Tushda kiyimsiz qolish – psixologik ma’nosi va ta’biri
Tushda o‘zini kiyimsiz yoki yetarlicha kiyinmagan holda ko‘rish – insonning himoyasizlik hissi, shaxsiy chegaralarining buzilishidan xavotiri va sirlarining…

Har bir inson uchun tushda o’lgan odamni ko’rish — ba’zan taskin beruvchi, ba’zan esa yoqimli bo’lmagan va hatto qo’rqinchli tush hisoblanadi. Uyg’ongach, bunday tushning ta’birini bilish ustuvor vazifa bo’ladi, chunki odamni daxshatli narsalar kutayotganidek tuyulaveradi. Biroq, xalq orasidagi noto’g’ri tushunchalarga qaramasdan, agar tushga o’lgan odam kirsa, sizni o’lim bilan bog’liq hech narsa kutmaydi. Ko’p narsa tushda boshdan kechirilgan hissiyotlar va aynan qay bir marhum kirganligiga bog’liq.
Tushda o’lgan odamdan biron narsa olsa, bu juda noxush oqibatlardan so’zlashi mumkin. Tushda o’lgan odamdan biron narsa bersa, bu moddiy farovonlik, ahvolning yaxshilanishi, baxtli hodisalardan darak. Tushda o’lgan inson boy bo’lsa, bu narigi dunyoda u bilan hammasi yaxshi ekanligidan.
Millerning so’zlariga ko’ra, tushda o’lgan odamni ko’rish — ogohlantirish belgisidir.
Tushda o’lgan kishi tirilsa, uninig ko’rinishi baxtli bo’lsa, bunday tushning talqini — siz kimningdir yaxshi bo’lmagan nazariga tushgansiz va iroda bilan u kishidan qutula olmasangiz, moddiy yo’qotishlarga tayyor bo’lishingiz kerak.
Tushda o’lgan odam bilan gaplashish, suhbatlashish — u sizdan yaqin kelajdakda ulkan baxtsizlikni oldini olishi mumkin bo’lgan va’dani kutmoqdaligidan darak.
Tushda tirik odam o’lsa, Vanganing tush ta’biri bo’yicha kasalliklar, ofatlardan ogohlantirish.
Ammo, agar o’lgan odam tushda tirik bo’lsa, u odam sizning do’stingiz bo’lsa, bilingki, u sizni nimadandir ogohlantirmoqda, buni bilish uchun uning so’zlari va xatti-harakatlari nimani anglatishi mumkinligini yaxshila o’ylab ko’rish kerak.
Ushbu tush ta’birlari kitob talqiniga ko’ra, tushda o’lgan odam ko’rish juda muhim masalalarni muhokama qilishni va’da qiladi. Ammo, tushga o’lgan qarindosh kirishi bu kitobda shunchaki uni sog’inish bilan tushuntiriladi.
Agar o’lgan qarindosh tushda tirik bo’lsa-yu, tobutda yotgan bo’lsa, bu umuman boshqa ma’nodir. Bu shuni anglatadiki, yaqin orada juda yaqin bo’lgan kishi bilan munosabatlar to’g’risida jiddiy gaplashib olish kerak bo’ladi. E’tiborli tomoni shundaki, bu noxush suhbatga e’tibor bermaslik jiddiy nizolarga olib keladi.
Agar o’lgan kishi tushda tirik, quvnoq va mamnun bo’lsa, dushmanlaringizning yomon rejalaridan qo’rqib, ehtiyotkorlik bilan qaror qabul qilish kerak bo’ladi.
Tushda marhum qarindosh yoki boshqa yaqin kishilarni tirik holda ko’rsa, bunday tushning ta’biri taqdir elchisi deya talqin qilinadi. Yaqinda hayotingiz keskin o’zgaradi, masalan, yangi ishqiy munosabatlarni yo’lga qo’yasiz yoki ishda kutilmagan taklif qabul qilasiz.
Agar tushga o’lgan eringiz kirsa va sizni uch marta o’psa, bu yaqinda siz yuragingizga yaqin odam bilan vidolashishingizdan darak.
Zigmund Freydning so’zlariga ko’ra, o’lgan odam tushga biron narsa to’g’risida ogohlantirish uchun kiradi. Unga diqqat bilan quloq solib, uning so’zlari va maslahatlarini e’tiborga olmoqlik kerak.
Agar tirik bo’lgan insonlar tushda o’lsa, ular bilan munosabatlaringiz qay darajada yaxshi ekanligini o’ylab ko’rishingiz kerak.
Eng baxtli hodisalardan darak beradigan tushlardan biri — marhumni tushida tiriklayin ko’rish va uni quchoqlash, bu uzoq umr va baxtli qarilikdan darak beradi.
Tushga o’lgan ota-ona kirsa, sizni allaqachondan buyon o’ylantirib va tashvishga solib kelayotgan yetarlicha murakkab va muhim savolga javob topasiz va osuda hayotni davom ettirasiz.
