Tushda gilos ko‘rishning ma’nosi va hayotiy talqini
Tushda gilos ko‘rish yoki iste’mol qilish – inson mehnati samarasini ko‘rish, moddiy to‘kinlik, salomatlikning mustahkamlanishi va hayotiy lazzatlardan…

Soch erkak uchun buyuklik va hayotiy go’zallik ramzi, ayollar uchun esa go’zallik, inoyat, jozibalik timsolidir. Biologik jihatdan salomatlik, kuch, jozibani bildiradi. Agar tushda soch kishining qomati bilan birga ko’rilgan bo’lsa — bu o’sha odamning ahamiyatli ekanligini anglatadi. Agar sochlar kir, bitlagan yoki tabiiy rangga ega bo’lmasa yoki yuzdan, tana, qomatdan alohida ko’rinsa — bu har doim to’xtagan salbiy psixologiya yoki bo’sh erotizmning ramzi hisoblanadi. Tushda soch kestirish, yo’qotish — o’ngda ham uzoq muddatli mehnat natijasida erishilgan narsani yo’qotishni anglatadi.
Soch qadimdan bizni ongimiz tomonidan odamning xarakterining aksi sifatida qabul qilingan. Qadimgi afsonalarda yumshoq, to’g’ri va qaysar bo’lmagan soch egalari yengil va moslashuvchan xarakterga ega, ammo jingalak va qaysar sochli kishilar ko’proq bezorilikka monand bo’ladi deyilgan. Tushda sochning turi o’zgaradigan bo’lsa, uning yangi turiga mos ravishda hayotda ham shunday o’zgarishlar yuz berishidan.
Tushda soch to’kilishi — o’ngda yaqinlaringizning kasallanib qolishiga duch kelishdan. Soch juda ko’p to’kilgan bo’lsa ayniqsa ehtiyot bo’lish kerak, bu kasallikning jiddiyligidan darak beradi.
Agar erkak kishi tushida tillarang sochli ayolni ko’rsa, demak u hayotida uning sevimli jufti uchun juda sodiq va sadoqatli bo’lishidan. Biroq, ayolning sochi qizg’ish rangli bo’lsa, juftingiz sizga sodiq emasligi va siz bu haqida yaqin kelajakda bilib olishingiz mumkinligini aytadi.
Agar tushingizda kir, chalkash va taralmagan soch ko’rsangiz, turmushingizda bir nechta ko’ngilsizliklar kutilmoqda. Ayol kishi sochlari oqarganini yoki xiralashganini ko’rsa, o’ngida, sevgilisining unga bo’lgan his-tuyg’ulari sovushidan.
Agar ayol tushida o’zining sochlarini yoyib tarayotgan bo’lsa, bu uning yuzaki o’ylab, xato qilishi mumkinligiga ishora. Agar yosh kishi tushida o’zining sochlari oqarib ketganini ko’rsa, u ogoh bo’lishi talab etiladi, aks holda moddiy ziyon ko’rishi mumkin. Agar sochda ham yorqin rangli, ham to’q rangli tolalar bo’lsa, bu kelajakda qiyin tanlov amalga oshirish kerakligidan darak, bunda dono kishilar bilan maslahatlashish to’g’ri yo’l bo’ladi. Tushda soch o’stirish — agar bunda sochlar toza bo’lsa, ishlar o’ngidan keladi, agar aksi bo’lsa, ishlar yurishmasligi kutilmoqda.
Ibn Siringa nisbat beriluvchi ta’bir manbalarida, qalin, chiroyli va parvarishlangan soch – uzoq umr, barakali boylik va jamiyatdagi viqor timsolidir. Sochni tartibga keltirish yoki tarash – dildagi chigal g‘amlarning yozilishi, qarz va ortiqcha tashvishlardan xalos bo‘lishga ishoradir.
Tushda gilos ko‘rish yoki iste’mol qilish – inson mehnati samarasini ko‘rish, moddiy to‘kinlik, salomatlikning mustahkamlanishi va hayotiy lazzatlardan…
Tushda chaqmoq chaqishi, momaqaldiroq guldurashi – inson hayotidagi kutilmagan voqealar, to‘satdan keladigan ilhom, yangi g‘oyalar va keskin burilishlarning…
Tushda rayhon ko‘rish – yer bilan bog‘liq baraka, sabr-toqatli mehnat, ro‘zg‘or mustahkamligi va amaliy hayotiy masalalarning hal bo‘lishini…
Tush ta’biri kitobida tushda to’y ko’rsa — qayg’u, o’lim; to’yda o’ynash, raqsga tushish — qarama-qarshi jins vakili bilan…
Tushda kimdir bilan urushish, janjallashish yoki qattiq bahslashish – insonning ichki qarama-qarshiliklari, to‘planib qolgan noroziligi va munosabatlardagi noaniqliklarning…
Tushda serhosil, gullab-yashnagan mevali bog‘ni ko‘rish – mehnatlarning shirin mevasi, barakali daromad, oilaviy xotirjamlik va farovon hayotning eng…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Assalomu aleykum tushimda sochimni kuk rangi sartarash xonaga borib buyatibman juda uzimga yoqpdi lekin onam nimaga buyading deb urisharkanlar iltimos shuning tabiri nima ?