Tushda soch ko’rsa — to’kilishi, kesish, oqarishi, soch oldirish ko’rish ta’biri
Soch erkak uchun buyuklik va hayotiy go’zallik ramzi, ayollar uchun esa go’zallik, inoyat, jozibalik timsolidir. Biologik jihatdan salomatlik, kuch,…

Tush ta’biri kitobida tushda to’y ko’rsa — qayg’u, o’lim; to’yda o’ynash, raqsga tushish — qarama-qarshi jins vakili bilan muammolar yuzaga kelishi; mehmonlar bilan muloqot qilish — ishlar chalkashib ketishi deya talqin qilinadi.
Tushda boshqa odamning to’yiga borsa, yaxshi yangilik eshitishga tayyor turish kerak, garchi bu siz bilan bevosita bog’liq bo’lmasa-da, sizga ham tegishli bo’ladi. Agar odam o’z to’yini ko’rsa, bu kutilmagan hodisalar yuz berishi kutilishidan darak, unga nisbatan tushunuvchan munosabatda bo’lish va u nimani anglatishini yaxshilab o’ylab ko’rish kerak.
Tushda to’yda bo’lish — to’y ishtirokchilari uchun qayg’u yoki muammo; tushni ko’rgan kishi uchun — kasallik; do’stlar, tanishlar to’yiga borish — sherikchilik asosidagi ishlar (kelinning ko’rinishi qanday bo’lsa — ishlar ham shunday bo’ladi).
Svetkov bo’yicha
To’ydagi kuyov — tashvishlar, ishlarni muddatida yakunlay olmaslik, to’siqlarni bildiradi; to’yda kuyovning kulishi — aldanish belgisidir.
Freyd bo’yicha
Tushga kuyov kirishi (kimningdir kuyovi emas, balki abstrakt, kostyum va an’anaviy guldasta bilan) sizning shaxsiy hayotingizda o’zgarishlar yuz berishini va’da qiladi. Siz yoki yangi tanishlar orttirasiz, yoki oilaviy holatingizni o’zgartirasiz — turmush qurmaganlar turmush qurishadi.
To’yda kelinsiz kuyov — intim hayotda muammolar mavjudligidan. Agar to’yda ham kelin, ham kuyov bo’lsa, demak intim hayotda hammasi havas qilgudek.
Ayurveda talqini bo’yicha tushda kuyov ko’rish
Bunday tush baxtsizlik elchishidir. U qayg’u va umidsizlikni bashorat qiladi. Yaqin kishini yo’qotish mumkin.
Kelin — kutish belgisi; erkaklar uchun ishlarda umid; tushda kelin bo’lish — daromadga.
Xotin-qizlar uchun tushda o’zining sevimli insonining kelini bo’lish shaxsiy munosabatlarda tez orada o’zgarish ro’y berishidan. Ehtimol, bu uzoq muddat gaplashmayotgan odam bilan yarashishni anglatishi mumkin.
Agar erkak o’zining yaxshi ko’rganini yoki hatto xotinini kelin obrazida ko’rsa, bunday tush hozirgi vaqtda u o’z erkaklik kuchlariga ishonchi komil emasligidan gapiradi, unga tez orada barcha narsa muvaffaqqiyatsizlikka uchrashidek tuyuladi. Tushida esa erkak muvaffaqqiyat kafolatlangan vaqtga qaytishga harakat qiladi.
Agar yosh ayol tushida o’zini kelin ekanligini ko’rsa — bu unga juda yoqadigan meros olishini bildiradi. Ammo bu talqin faqatgina ayol to’y libosi — oppoq ko’ylak kiyganidan xursand bo’lsagina o’rinli. Agar u o’zini kelin ko’ylagida noqulay his etsa va bundan xursand bo’lmasa, uning o’z bog’liqliklaridan ko’ngli qoladi.
Tushda kelinni o’pish — do’stlarning baxtli yarashuvidir. Agar tushda kelin boshqalarni o’payotgan bo’lsa, bu sizga ko’plab do’stlar va zavqli lahzalarni va’da qiladi.
Agar tushda to’y vaqti kelin sizni o’psa, bu sizni salomatligingiz ajoyib darajada bo’lishidan darak. Kelinni o’pish va uni charchagan va xafa ekanligini ko’rish — sizga muvaffaqqiyatlarning zavqi va do’stlarning qo’llab-quvvatlashi yetishmayotgani belgisi.
Agar to’ydan oldin qiz bo’lajak turmush o’rtog’iga befarq ekanligini ko’rsa, bu uning yangi hayotining dastlabki kunlarini buzadigan ko’plab noxush vaziyatlarga duch kelishidan gapiradi.
Ibn Siringa nisbat beriluvchi ta’bir manbalarida, to‘y va marosim – agar u sokin, fayzli va shukrona kayfiyatida o‘tsa, xonadonga quvonch, ezgu yangiliklar va jamiyatda e’tibor topish timsolidir. Biroq to‘yda haddan ortiq faryod va shovqin bo‘lishi – insonni ehtiyotkorlikka, o‘rinsiz xarajatlardan tiyilishga va qadriyatlarni asrashga undaydi.
Soch erkak uchun buyuklik va hayotiy go’zallik ramzi, ayollar uchun esa go’zallik, inoyat, jozibalik timsolidir. Biologik jihatdan salomatlik, kuch,…
Tush ta’birlarida kasalxona ko‘pincha insonning ruhiy holati, ichki kechinmalari va hayotidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ramz sifatida talqin qilinadi.…
Tushda qora bulutlar hodisasini kuzatish – inson ruhiyatidagi o‘zgarishlar, tabiat kuchlarining ichki hissiyotlar bilan uyg‘unlashuvi va hayotiy jarayonlarning…
Tushda suvda yoki qirg‘oqda timsoh ko‘rish – insonning kundalik hayotida ehtiyotkorlikni oshirishi, yangi muhitda o‘zini xotirjam va hushyor…
Tushda unashtiruv fotiha marosimi yoki tadbirida ishtirok etish – insonning jamiyat bilan ma’naviy bog‘liqligi, axloqiy qadriyatlar, an’analarga hurmat…
Tushda ayol ko’rish — tush ko’ruvchi bilan nima sodir bo’lishi mumkinligini anglatadigan ma’noga ega. Bunda ayol bilan birgalikda…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.