Yarating, o'rganing, bilib oling

Kubik rubik terishni o’rganish — formulasi, yig’ish algoritmi +rasmlar, sirlari

Kubik rubik terishni o’rganish — formulasi, yig’ish algoritmi +rasmlar, sirlari

Kubik rubikni terishni o’rganish istagida bo’lganlar uchun terish sxemasi va sirlari. 3×3 kubik uchun instruktsiya 7 bosqichdan iborat bo’lib, uni to’liq tushunib olish uchun 45-60 daqiqa yetarli bo’ladi. Demak, boshladik.

3x3 kubik rubik terishni o'rganish

Diqqat qiling! Sizning kubik rubigingiz qismlarga bo’linib, qayta terishda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lishi mumkin. Bunday holatda quyidagi formula bo’yocha kubikni tera olmaysiz. Agar terishni uddasidan chiqa olmasangiz, dastavval uni qismlarga bo’lib, qo’l yordamida ranglarini to’g’ri qilib terib olish tavsiya etiladi.

Tayyorgarlik ko’rish bosqichi. Asosiy tushunchalar

Maqolada har bir qadam rasmlar bilan tushuntirilganligi bois, sahifani to’liq ko’rish uchun qurilmangiz ekrani kichiklik qilishi mumkin. Har bir jadvallarni to’liq ko’rish uchun uni chap tomonga tortish kerak.

Birinchi bo’lib Rubik kubigining tuzilishi bilan tanishib olish kerak. Uni muvaffaqqiyatli terish uchun u qanday tuzilganligi, nimadan tashkil topganligi, qay tarzda aylanishi va uning alohida qismlari qanday nomlanishini bilish muhim. Demak, kubikning elementlari:

markazlari Qovurg'alar burchaklar karkas
Kubikning markazlari — 6 dona. Har biri alohida ranglarda. Markazlar bir-biriga nisbatan harakatlanmaydi. Kubikning o’rtaliqlari — 12 dona. Qovurg’a elementlarning har biri ikkitadan rangga ega. Burchaklari — 8 dona. Burchak elementlari 3 xildagi rangli tomonlarni o’zida mujassam etadi. Karkasi — kubik markazlari karkasga mahkam qilib qotirilgan va bir joydan siljimaydi.

Kubikning chetlari (yon tomoni) — 9 element bo’lib, ular bir vaqtning o’zida birga aylantirish mumkin. Har bir tomon uning inglizcha nomlanishidan kelib chiqib belgilanadi.

Up. Kubikning tepa tomoni Left. Chap tomon Front. Yuzaki tomon Right. O'ng tomon
U — Up. Yuqori tomoni. D — Down, pastki tomoni. L — Left. Kubikning chap tomondagi joylashgan 9 elementi. F — Front. Kubikni yuzaki tomonida joylashgan 9 element. R — Right. Kubikning o’ng tomonidagi 9 element.

Burishlarni belgilash. Barcha burilishlar soat yo’nalishi yoki unga qarshi yo’nalish bo’yicha 90° ga burishni nazarda tutadi.

O'ng va chap tomonlariin burish Yuqori va pastini burish Yuzaki tomonini burish Soat millariga qarshi burish
L — kubikning chap tomonini soat millari bo’ylab 90 gradusga burish.
R — huddi shu tarzda o’ng tomonni burish.
U — yuqori tomonni soat millari yo’nalishida 90 gradusga burish.
D — shu tarzda pastki tomonini burish.
F — yuzaki tomonini soat millari yo’nalishida 90 gradusga burish. — shtrix kubik tomonini soat millarga qarshi yo’nalishda burish kerakligini anglatadi.

Tavsiya. Kubikni qo’lga olgach, burilayotgan tomonini yuzingizga qaratib olish orqali uni qaysi tarafga — soat yo’nalishi bo’yichami yoki qarshiligini tushunib olish oson bo’ladi. Quyida formulalarda R2, L2, F2 kabi yozuvlarni ko’rish mumkin, bu o’sha tomonni 2 marta burish kerak degani, ya’ni 180 gradusga.

Kubik rubikni terish

Birinchi formula «To’rtlik» deb nomlanadi.

To'rtlik kombinatsiyasi Burchakni pastga tushirish Burchakni yuqoriga chiqarish Burchak rangini o'zaro almashtirish
Qizil-ko’k-sariq rangli bo’lgan burchakni toping. Kubikni shunday ushlangki, shu tomon rasmdagidek yuqori o’ng tomonda bo’lsin. Markaziga ham e’tibor bering. U sizga yuzlanib turishi kerak (hozirgi holatda u sariq rangli, sizda boshqa rang bo’lishi mumkin, uni eslab qoling). R’ D’ R D
Ushbu kombinatsiyani bajaring va natijaga qarang. Yuqoridagi burchak pastga tushdi. Sariq (ushbu namunada) rangli markaz hali ham bizga yuzlanib turibdi. Kubikni aynan shu tarzda saqlang.
R’ D’ R D
ushbu kombinatsiyani yana bir marta takrorlang va natijaga qarang. Endi o’sha burchak yuqoriga chiqdi, biroq uning ranglari joylashuvi almashdi.
Xulosa: burchak tepa-pastga chiqib tusha oladi va ranglarini joylashuvi almashadi. Agar ushbu kombinatsiyani yana 4 marta bajarsangiz, burchak o’zining dastlabki holatiga qaytadi.

