Yarating, o'rganing, bilib oling

Tushda suv ko’rsa nimani anglatadi — toshqin, ko’rish, suzish, ichish ta’biri

Tushda suv ko’rsa nimani anglatadi — toshqin, ko’rish, suzish, ichish ta’biri

Tushda suv ko’rish Ayurveda tush kitobida tug’ilish belgisi sifatida talqin qilinadi, ammo suv qanday bo’lgani, qay holatda ko’rilganiga qarab, bunday tushning ma’nosi turlicha bo’lishi mumkin.

Tushda suv ko’rish — Loffning tushlar ta’biri bo’yicha

Suv insoniyat tarixida katta rol o’ynaydi. U chuqur ko’l, sayoz daryo yoki ulkan dengiz, ummon bo’lishidan qat’iy nazar, tiriklik uchun ham do’st, ham dushman hisoblanadi. Shu sababli, tushda suv ko’rish qanday kechishini bilib olish kerak. Suv to’lqinlanib, bu suv toshqini sizni qo’rquvga solmoqdami yoki siz suvda cho’kib ketib, kuchli qo’rquvni his etdingizmi? Bu uning «dushman qiyofasi» — o’ngingizda sizda muammolar kuzatilishi mumkinligiga tayyor turing. Tushda suv sizga orom bag’ishlagan bo’lsa, siz chanqog’ingizni qondirib suv ichgan bo’lsangiz, go’zal manzara qurshovida, sohilda dam olib yotgan bo’lsangiz, bu suvning «do’st» qiyofasidir, mos ravishda o’ngingizda ham sizni xushhabar va omad kulib boqishi kutmoqda.

Tushda suv ko’rsa nima bo’ladi: Nostradamus bo’yicha

Suv — hayot ramzi. Ulkan hajmdagi kristal toza suvni ko’rish — bu tush qulay ob-havodan darak bo’lib, qishloq xo’jaligi ishlariga katta foyda keltiradi. Tushda suv ichish va stakanning tubida pashsha borligini ko’rish — sud jarayoni, jamiyatning ertangi kunga bo’lgan ishonchini o’zgartiradigan og’irlik va qiyinchiliklarni anglatadi. Suvning jo’shqin otilib chiqayotganini ko’rish — yangi ilm yoki fanning tug’ilishidan, kashfiyot va tadqiqotlar uchun qulay davr ekanligidan darak. Qon aralash bo’lgan suv ko’rish — buyuk inson tug’ilishi belgisi.
Tushda qon ko’rish ta’biri haqida→

Tush ta’biri: suv ko’rish — Miller bo’yicha

  • Tushda toza suvni ko’rish — farovonlik va baxtli istiqboliga erishish belgisi.
  • Suv loyqa, xira bo’lsa, siz xavf ostida qolasiz va xursandchilik qayg’uga aylanadi.
  • Agar tushda uyni suv bossa va uning sathi ko’tarilayotgan bo’lsa — siz yovuzlikka qarshi kurashasiz, unga qarshilik ko’rsatasiz, lekin suv ostida cho’kib o’lish — taslim bo’lishingizni anglatadi.
  • Agar siz nam yerda yurib ketayotgan bo’lsangiz va oyoqlaringiz ho’l bo’lib qolganini his qilsangiz, bu tush kasalliklar va qashshoqlik haqida gapiradi, lekin siz ogoh bo’lsangiz, buni oldini olishingiz mumkin.
  • Xuddi shu talqin kemaning ichini loyqa suv bosishi uchun ham o’rinlidir.
  • Loyqa suvga tushib ketish — bu sizni juda ko’p achchiq xatolarga yo’l qo’yishingiz va bundan kuchli afsuslanishingizni bildiradi.
  • Tushda loyqa suv ichish — kasallik elchisidir, ammo toza va shaffof suv ichish eng jasoratli umidlarning ham ijobiy yakunlanishi belgisidir.
  • Suvda sport bilan shug’ullanish (suzish) — sevgi va ehtirosning to’satdan uyg’onishi demakdir.
  • Agar tushda kishi boshiga suv sachrasa — baxtli yakun topadigan sevgi in’omini uyg’otadi.

