Xotirani mustahkamlash — usullari, kuchaytirish, yaxshilash va rivojlantirish sirlari
Xotira – inson asab tizimining eng muhim funktsiyalaridan biridir. Xotirani mustahkamlash ko’pchilikni qiziqtiradigan savoldir. Uning buzilishida inson hayoti…

Har bir inson, jinsidan qat’iy nazar, husnbuzarlarni uy sharoitida davolash sirini bilishi kerak, ba’zan uni 1 kunda yo’qotish kerak bo’ladi. Chunki ko’pincha oldinda muhim uchrashuv yoki tadbir kutayotganda, bunday kutilmagan «mehmon» — husnbuzarlar toshadi. Ularni yo’q qilish uchun ko’maklashadigan ba’zi retsept va vositalar mavjud
Husnbuzarni yo’q qilish, ya’ni uni siqib chiqarish uchun, avval u qanaqa tipdaligini aniqlash kerak. Faqat yetilgan husnbuzarlarni siqish mumkin. Buni bilish uchun yallig’lanish atrofi yengil bosib ko’riladi, agar og’riq sezilsa, demak, hali vaqti emas. U yetilishini kutish kerak. Aks holda, kichik husnbuzar o’rniga yirik shish paydo bo’ladi, eng yomon holatda esa infektsiyaning tarqalib ketishi. Bunda uchrashuv ham, tadbir ham aniq qoldiriladi.
Agar husnbuzar yetilgan bo’lsa, paxta, kattalashtiruvchi ko’zgu, dezinfektsiyalash uchun etil spirti oling va yorug’lik yaxshi tushishini ta’minlang. Infektsiyalanish ehtimolini minumga tushirish uchun yallig’langan joyni spirt bilan arting, shuningdek, u bilan qo’llarga ham ishlov bering.
Husnbuzar markaziga qarata ehtiyotkorli bilan bosing, lekin terining atrof qismlariga o’tib ketmang. Yiringni itaruvchi kuch yog’ bezi kanalining pastki qismidan berilishi kerak. Shunda uning tubida yiring qoldiqlari qolmaydi. Barcha yiringi bir martada siqib chiqarishga harakat qiling, natijada takroriy manipulyatsiyalar bilan terini yana jarohatlash kerak bo’lmaydi. Jarohat ustiga spirt bilan ishlov bering.
Kerak bo’ladi: 1 osh qoshiq kefir, 1 osh qoshiq suli yormasi, ozgina limon.
Tayyorlanishi: kefir va oldindan blenderda maydalab olingan suli yormasini aralashtiring, bir tomchi limon sharbati qo’shing, tayyor aralashmani 20 daqiqaga yuzga surting. Muolajani bir oy davomida har kuni takrorlab turing.
Kerak bo’ladi: 2 choy qoshiq sifatli asal, bitta tuxum sarig’i, limon sharbati (bir necha tomchi).
Tayyorlanishi: barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiring, tayyor bo’lgach yuzga surting va 10 daqiqa davomida qoldiring. 3-5 ta muolaja yetarli bo’ladi.
Kerak bo’ladi: bir bo’lak xo’jalik sovuni, 1 choy qoshiq mayda tuz.
Tayyorlanishi: sovunni qirg’ichdan o’tkazib, biroz suv qo’shib ko’pirtiring. Hosil bo’lgan ko’pikni (1 osh qoshiq yetarli) tuz bilan aralashtirib, 30 daqiqaga qo’llang, keyin yuvib tashlang. Muolajani haftasiga uch marta bir oy davomida bajaring.
Husnbuzarlarga qarshi turli tindirmalardan losyon sifatida foydalanish mumkin: ular bilan muammoli terini kuniga 2 marta artish kerak.
Agar siz qo’lbola vositlardan niqoblar va turli tindirmalar tayyorlashga vaqtingiz yoki xohishingiz bo’lmasa, tayyor tibbiy preparatlarga — gellar va malhamlarga e’tibor qaratishingiz mumkin. Biroq dori-darmonlarni tanlashga mas’uliyat bilan yondashish kerak. Tarkibiga, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nojo’ya ta’sirlariga va qarshi ko’rsatmalariga e’tibor bering. Misol uchun, tarkibida antibiotiklar yoki gormonlar bo’lgan vositalarni o’z bilishcha ishlatish salomatlik bilan bog’liq qo’shimcha muammolarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ba’zi preparatlar terini o’ta quritib yuboradi va tarkibida spirt saqlaydi, bu esa teri holatiga ta’sir qilishning eng yaxshi usuli emas.
Lekin to’g’ri tanlangan vositaning ta’sirini birinchi foydalanishdan keyinoq ko’rish mumkin. Ba’zan, bunday dorilar nafaqat husnbuzardan qutulishga yordam beradi, balki uning izlarini bartaraf qiladi, yaralar bitishini tezlashtiradi va terini silliqlaydi. Bunda ham ixtisoslashgan mutaxassislar bilan maslahatlashishni va sog’likka putur yetkazmaslik uchun barcha belgilangan tahlillarni topshirish kerakligini unutmang.
Husnbuzar paydo bo‘lmasin desangiz, ovqatni shoshmasdan, yaxshilab chaynab, o‘z vaqtida (kuniga kamida 4 marta) yeyishga odatlanish kerak.
Uyquga yotish oldidan to‘yib ovqatlanish juda zararli. Husnbuzar ko‘p toshadigan kishilarga spirtli ichimlik, yangi uzilgan non, yaxshi hazm bo’lmaydigan taomlar, tuxum, yog‘li go‘shtlar, qazi va xamir ovqatlardan voz kechib, yog‘siz go‘sht, qatiq, suzma, tvorog, sabzavot, A vitamini, B guruhiga kiradigan vitaminlar, sabzi va qora non yeyish tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, badantarbiya va sport bilan shug‘ullanish, toza havo, oftob va suvdan to‘g‘ri foydalana bilish ham yaxshi natija beradi.
Xotira – inson asab tizimining eng muhim funktsiyalaridan biridir. Xotirani mustahkamlash ko’pchilikni qiziqtiradigan savoldir. Uning buzilishida inson hayoti…
Soqol nafaqat erkaklikni ifodalaydi, balki shaxs urfda bo’lgan tendentsiyalardan xabardor ekanligini ham anglatadi. Quyida uy sharoitida soqol chiqarish…
Semirish uchun nima qilish kerak? Ko’pchilik aynan shunday savolga beriladi. Aksariyat hollarda ularga «ko’proq ovqat iste’mol qilish kerak»…
Ozish sirlari talaygina, bunda asosan sog’likka zarar ko’rsatmasdan ozishga ko’proq e’tibor beriladi. Agar sizda ozish uchun aniq bir…
Qanday qilib qorinni yo’qotish mumkin? Jismoniy mashqlar va ovqatlanish tartibini o‘zgartirishga vaqt ham, asab ham, kuch ham bo‘lmasa,…
Sovuq kunlar kelishi bilan shamollash va gripp kabi kasalliklar avj ola boshlaydi. Immuniteti noziklar bir mavsumda 3-4 martagacha…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Yuzimda uncha kòp bòlmasa ham husnbuzar toshib turadi.Kòpincha oģiz atrofi burn uchlariga chiqadi shunga qanday maslahatlar berasiz
salom asalli niqob allergiya bermaydimi
Salom.Meni yuzimda husunbuzarlar juda kòpayib ketdi.Qanaqa maslahat beraszlar
yanada ko’proq va osonroq usullari yo’qmi
Mani yuzim rassa yogli qancha narsa qilsam ham ketmayapti nima qilsam boladi