1-bosqich

Kubik rubikni yig’ish birinchi qavatni terib olishdan boshlanadi. Buning uchun markazi sariq rang bo’lgan tomonga o’rtaliqlar keltirilib, ‘+‘ shaklida qilib terib olinadi. E’tibor bering, o’rtaliqda ikkita rang bo’ladi, uning biri sariq rangga to’g’ri kelsa, ikkinchisi boshqa tomondagi markazning rangi bilan to’g’ri kelishi kerak (1-rasmda ko’k va qizilga to’g’ri kelgani kabi).

+ terish1-rasm +, 1 bosqich2-rasm Kerakli o'rtaliqni olib kelish3-rasm markaz bilan birlashtirish4-rasm
Rasmga e’tibor bering. Qovurg’aning birinchi tomoni sariqqa mos kelsa, ikkinchi tomoni qizil bo’lganda, qizil rangli markazga mos keladi. Dastlab Sariq-Ko’k rangli o’rtaliqdan boshlaymiz. Avvalo uni kubikdagi joylashuvini topib olamiz. Kubikni sariq markazi yuqoriga, ko’k ranglisi bizga qarab turgan qilib ushlaymiz. Birinchi qadam — o’rtaliqni bizga kerakli bo’lgan tomon — pastga tushirib olish. Bizning holatda buning uchun R qilish kifoya. Ikkinchi qadam — pastda joylashgan o’rtaliqni ko’k rangli markaz bilan birlashtirish. Bizning holatda bu D’.
Burchakni yuqoriga chiqarish5-rasm "Chap" o'rtaliqni tuzatish6-rasm Keyingilarini terish7-rasm Muammo yuzaga kelganda formula8-rasm
Uchinchi qadam — o’rtaliqni kerakli joyga ko’tarish. Buning uchun F2 qilish kerak. Ana endi o’rtaliq o’z joyiga keldi. Ammo… Mana bunday holat ham yuz berishi mumkin edi. Bu holda o’rtaliq «teskari» turipti. Uni tuzatish uchun F U’ R U qilish kerak. Endi kubikni keyingi (qizil) yuza tomonini o’zimizga qaratamiz. Sariq markaz yuqorida. Qizil-sariq rangli o’rtaliqni teramiz. Hammasi oldingidek qadamlar bilan amalga oshiriladi. Keyin sariq-yashil va sariq-to’q sariq. Bir nechta o’rtaliqlar o’z joyiga keltirilganidan so’ng, navbatdagi o’rtaliqni pastga tushirish oqibatida yuqorida turganini buzib yuborish mumkindek tuyuladi. R’ D’ R kombinatsiyasi qilinsa, o’ng tomondagi yuqori sariq o’rtaliq yana o’z joyiga qaytadi.

2-bosqich

Endi yuqoridagi burchaklarni o’z joyiga qo’yish kerak bo’ladi. Bunda ham burchakning ranglari e’tiborga olinadi. Misol uchun, sariq-ko’k-qizil rangli burchak bir tomon markazi qizil, bir tomon markazi ko’k bo’lgan joyga keltirilishi kerak. Tartib quyidagicha:

Ikkinchi bosqich natijasi9-rasm 10-rasm 11-rasm 12-rasm
Ushbu bosqichda erishish kerak bo’lgan natija. Yuqori qismning barcha burchaklari va o’rtaliqlari o’z joyida. Qizil-ko’k-sariq burchakdan boshlaymiz. Sariq rangli markazni yuqori tomonda qilib ushlagan holda kerakli burchakni qidiramiz. Birinchi variant — u pastda joylashgan. Ikkinchi variant — u yuqorida. Kubikni bizga kerakli burchak o’ng tomon yuqorida joylashadigan qilib olamiz. Burchakni bizga tanish bo’lgan formula — R’ D’ R D qilib pastga tushiramiz. Izlanayotgan burchak o’z joyiga kelguncha kubikning pastki tomonini aylantiramiz. Pastga kelgach, u o’z joyiga chiqquncha 1 martadan 5 martagacha R’ D’ R D qilamiz. Shu tarzda qolgan burchaklarni yuqoriga chiqaramiz.