Suv ko’rish tabiri haqida: Svetkov bo’yicha

  • Toza, salqin ichimlik suvini ichish — baxt, salomatlikka;
  • Loyqa, iliq suv ichsa — kasallikka;
  • Loyqa suv kechib yurish — sodir bo’lgan baxtsizlik yaxshilikka ekanligidan;
  • Suvga batamom sho’ng’ish, tushish — shaxsiy hayotda muammoga duch kelish;
  • Bosh bilan sho’ng’ish — xavfdan qochib qutilib qolish;
  • Suv ostida ho’l bo’lish (masalan yomg’ir yog’ishi tufayli) — munosabatlarda uyatda qolish, xiyonat va shaxsiy hayotdagi rejalarning vayron bo’lishi;
  • Suvda yuvinish, cho’milish — quvonch, ozodlikka;
  • Suv quyish — sharmandalikka, xatolarga;
  • Sug’orish — yo’qotishga;
  • Sharsharaga qarash — dahshatli uchrashuv;
  • Boshiga suv sepilsa — kutilmagan ehtiros;
  • Tushda suv tortib olish — qayg’u va uqubat;
  • Daryodan suv olish — kimdandir pul olish, quduqdan suv tortish — baxtsizlikka;
  • Iliq suv ichish — qayg’u, kasallikka;
  • Suv tubida biron narsa ko’rish — o’tmishning aksi;
  • Suvdan biron narsa suzib chiqsa munosabatlar yoki og’ir kunlarning qayta boshlanishi, o’tmishda qilgan ishlardan afsuslanish;
  • Devordan suv sizib chiqishi — er tomonidan yoki oiladagi muammolar;
  • Quvurladan suv oqishi — tuhmatga qolish;
  • Pol ostidan suv toshib chiqayotgan bo’lsa — dushmanlar tomonidan zarar yetkazilishi yoki do’stlarning sotqinligi;
  • Tomdan suv oqayotgan bo’lsa — rahbariyatdan dakki eshitish.
  • Kishi tushda suvda suzsa — hozirda sevib qolganlik hissini boshdan kechirayotganligi va shu sababli o’z burchi va ishlari haqida unutib qo’yayotganidan darak. Shuning uchuu tushda suzish kishini sergak torttirishi kerak.

Tush ta’biri: suv toshqini qanchalik g’alati eshitilmasin, yaxshi ishlarga, boshlangan ishlarning omadlik yakunlanishiga hisoblanadi.

Tushga suv kirishi ta’biri: Vanganing tush kitobida

Suv — o’zgarish, qarama-qarshiliklarning yechim topishi, evolyutsiya, yangilanish, gunohlarning yuvilishi va unutish ramzidir. Tushda toza sovuq suv ichish — atrofingizdagi olam yangilanadi va siz ham bu jarayonga jalb etilasiz. Agar ustingizdan suv quyilayotgan bo’lsa, bu siz tomonga keladigan kosmik ta’sir to’lqining alomati bo’lib, unga qarshilik qilish bema’nodir. Agar siz koinot bilan uyg’unlasha olsangiz, unda siz ajoyib inson bo’lib, butun dunyoga mashhur bo’lasiz.

Tushda loyqa suvga qarash — muammo, odamlar bilan bo’lgan munosabatlarning murakkablashuvi belgisi. Yaxshi va sabr-toqatli bo’ling, aks holda boshqalarda shaxsingizga noloyiq taassurotlar hosil qilasiz. Tushda suv toshsa va uyni suvga to’ldirsa — juda ko’plab xabarlar eshitish, ularning biri kishini o’ziga va boshqalarga bo’lgan munosabatini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkinligidan.

Tushda suvda cho’kib ketish — o’ngda voqealarning qonuniyat bo’yicha ketayotgan rivojiga qarshi turish, buning natijasida sog’liqqa putur yetishi mumkin. Suv yuzasida to’lqinsimon aylanalarni ko’rish — yaqinda kutilayotgan o’zgarishlarni qiyinchilik bilan qabul qilasiz, ammo unga dosh bera olgach, shon-sharafga erishasiz. Tushda ko’lmak ko’rish ta’biri — agar undagi suv toza bo’lsa daromadga, loyqa bo’lsa xiyonatgadir.

Tushda suv ichish: Svetkov bo’yicha

Suv ichishni xohlash, chanqagan bo’lish — tashvishlar. Toza suv ichish — ishlarning yurishib ketishi, loya suv ichish esa kasallikkadir.

35
Loading...

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.