chiqishi kerak, aks holda energiya va kuchlari besamar ketishi mumkin.

Tushda tish tushishi ko’rsa: Chjou-Gun bo’yicha

Chjou-Gunning fikriga ko’ra, odamda tushda tish tushsa, bunday tush ko’rgan odamning ota-onasi bilan baxtsizlik ro’y berishi mumkinligidan. Agar tish tushsa-yu, so’ng joyida yangi tish chiqsa, bunday tushni yangil avlodlar kelishi, baxtli va sokin hayot deya talqin qilish mumkin.

42
Loading...

Qoldirilgan fikrlar

  • Ehhe bironta yaxshi manosi yogakanu buni. Shunaqa tush ancha oldin korganlar silar menga nimalar bolgani haqida yozvorilar iloji bolsa

  • Meni tushimda tishim tushibdi lekin u protez tishlar ekan,
    Lekin tagida ozimmi tishlarim turganmush.
    Bu qandey manoni bildiradi?
    Lekin tolliq malumot ololmadim?

  • Juda juda qòrqib qoldim nima bolar ekan deb
    .shunchLik omadsiz bolamanmi deb
    Balki unaqamasduree?? . Nima bólsayam yaxshilikka bòlsin. Endi uxlashga ham qòrqayapman.

    • Menda xam deyarli xuddi shunday bo’ldi tishlarim qo’limga to’kilib tushdi, soldirgan tishlarim xammasi tagida o’zimni tishlarimi bazilari turibti, bazilari orqasidan birga tushib ketyapti, juda qo’rqdim turibla, allohga omonat xar bir banda. Alloh bo’l desa albatta bo’ladi bo’lma desa bo’lmaydi, insha alloh albatta bir hayrli ishlar kelsin bu tushlar ortidan

  • Хаммаси яхшиликга Аллох ўзи билгувчи ўзи кўргувчи зот. Аллохдан хайирлии қилиб беришини сўрайман.

  • Tushkunlukka tushmaslik kerak hayirlisi bölsin oddiy tushdan fojea qidirmang tushlar har doim ham töğri chiqavermaydi. Odatda yuzaki uxlagan inson yani qattiq uxlamgan inson tush koradi shunday ekan hammasi ollohdan ollohdan hayrlisini sörang vatandoshlar?

    • Tushimda tishlarim birin ketin tusha boshlagandi qonagandi. Bettagi tabirlarni uqib uzmni yuqotib quyayapman nahotki shunde bulsa. Shuncha azoblarm yetmasmidiyaa.????

      • Opam sezgan boʻlsangiz manashu commentariyada koʻpchili 2019-yildan 2021-yilgacha oʻzini fikrini yozib qoldirgan, nmabalo hamma shu yillada tishi tushib qolishini tushida koʻrganmi? juda qiziqde. Ha mayli hammasi yaxshilikka boʻlsin, lekin buvim oʻlishlaridan oldin anashu tushlar kirudi?

  • Manam uqidim ozgina tushkunlikka tushurdi tugir bu narsani uzim amin buganman ayolim tushidi tishi tushganini kurgani ushanda akasi olamdan utdi tugrisi ishonmasdim lekin amin buganman man tushimda 3 dona tishim tushupti iyaa deb qaytib joyiga tiqib quyipman qayta maxkam tushupti joyida avvalom bor xammasi ALLOHdan taqdirdan qochib bumaydi

  • Islomda folbinlik bashorar qattiq qoralanadi. Alloh bilguvchi. Yomon tushga ham yaxshi tushga ham sadaqa kifoya qiladi. Sadaqa chiqaringizlar birodarlar

  • 2 kundan buyon tushimda tishim tushayabdi.xaqeqatdan xam boshlagan ishim uxshamayabdi.lekin bugun uxliymanda usha tishlarimni uzim joyiga quyaman ?xammasi ollohdan salomat bulingla yaxshilA

  • Meni ham tushimga wular tiw tokiliwi yana chiqdi yana chiqqan joyidagi tiw tokilarmiw lekin rosa qo’rqdim endi nma bolsa ham hudodan bir tuw sababli yomon narsalar bolmas

  • Hamma narsa avvalambor olloxdanu lekin tushlar ham ilohiy boladi menimcha. 2 kun oldin shunaqa tishim tushganini kordim kecha soppa sog’ yurgan bobom olamdan ôtib qoldi???

  • Ee buncha qorqinchli tushinda 1 donagina tishim tushdi shuni o’qidim va qo’rqa boshladim baribir Alloh aytgani bo’ladi iltimos faqat negativ emas pozetiv narsalayam yozila 100% kommentariy hammasi qorqqan yoki yana bir narsa tog’risi tepada bir kamment bor ekan ha huddi shunday bóldi deb shundan kegin battar qorqayapman

  • Men tushimda tishim tushmabdi, lekin tishim ga Qattiq nimadir kirib qogan ekan, ob tashasam qonab ketibdi. Bu nimani bildirarkin ?

  • Bu yerda rostanam faqqat negativ fikirla, man bu tuwni 3 yo 4 chi martta korishim hayotim davomida. Man buni tabirini yaqinlarimdan umumman boshqacha eshitgandim, ya’ni agar tiwlariz to’kilib qo’lizga tushsa bu yaqin orada qolga kiritiladigan katta daromad yoki omadni bildiradi diyishgandi. Mandayam huddi wunaqa kaftimga tola bb yegib turganimmi ko’raman har safar. Yaqinda lekin manam katta pul sarflab bir ish bowlagandim, Allohdan shuni hayirli qilishini va yaqinlarimni sog salomat bb yonimda qollab quvvatlab yurishligini duo qb qolaman

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.