Demak, ikkinchi bosqich strategiyasi: kerakli burchakni pastga tushirish, mos keladigan joyning pastiga olib kelish va o’z joyiga chiqquncha «To’rtlik»ni bajarish.

3-bosqich

3 bosqich natijasi13-rasm Teskari qilish14-rasm Yuqoridan o'rtaliqni topish15-rasm Agar to'q-sariq rangli bo'lsa16-rasm
3-bosqichning natijasi. Bu bosqichda 4 ta o’rtaliqni o’z joyiga qo’yish kerak. Kubikni teskari qilamiz. Endi terilgan sariq tomon pastda joylashadi, yuqorida esa oq rangli markaz bo’ladi. Endi kubikni terishni oxirigacha aynan shu tarzda ushlanadi. Yuqori qavatda bir tomonida oq rang bo’lmagan o’rtaliq topiladi. Masalan yashil-to’q sariq. Endi o’rtaliqning yashil tomoni yashil markaz bilan to’g’ri kelguncha yuqori tomon (U) aylantiriladi. Agar yashil tomon to’g’ri kelmaydigan bo’lsa, to’q sariq rangli tomon to’q sariq markaz bilan to’g’rilanadi. Ya’ni bizda ikkita variant bo’lishi mumkin.
Chap tomonga tushirish17-rasm O'ng tomonga tushirish18-rasm Urib chiqarish19-rasm Urib chiqarish20-rasm
U’ L’ U L
U F U’ F’
Agar o’rtaliq pastga va chapga tushishi kerak bo’lsa, yuqoridagi amallar bajariladi. Yashil rangli markaz sizga yuzlangan bo’lishi kerak.
U’R’ U R’
U’ F’ U F
Agar o’rtaliq pastga va o’ng tomonga tushishi kerak bo’lsa, yuqoridagi amallar bajariladi. To’q sariq markaz sizga tomon yuzlanishi kerak.
Odatiy holat — qidirilayotgan markaz o’z joyida, faqat teskari ranglar bilan. Bu holda 17 yoki 18 qadamdagi amal bilan kerakli rang joyidan «urib chiqariladi». Kerakli o’rtaliq yuqoriga chiqadi va  to’g’rilab olgan holda qaytadan o’z joyiga qo’yiladi.

Ushbu bosqichning strategiyasi: kerakli o’rtaliqni topamiz, yuqori tomonni aylantirgan holda undagi rang bilan markaz rangini moslab olamiz va formulalardan biri bilan uni o’z joyiga tushiramiz. Ushbu algoritmni barcha 4 ta o’rtaliq uchun bajaramiz. E’tibor bering! Ikkinchi qavatni terish davomida birinchi qavatda ranglar o’zgarib ketmaydi.

4-bosqich

Ushbu bosqichda eng so’nggi qavatda «noto’g’ri» plyus terish bilan shug’ullanamiz.

21-rasm 22-rasm 23-rasm 24-rasm

F R U R’ U’ F’ — 1, 2 yoki 3 marta bajariladi. Agar yuqori qavatdagi oq «+» ga qaralsa (burchaklaridagidan tashqari), ular yuqoridagi rasmlardan biridagi kabi shaklda joylashgan bo’lishi mumkin. Bizning maqsad — 24-rasmdagi kabi natijaga erishish. Oldingi holatdan keyingi holatga o’tish bir xil formula yordamida amalga oshiriladi — F R U R’ U’ F’.

Diqqat, kubikni rasmdagidek holatda ushlash kerak. Masalan, sizda 22 rasmdagi holat bo’lsa, oq rangli o’rtaliqlardan iborat burchak orqa va chap tomonda bo’lishi kerak. Agar 23 rasmdagidek bo’lsa, chiziq sizga nisbatan gorizontal joylashmog’i lozim.

Nima qilish kerak? «Aytilgan amallarni bajardim, biroq 3 qavatda keltirilgan rasmdagi holatning birontasi ham menda kuzatilmadi». Bunday bo’lmasligi kerak, demak sizning kubigingiz qismlarga ajratilgan va xato qilib qayta terilgan. Uni qismlarga ajratib, boshqatdan to’g’ri qilib tering.

5-bosqich

Endigi navbatda «to’g’ri» plyus teramiz.

