Tushda tish tushishi ko’rish — ta’biri, mazmuni, tushda tish tushsa nima bo’ladi?
Yer yuzida deyarli har bir kishi tush ko‘radi: rangli, oq-qora, yoqimli yoki g‘alati, sirli yoki hayratlanarli. Ana shunday…

Tushda quyon ko’rish Svetkovning so’zlariga ko’ra xavf, unga ov qilish — tashvishlar, quyon go’shtini yeyish — kasallik, yugurib ketayotgan bo’lsa — omad kulib boqmasligi, ogoh bo’lish kerakligi deb qaraladi. Umuman olganda, aksariyat hollarda tushga bu jonivorning kirishi ijobiy ma’noga ega bo’ladi. Boshqa holatlarda esa u qanday ma’no anglatishini quyida bilib olishingiz mumkin.
Kishi tushda quyon ko’rsa — real hayotda oilasi ahvoliga nisbatan asossiz qo’rquvlar mavjudligidan darak. Bunga qisman unig rashkchi tabiati sababchidir. Shuni yodda tutingki, ishonchsizlik va rashk har qanday munosabatlarga zarar yetkazishi mumkin.
Tushda sizdan qochib ketayotgan quyonni ko’rish — siz sirli ravishda qimmatli narsalarni yo’qotishingiz mumkin degan ma’noni anglatadi. Uni tutib olsangiz, tanlovda g’olib chiqasiz. Agar quyonlar sizning sevimli hayvonlaringiz bo’lsa, siz ajoyib, ammo aqlli bo’lmagan do’stlar qurshovidasiz.
Tushda o’lgan quyon — do’stlardan birining kasal bo’lib qolishi yoki vafot etishini anglatadi. Agar quyonni itlar quvlab ketayotgan bo’lsa — yaqinlaringizning tortishuvlar va anglashilmovchiliklarga yo’liqishi demakdir, bunda faqat siz ularni yarashtira olasiz. Agar tushda quyonni otib qo’ysangiz — o’z haq-huquqingizni talab qilish uchun jiddiy choralar ko’rishga majbur bo’lasiz.
Ko’plab quyonlarni ko’rish — kundalik hayotdan yanada ko’proq qoniqish: siz oldingiga qaraganda ko’proq daromad ola boshlaysiz. Oq quyon — turmush qurganlar uchun ham, qurmaganlar uchun ham sadoqat va baxt ramzi hisoblanadi. Ular atrofingizda sakrab-sakrab yurgan bo’lsa — hayotingizda baxtli burilish sodir bo’lishini anglatadi, uvonch ustiga quvonch — farzandli bo’lishingiz ehtimoli ham mavjud.
Ibn Siringa nisbat beriluvchi ta’bir manbalarida, quyon – beozor, xushfe’l, ammo o‘ta ehtiyotkor inson yoki xonadondagi samimiy ayol timsoli sanaladi. Quyonni quchoqda tutish – oilaviy sokinlik, beg‘ubor quvonchlar va kutilmagan yaxshi yangiliklar timsolidir.
Yer yuzida deyarli har bir kishi tush ko‘radi: rangli, oq-qora, yoqimli yoki g‘alati, sirli yoki hayratlanarli. Ana shunday…
Tushda ko’ylak ko’rish — kishiga ko’rk beradigan libos sifatida ikkilangan ramziy ma’noga ega: biri beqarorlik bo’lsa, ikkinchisi har…
Tushda suvda yoki qirg‘oqda timsoh ko‘rish – insonning kundalik hayotida ehtiyotkorlikni oshirishi, yangi muhitda o‘zini xotirjam va hushyor…
Tushda laylak ko‘rish – yuksak orzular, intellektual erkinlik, chuqur hissiyotlar yoki nozik sezgilar olamiga ishoradir. Qushlar va suv…
Tushda kuchli sel oqimi yoki toshqin suvlarni ko‘rish – inson ichki dunyosidagi his-tuyg‘ularning shiddati, to‘satdan yopirilib kelgan muammolar…
Mundarija Yashirish 1. Tushda quyon ko'rish: Freyd bo'yicha 2. Millerning tush ta'birlari kitobi: Quyon 3. Tushda quyon ko'rsa…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.