Ammo agar tushga o’lgan odam kirsa va kishi bunda qo’rqsa, uni yaqin kelajakda ulkan noxushliklar va sinovlar kutmoqda.
Ibn Siringa nisbat beriluvchi ta’bir manbalarida, marhum insonni tushda ko‘rish – haqiqat olamidan kelgan xabar sanaladi, chunki marhumlar haqiqat diyoridadirlar. Agar marhum xursand, ochiq yuzli va toza libosda ko‘rinsa – uning oxiratdagi maqomi xayrli ekaniga va tush ko‘ruvchiga yaxshilik kelishiga dalolat qiladi. Marhum biror yaxshi narsa bersa – kutilmagan rizq va baraka ramzidir.
Tushda o‘zini kiyimsiz yoki yetarlicha kiyinmagan holda ko‘rish – insonning himoyasizlik hissi, shaxsiy chegaralarining buzilishidan xavotiri va sirlarining…
Tushda rayhon ko‘rish – yer bilan bog‘liq baraka, sabr-toqatli mehnat, ro‘zg‘or mustahkamligi va amaliy hayotiy masalalarning hal bo‘lishini…
Tushda baland, purviqor tog‘larni ko‘rish yoki uning cho‘qqisi sari intilish – insonning ulug‘vor maqsadlari, sabot-matonati, ijtimoiy mavqei va…
Tushda qushdek uchish – erkinlik, yuksak maqsadlar, ruhiy ko‘tarinkilik va cheklovlardan xalos bo‘lishning yorqin ramzidir. Bunday tushlar ko‘pincha…
Ko‘pchilik odamlar yorqin va esda qolarli tushlar ko‘radi hamda uyg‘ongach, bu tushlar qandaydir muhim ma’noga ega ekanligi haqida…
Tushda shirinlik ko’rish — tush ko’rgan kishi hayotning quvonchlaridan zavqlanish, istaklariga, bayramlar, mukofotlar va vasvasalarga haddan ortiq xushomadgo’yligi…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Qabr toshi kursachi???
Tushumda o‘lgan dadamni orindigidan uygotib savol beribman nima savol berganimni anglolmadim
Men tushda o’zim o’lganimni ko’rdim. Va men juda yaqin insonim bilan birga menga tanish bo’lmagan ko’cha ko’yda juda hursand yuribmiz. Nimadan dalolat javob topa olmayapman.
Men tushimda o’lgan qoshnimni kordim u juda xursand edi va menga bita balzam berdi.keyin undan o’lgan edizku qanday qilib tirildz deb savol berdim u esa men o’lmagandim o’zimni o»lganga solgandim dedi.yaxshi inson edi joylari jannatda bo’lsin.kuni boyi eslolmagan tushimni hozir 23:20 da eslaganmdan afsusdaman qorquv bosyabdi bir amallab uhlab oleydaa???
Men tushimda o’lgan enamni tirik ko’ribman va quchoqlabman u yig’layotganmish dadangni chaqir otang bilan vidolashsin deb ammo otam birinchi o’lgan Astag’firillo deyapman ???
Quron tilovat qlish kere
Man onam ni kordm onam bir suz demayaotilar taahqarida hamma yiglayaoti onamga nmaga desamda onam indamayaptilar bu nmani belgisi
Assalomu alaykum hammaga. Man ham anchadan buyon yaqinda vafot etgan buvimni ko’raman tushimda. Gohida gaplashaman gohida quchoqlab yiglayman. Bugun tushimda buvim tirik ekanlar man bilan gaplashdilar lekin gaplari juda sekin edi, namoz vaqti bo’ldi onam namoz o’qish uchun tahorat olishga chiqdilar, man sog’liklaridan xavotir olib ammamni chaqirib kelishga chiqdim, qaytib kelsam onam vafot etgan ekanlar. Ularni jonsiz tanalarini ko’rdim yana qaytadan . Aniq nimaga ekanligini bilmayapman . Tushimni ta’birini bilganlar javob qoldiringlar.
bu onangizni umrlari uzoq boladi deganj bolsa kk
Assalomu aleykum mani tushimga dodajonim kriptila Allohga shukur hayotla lekin tushimda o‘tib qo‘ptila rasa yig‘lamman hayrlashish un yonlariga kirip tasbeh o‘girip tepalarida rasa yig‘lab o‘tirip kegin chqib ketimman. Uyg‘onsam ko‘zlarimam qizarip oyoq qo‘‘larim uvishib qo‘pti.
Men tushinda o‘lgan buvimnib ko‘rdin u juda bejo yurgan edi men ularni uyga bordim bprganimda man ularni ko‘rob qatiq quchoqlab oldim yig‘ladim meni kechiring deb keyin olma so‘radim olma berdi keyin rosa menga yoshligimni eslati .
Yur ketik tp‘yga boramiz de men buvimni prqasidan bprdim borganimda bir xonada chaqalpq ko‘rdim qp‘shnimni qozni chaqalogi edi u qp‘shnimni kelini ham o‘sha xonada edi