Tushda sut ko’rish — uni ichish, sog’ish, to’kish va boshqalar ta’biri
Tushda sut ichish — fermerlar va dehqonlar uchun yaxshi hosil olish va uyda to’kin-sochinlik bo’lishi deya talqin qilinadi.…

Tushda qon ko’rish kamdan-kam holatlarda ijobiy ramzni anglatadi, ehtimol, gohida kimdandir g’azablanish bilan bog’liq holatlardan tashqari hollarda. Bu holatda, dushmanning qoni to’kilishi tushga kirishi sizning to’liq g’alabangiz belgisidir. Ammo ko’pincha qon yo’qotish, holsizlik, shikastlanish yoki keskin o‘zgarishlar va eski bosqichning yakunlanishi ramzidir. Yo’qotish jismoniy va hissiy, moliyaviy, ya’ni ahamiyatli resurslarning yo’qotilishi bo’lishi mumkin.
Qonning yana bir ma’nosi bor — bu hayot manbai. Bu ma’noda, u boshqa odam bilan birdamlik timsolidir — hind madaniyati «qon birodarligi» dan ilhom olgan obraz.
Qon qurbonlikni ramzi ham bo’lishi qilishi mumkin — masalan so’yish uchun berilgan qo’zichoq. Bundan tashqari, qon okkultizmga qaram bo’lgan insonlar uchun chuqur ma’noga ega. Bunday tushlarda qon ko’pincha ichiladi, u bilan bo’yaladi yoki chiziladi. Ko’p diniy adabiyotlarda bunday hodisalarga tez-tez keltirib o’tiladi va havolalar beriladi.
Tushga qon kirishida ba’zi narsalarni oydinlashtirish kerak:
Tushda qonga belgangan kiyimlarni ko’rish, sizning oldingizda turgan muvaffaqiyatli martabaga erishishingizga to’sqinlik qilishga intilayotgan dushmanlar haqida gapiradi. Bunday tush ko’rgan har bir kishi g’alati yangi do’stlar orttirishdan ehtiyot bo’lishi kerak.
Yaradan qon ketishini ko’rish — jismoniy nosog’lomlik yoki kelgusida omadsiz shartnomalar tufayli ishlarda muvaffaqqiyatsizlikni anglatadi. Qo’llarda qon ko’rish — agar o’zingiz va ishingiz haqida darhol qayg’urmasangiz, omadsizlik, ishlarning yurishmasligi demakdir.
Tushda odam qon qussa, bu salomatlik bilan bog’liq muammolar belgisidir, agar boshqa odam qon qayt qilsa yoki tupursa, bu uning adolatsiz ish tutganini anglatadi.
Tushda burundan qon kelsa — bu yo’qotish alomatidir.
Tushda qon siysa — kichik yoqimsizliklar kutilishi mumkinligidan.
Qizil qon — hursandchilik; quyqa bo’lib qolgan qon — kasallik; jangda to’kilgan qon — asossiz shoshqaloqlik oqibatida noxushliklar; qon ichish — yaxshi umid; yerga oqayotgan qon — baxt; qonda suzish — katta hayratlar; hayvonlarning qoni — ishlaringiz amalga oshishi; boshqalarda qon ko’rish — oiladagi kasallik.
Tush tab’iri kitobida qon qardoshlik aloqalari, qasos, nizolar bilan bog’liq.
Yaradan qonni to’xtatishga urinayotgan tushingiz o’lgan yaqin kishilarni qumsayotganingizni anglatadi.
Odam tushida o’z kiyimda qon ko’rganligi, bu uning yaqinlari harakati obro’sini xavf ostiga qo’yishi mumkinligi alomatidir.
Tushda siz o’zingizni himoya qildingiz va dushmaningizga juda qattiq zarb berib, uning jarohatidan chiqqan qon sizga sachradi — bu yaqin kishilaringiz orasidagi nizolarga aralashish siz uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini anglatadi.
Siz tushda daryodan sovuq va mazali suv ichmoqdasiz. Lekin to’satdan daryoning suvlari rangi to’qlashib, ko’zlaringiz oldida quyuq qonga aylandi. Sizning qo’llaringiz, og’zingiz va kiyimlaringiz bu qonda ekanini payqaysiz. Bu tush bir ogohlantirishdir.
Agar tushingizda o’zingizda qon ko’rgan bo’lsangiz — yaqin kelajakda qarindoshlaringizdan xabar eshitasiz.
Tushda o’zidan qon oqishini ko’rish — vaqtinchalik yolg’izlik va qayg’u.
Tushda birovning qonini to’kish, siz uchun juda muhim bir muammoni hal qilishda beparvo bo’lishdir. Bunda tashabbusni o’z qo’llaringizga olishingiz kerak.
Tushda yaqin odamdan qon oqayotganini ko’rish — egoizm tufayli yaqinlaringiz bilan munosabatlaringiz buzilishini anglatadi.
Qon bo’lib yotgan yerni tushga kirishi — og’ir sinovlar, to’qnashuvlar va insoniy qurbonliklardan gapiradi.
Ibn Siringa nisbat beriluvchi ta’bir manbalarida, qon ko‘rish – nojo‘ya yo‘l bilan keladigan daromad, behuda sarf-xarajat yoki qalbiy iztiroblar ramzi deb qaraladi. Badandan yoki burundan qon oqishi va to‘xtashi – kishining o‘zini qiynab kelgan og‘ir tashvish, dard yoki qarzlardan forig‘ bo‘lib, yengillik topishiga dalolat qiladi. Qon kiyimga tegmasa, kishi o‘z sha’nini tuhmatlardan sof saqlay olishini bildiradi.
Tushda sut ichish — fermerlar va dehqonlar uchun yaxshi hosil olish va uyda to’kin-sochinlik bo’lishi deya talqin qilinadi.…
Tushda yerning tebranishi, zilzila ro‘y berishi – hayotiy o‘zgarishlar, kutilmagan yangiliklar, eski odatlarning o‘zgarishi va ichki beqarorlikning ramziy…
O’rik o’z-o’zini changlatadigan o’simlik bo’lgani uchun u androginlik yoki In-yan bog’lanmasini anglatadi. Xitoy an’analarida bu o’lim yoki uyatchanlik…
Tushda oq ot minish — bu ajoyib belgi. Bu birinchi navbatda do’stona rishtalarning mustahkamligi va do’stlar bilan uchrashish…
Har bir inson uchun tushda o’lgan odamni ko’rish — ba’zan taskin beruvchi, ba’zan esa yoqimli bo’lmagan va hatto…
Tovuq — o’troq parranda, ko’plab tuxum qo’yishi va uzluksiz ancha vaqt ovoz chiqarish qobiliyati bilan taniqli. Tushda ko’rilgan…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.