Yarating, o'rganing, bilib oling

Youtube`dan video yuklab olish usullari — bepul servislar, dasturlar, kengaytmalar

Youtube`dan video yuklab olish usullari — bepul servislar, dasturlar, kengaytmalar

Ba’zida youTube videohostingida qiziqarli yoki qayta-qayta ko’rish kerak bo’ladigan videolarni saqlab qo’yish talabi yuzaga keladi, ilovaning o’zida mavjud bo’lgan saqlash funktsiyasi esa videoni boshqalar bilan bo’lishish yoki boshqa qurilmalarga olib o’tish imkonini cheklaydi, qolaversa har ikki kunda onlayn bo’lishni talab qiladi.

Quyida esa undan videolarni fayl sifatida yuklab olishning eng tezkor va bepul usullari keltiriladi.

Onlayn servislar

Ushbu usulning afzalligi — u qo’shimcha dasturlarni o’rnatishni talab qilmaydi va undan istalgan qurilma orqali foydalansa bo’ladi. Buning uchun yuklab olish imkonini beruvchi maxsus sayt manzilini bilish kifoya.

Youtubedan videolarni saqlash uchun saytlar

Youtube`dagi istalgan videoga havolani (ссылка) ko’chirib oling va keyin brauzerda quyidagi saytlardan birini oching:

Saytni ochgandan so’ng, avval ko’chirilgan havolani maxsus maydonga kiriting. Iloji bo’lsa, yakuniy faylning tegishli sifati va formatini tanlang. Yuklab olish tugmasini bosing va videoni yuklanishi boshlanishini kuting.

Agar sizda iPhone yoki iPad kabi qurilmalar bo’lsa, albatta Safari brauzeridan foydalaning. Ushbu qurilmalardagi boshqa brauzerlar sizga videofayllarni ko’chirib olishga ruxsat bermaydi. Bundan tashqari, bu usul faqat sizda iOS 13 yoki undan yangi versiya yoki iPadOS bo’lsa ishlashi mumkin.

Brauzer uchun maxsus kengaytmalar

Youtube videolarini kompyuterga yuklash uchun brauzerga maxsus kengaytmani o’rnatgandan so’ng, videolarni ko’chirib olish uchun videolar ostida qulay tugma paydo bo’ladi.

Youtubedan video olish uchun kengaytmalar

Afsuski, Google YouTube-dan video yuklashga qarshi. Shuning uchun kerakli kengaytmalar (plaginlar) ko’pincha rasmiy Chrome do’konlari va boshqa brauzerlardan olib tashlanadi. Lekin siz kerakli kengaytmalarni boshqa manbalardan o’rnatib olishingiz mumkin.

Videolarni saqlash uchun eng yaxshi plaginlardan biri — bu YouTube Video Downloader. Ushbu kengaytma sizga 4K gacha sifatli videolarni yuklab olish imkonini beradi va Chrome, Opera, UC, Vivaldi, Yandex Browser-ni qo’llab-quvvatlaydi.

YouTube Video Downloader-ni o’rnatish uchun uning veb-saytini oching, ro’yxatda brauzerni tanlang va «Qanday qilib o’rnatish kerak» tugmachasini bosing. O’rnatish tartibini sizga tushuntirib beradigan video boshlanadi.

YouTube Video Downloader →

Yana bir qulay kengaytma — y2mate. Uning yordamida siz Firefox yoki Google Chrome-da videolarni 1080p sifatgacha ko’chirishingiz mumkin. Y2mate-ni o’rnatish uchun plagin veb-saytiga o’ting, pastki o’ng burchakdagi yuklab olish tugmasini bosing va ko’rsatmalarga rioya qiling.

Y2mate →

Agar videoning sifati siz uchun katta ahamiyatga ega bo’lmasa, siz quyida keltirilgan plaginlardan foydalanish mumkin. Ularning barchasi 720pgacha bo’lgan videolarni yuklashga imkon beradi.

