Tirnoq bo’yash usullari — tayyorgarlik, tavsiyalar, manikyur sirlari, layfxaklar
Uy sharoitida tirnoqlarni bo’yash va chiroyli manikyur qilish uchun sizga pilka, kutikula remuveri, apelsinli tayoqcha, mustahkamlovchi va rangli…

Pardoz yoxud makiyajni zamonaviy, chiroyli va tezkor qilish uchun noodatiy, oddiy va samarali usullar va sirlari bilan tanishing! Ushbu tavsiyalarga amal qilib bir qancha vaqtingizni tejaysiz va doimo ajoyib ko’rinishda bo’lasiz.
Oddiy qalam ingichka chiziq chizmoqdami? Uning uchini bir-ikki soniya olov ustida ushlab turing va u ajoyib podvodkaga aylanadi, bir tekisda yotadi va yorqin rangli bo’ladi!
Muhim: qizdirgandan keyin grifelni 10-15 soniya davomida sovushini kuting, aks holda teri kuyib qolishi mumkin.
Sevimli soyalaringiz tusi yorqinroq bo’lishi, soyalarning o’zi esa yaxshiroq yotishi va surilib ketmasligi uchun, dastlab qovoqlarga oq rangli layner surtish, shundan keyingina soya qo’llash lozim.
Ingichka layner va kalta shtrixlar bilan avval strelkaning chetlarini chizib olish kerak, shundan keyingina uning ichki qismi bo’yaladi.

Yuqoridagi usul o’ta murakkab ko’rinadigan bo’lsa, shunchaki choy qoshiq olib, qovoqlarga qo’ying va erkin chetlarini bo’yab chiqing. Strelkalar tayyor!

Ko’zning tashqi burchagida panjara (xeshteg) belgisini chizing va shimgich yoki aplikator bilan rastushyovka qiling.

Yana choy qoshiq oling: u qovoq terisini qoplab turadi va qo’llaringiz titrab ketsa, qovoqlarni qaytadan bo’yashga to’g’ri kelmaydi.

Bir tomchi sun’iy ko’z yosh yoki har qanday ko’z uchun tomchilar tushni normal konsistentsiyasiga qaytaradi va uning uzoqroq xizmat qilishiga hissa qo’shadi.
Agar kipriklarni bukish asbobi yordamida kipriklari yuqoriga qayiradigan bo’lsangiz, uni ishlatishdan oldin fen bilan ozroq qizdirib oling: kipriklar yaxshi bukiladi va uzoqroq shu holda saqlanadi.
Tush qo’llashdan oldin kiprik ildizlariga biroz upa surtish kipriklarning bir-biridan aniq ajralib turadigan, yoyiq kipirklar hosil bo’lishiga ko’maklashadi.

Agar soxta kipriklardan foydalanish istagida bo’lsangiz, uning asosiga yelimni soch uchun «nevidimka» yordamida surting: bu holda yelim paxtali tayoqcha yoki tish tozalagich bilan surtgandan ko’ra aniqroq yotadi.
Labga pomada surtgandan so’ng, ularga ingichka salfetka qo’yib (uni to’liq o’chib, faqat bir qavatli bo’lganidan foydalanish kerak), salfetka orqali lablarga biroz upa surting — faqat sponj bilan emas, mo’yqalamcha yordamida.

Oddiy dorixona vazelini + kukunsimon soyalar = istalgan rangli lab uchun yaltiroq (blesk)!

Yuqori labning o’rtasiga qalam bilan X harfini chizing, keyin uning tashqi chiziqlaridan chiqmasdan lab bo’yog’i surting. Lab chuqurchasi yanada sezilarli bo’ladi, lablar esa kattaroq bo’lib ko’rinadi.
Oddiy va samarali usul: pastki qovoqdan yonoq markaziga qarata uchburchak shaklida konsiler surting. Konturlash — bu juda oson!
Quloqning yuqori qismidan yonoqning eng bo’rtib turgan qismiga tegadigan qilib qalam qo’ying. Bu yog’upa (rumyana) surtish kerak bo’lgan chiziqdir.

Quyidagi namunaga amal qiling. U har qanday oval yuz uchun ideal variant hisoblanadi!

Spreyli termal suv va oddiy salfetka — kerak bo’ladigani shugina holos! Yuzingga suv sepib, salfetka bilan uni shimdirib oling va yana bir marta suv seping: mato ortiqcha yaltirashni bartaraf etadi va rangni, soyalar va yog’upani tekislaydi, so’nggi suv sepish esa teri sun’iy ko’rinadigan yaltiroqsiz qolmasligi uchun kerak.
Xaylayter quyidagicha surtiladi:

Qalam bilan ko‘z atrofini aylanasiga bo‘yash natijasida ko‘zlar kichrayib qoladi. Faqat yuqori qovoqning kiprik joylashgan chetini bo‘yash kerak. Pastki qovoqda esa faqat kiprik ostini ko‘z yarmigacha bo‘yang. Qalam chizig‘ini yaxshilab ishqalang va soya qo‘ying. “Strelka” chizmoqchi bo‘lsangiz, albatta ko‘zning tashqi burchagidan qosh uchlariga qarata chiziq torting.

Manba: cosmo.ru
Uy sharoitida tirnoqlarni bo’yash va chiroyli manikyur qilish uchun sizga pilka, kutikula remuveri, apelsinli tayoqcha, mustahkamlovchi va rangli…
Soch to‘kilishi muammosiga har qanday yoshdagi, har qanday jinsdagi kishilar duch kelishadi. Oxirgi 10 yil ichida soch to‘kilishi…
Ko’zingiz ostidagi doiralar tashvishantirmoqdami? Yuzingiz charchagan ko’rinadimi? Yuzingizni tiniq va silliq qilishni xohlaysizmi? Shunday bo’lsa, buning uchun uy…
Uy sharoitida sochni tim qora qilib bo’yash uchun nima qilish kerak? Bu savol ko’pchilik tomonidan berilishi mumkin. Oqargan…
Har kuni oddiy tugilgan yoki yoyilgan sochlar bilan yurib, soch turmaklari yoki «ukladka» qilish uchun go’zallik salonlariga borasizmi?…
Ideal teriga ega parvarishlangan ayol har qanday yoshda ham go’zal ko’rinadi. Ammo umr yillari, noto’g’ri hayot tarzi, stress,…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Assalomu aleykum kuygan terini qanday qilib oqartirsa boladi