5-bosqich natijasi25-rasm Ranglarni to'g'rilash26-rasm Ranglarni joyiga qarama-qarshi tushishi27-rasm Ranglarni joyiga burchak ostida tushishi28-rasm
Ushbu bosqichda erishish kerak bo’lgan natija. Ranglarning hech bo’lmaganda IKKITASI markazdagi ranglar bilan to’g’ri kelguncha yuqori qavat aylantiriladi. Bunda keyingi ikki holatdan biri (27 yoki 28 rasm) yuz berishi mumkin. Ikkita qarama-qarshi yotgan o’rtaliqlar o’z o’rniga tushadi (bizda oq-ko’k va oq-yashil ranglar). Bu holda ularni kubikni chap va o’ng tarafida joylashadigan qilib R U R’ U R U2 R’ bajariladi va 28 rasmdagi holatga keltiriladi. Ikkita o’z joyiga tushgan ranglar burchak ostida bo’ladi (bizda oq-ko’k va oq-to’q sariq). Endi qolgan ikkita rangni o’z joyiga tushirish kerak. Buning uchun o’z o’rniga tushgan ranglar kubikning orqa va o’ng tomonlarida joylashadigan qilib ushlanadi (rasmdagi ko’k-to’q sariq burchak kabi). Keyin R U R’ U R U2 R’ U qilinadi.

6-bosqich

Navbat yuqori qavatning burchaklarini o’z joyiga keltirishga. Kubikda biron burchak (ranglari o’rni almashgan bo’lsa ham, aylantirganda markazlarga to’g’ri kelsa bas) 30 rasmdagi kabi o’z joyida bo’lishi yoki barchasi boshqa joylarda turgan bo’lishi mumkin.

29-rasm 30-rasm 31-rasm 32-rasm
U R U’ L’ U R’ U’ L
Ushbu kombinatsiyani bajaring va burchaklardan hech bo’lmasa bittasi albatta o’z joyiga tushadi, ya’ni siz 30 rasmdagi holatga kelasiz.
Bitta burchak o’z joyida. Endi qolganlarini o’zaro qaysi tomonga almashtirsa, ular o’z joyiga tushishini aniqlash kerak: 31 rasmdagi kabi soat yo’nalishiga qarshimi yoki 32 rasmdagi kabi soat yo’nalishi bo’ylabmi. Variant 1. Uchta o’z joyiga tushmagan burchaklar soat yo’nalishiga qarshi qilib o’zaro almashtirilsa o’z joylariga tushadi. Bu holda hozirda o’z joyida bo’lgan burchakni o’zimizga qaratib o’ng tomon yuqorida qilib ushlaymiz va
U R U’ L’ U R’ U’ L qilamiz
Variant 2. O’z joyida bo’lmagan uch burchak o’zaro soat yo’nalishi bo’ylab almashtirilsa joyiga keladi. Bu holda hozirda o’z joyida bo’lgan burchakni o’zimizga qaratib chap yuqori tomonda qilib ushlaymiz va
U’ L’ U R U’ L U R’
qilamiz

Ushbu bosqichda bildiriladigan eng ko’p e’tiroz: «Formula noto’g’ri». Bu formula ko’p yillardan buyon mavjud, u minglab marta tekshirilgan. Agar natija rasmdagidek bo’lmasa, hammasini boshqatdan boshlash kerak, yaxshiroq e’tibor berish kerak. Vaqt o’tishi bilan tushuncha kela boshlaydi.

7-bosqich

Va nihoyat, so’nggi bosqich. Barcha burchaklar o’z joyida turipti, endi ularni ranglari tomonlarini almashtirish kerak. Bu juda oson — bizga maqolaning boshida esga olingan «To’rtlik» formulasi yordam beradi. Ushbu bosqichda eng muhimi — diqqatni jamlash, shuningdek kubikni to’g’ri ushlash.

33-rasm 34-rasm 35-rasm 36-rasm
Qizil-ko’k-oq rangli burchakdan boshlay qolaylik. Kubikni shunday ushlash kerakki, uni ushbu burchagi sizga qarasin va o’ng tomon yuqorida joylashsin. Burchakning barcha ranglari o’z tomoniga mos kelguncha 2-4 marta «To’rtlik» bajariladi. Qizil-ko’k-oq rangli burchak ranglari moslashdi, lekin kubikning boshqa qismlari «buzilib» ketdi. Vahimaga o’rin yo’q — shunday bo’lishi kerak. Yuqori qismni aylantiring — endi oldingizda navbatdagi burchak. Diqqat!!! Barcha amallar davomida kubikning qizil rangli markazi sizga yuzlanib turishi shart. R’ D’ R D
Qarshingizda keyingi, to’q sariq-ko’k-oq rangli burchak. Uni ham «To’rtlik» bilan o’z joyiga tushiramiz. Agar navbatda kelgan burchak tayyor terilgan bo’lsa, yuqori tomonni yana bir bor aylantirib, uni shunchaki o’tkazib yuboramiz.
Barcha 4 burchak terib bo’lingach, mo’jiza ro’y beradi — kubikning barcha elementlari terilgan holga keladi.

O’ng tomon yuqoriga ko’tarilgach, rang mos kelib qolsa, to’rtlikning so’nggi amali, D ni bajarish qolib ketmasligi kerak.

Tabriklaymiz. Siz buni uddaladingiz!

39
Loading...

Qoldirilgan fikrlar

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.