Maxsus dasturlar

Youtube-dan videolarni maxsus dasturlardan foydalanib, maksimal tezlikda yuklab olishni istasangiz, ClipGrab va 4K Video Downloader kabi dasturlardan foydalaning. Odatda ular onlayn xizmat va kengaytmalarga qaraganda tezroq ishlaydi, ammo videolarni faqat 1080p sifatda yuklab olish imkonini beradi.

Youtubedan video ko'chiradigan dastur

Ushbu dasturlarning istalganidan foydalanish uchun unga kerakli videoning havolasini kiritib, sifat variantlarini tanlang va yuklab olish tugmasini bosing.

Ikkala dastur ham Windows, MacOS va Linux uchun bepul sanaladi. Ammo o’rnatish paytida ClipGrab antivirusni yuklab olishni taklif qiladi — uni rad qiling. Va 4K Video Downloader-ning pulli versiyasi mavjud, bu sizga tanlangan kanal va pleylistlarning barcha videolarini birdan saqlash imkonini beradi. Uning narxi 12 evro.

ClipGrab →
4K Video Downloader →

Youtube videolarini telefonga yuklab olish

Google Play`da mos dasturlarni topish qiyin. Mualliflik huquqi bilan bog’liq muammolar tufayli ularni do’konga kiritishmaydi. Lekin siz dasturni to’g’ridan-to’g’ri ishlab chiqaruvchining saytidan o’rnatishingiz mumkin.

Esda tuting: Google Play boshqa manbalardan yuklab olingan dasturlar uchun javobgar emas. Ular qurilmangizga zarar yetkazishi yoki Google akkauntning bloklanishiga olib kelishi mumkin.

Agar siz imkoniyatdan foydalanish uchun tavakkalchilikka rozi bo’lsangiz, quyidagi dasturlardan birini o’rnating. Buning uchun mobil qurilmadan uning saytiga o’ting, dasturni yuklab oling va uni ishga tushiring.

Agar tizim brauzerda o’rnatish huquqi yo’qligini xabar qilsa, «Sozlamalar» ga kirib, uchinchi tomondan olingan (неизвестные источники) dasturlarni o’rnatishga ruxsat bering. Agar ushbu tugma ko’rinmasa, qurilmangiz sozlamalariga o’ting. Xavfsizlik bo’limini oching va uchinchi tomon manbalaridan dasturlarni o’rnatishga ruxsat bering.

Ushbu dasturlar bepul, ammo ularda reklama ko’rsatiladi. Ularning barchasi deyarli bir xil ishlaydi. Ulardan istalganidan foydalanish uchun ichki qidiruv orqali kerakli videoni toping va yuklab olish tugmasini bosing. Video sifatini tanlang va dastur uni ko’chirib olgunicha kutib turing.

youtubedan video ko'chirish ilovalari youtubedan video ko'chirish ilovalari

Uchala dastur ham videolarni 4K gacha sifatli yuklab olish imkoniyatiga ega. Faqat agar tanlangan sifat 1080p dan oshsa, InsTube videoni ovozsiz yuklab oladi.

iPhone yoki iPad uchun Document ilovasi

Documents — App Store do’konidagi videolarni YouTube-dan yuklab oladigan bir nechta dasturlardan biridir. Shunga qaramay, dastur bepul.

Uni ishga tushiring va o’rnatilgan brauzerga kiring, u pastki o’ng burchakda yumaloq tugmani bosish orqali ishga tushiriladi.

Keyin y2mate.com ushbu maqolaning boshida keltirilgan ro’yxatdan istalgan yuklab olish saytini oching. Istalgan videoga havolani matn maydoniga qo’ying va yuklab olish tugmasini bosing. Shundan so’ng, yakuniy fayl parametrlarini tanlang va yuklab olish tugashini kuting.

2
Loading...
Loading...

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.

MAKEPEDIA.UZ Telegram kanaliga qo'shiling va eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling!
A'zo bo'lish