Do’lma tayyorlash — uzum barglaridan kovatok retsepti
Tokli do’lma (kovatok) uzum barglaridan tayyorlanadigan nafaqat o’zbek, balki kavkaz, turk va yunon oshxonalarining mashhur taomlaridan biridir. Do’lma…

Chizkeyk — yevropa va amerika oshxonasining klassik pishirig’i. U klassik, likyorli, bananli, shokoladli yoki tvorogli bo’lishi mumkin, quyidagi retseptlar va tavsiyalar sizga bu pishiriqni mazali qilib pishirishda yaqindan yordam beradi.

Pechenyeni blenderda maydalab, erigan sariyog’ qo’shing va yaxshilab aralashtiring. Aralashmani 23 sm diametrli pishirish uchun shaklga bir tekis qilib yoying va yaxshilab zichlang. 10 daqiqa davomida oldindan 180 °C gacha qizdirib olingan pechda pishirib oling. Keyin chiqarib oling va asosni sovutishga qoldiring.
Ayni paytda pishloq va shakar upasini aralashtiring. So’ng smetana va un qo’shib, aralashtirishda davom eting. Keyingi o’rinlarda ketma-ket ravishda bitta tuxum, tuxum sarig’i va vanilin qo’shing. Har bir masalliq qo’shilganda aralashmani bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtirish lozim.
Nachinkasi asos ustiga tekis qilib taqsimlang va 160 °C haroratda 45 daqiqa davomida pishiring.
Asos uchun:
Nachinka uchun:
Glazur uchun:
Pechenyeni blenderga solib, maydalab oling. So’ng unga erigan sariyog’ va kakao qo’shing va yana bir bor blenderda maydalab oling. Diametri 23 sm bo’lgan idishga bir tekis qilib yoying, yaxshilab zichlang va muzlatgichga qo’ying.
Shokoladni suv hammomida yoki mikroto’lqinli pechda eritib, biroz sovuting. Pishloq, shakar va kraxmalni aralashtiring. So’ng unga tuxum va tuxum sarig’ini qo’shib, aralashtiring, smetana qo’shing va yakuniy ravishda yaxshilab aralashtiring.
Kakaoni issiq suvda eritib, eritilgan shokolad bilan birgalikda nachinkaga qo’shing. Bir xil massa hosil bo’lgunga qadar aralashtiring.
Sovutilgan asos ustiga nachinkani bir xil qilib yoying va 50 daqiqa davomida 180 °C gacha qizdirilgan pechda pishiring. Pishgach, biroz xona haroratida sovuting, so’ng sovutgichga qo’ying.
Shokolad, qaymoq va asalni eritib, ozgina sovuting, so’ng pishiriq ustidan quying.
Pechenyeni maydalab, eritilgan sariyog’ bilan aralashtiring. 20 sm diametrli qolipning pastki qismiga zich qatlam qilib yoying va yarim soat davomida sovuting.
Pishloq, tvorog, shakar upasi va ikkita limonning qirg’ichdan chiqarilgan po’stlog’ini aralashtiring. Ko’rsatmasi bo’yicha sovuq suvda jelatinni namlab oling, keyin past haroratda isiting va uchta limonning sharbati qo’shing, aralashtirishda davom eting. Jelatinni tvorogli qorishmaga qo’shing va yaxshilab aralashtiring.
Nachinkani asosga bir tekis qilib yoyib, 6-8 soat sovutgichda qoldiring.
Ezilgan pechenye, eritilgan sariyog’, 50 g shakar upasi va dolchin aralashtiriladi. 23 sm diametrli pishirish uchun shakl tubiga bir tekis qilib yoyiladi va 180 °C da 10 daqiqa davomida pishiriladi.
Pishloq, qolgan shakar upasi va limon sharbati aralashtiriladi. Aralashtirishni davom ettirgan holda birma-bir tuxum chaqib solinadi. So’ng smetana va ezilgan bananlar qo’shiladi. Sovutilgan asosga bir tekis qilib yoyiladi va bir soat davomida 160 °C haroratda pishiriladi.
Asosi uchun:
Nachinka uchun:
Bezatish uchun:
Qumoq pechenye maydalab, shakar upasi, kakao va eritilgan sariyog’ bilan aralashtiriladi. Aralashma 20 yoki 23 sm diametrli pishirish uchun shaklning tubiga bir tekis qilib yoyiladi.
Pishloq va shakar aralashtiriladi, so’ng unga kraxmal qo’shiladi va yana bir bor aralashtiriladi. Keyingi o’rinlarda tuxum, rom, qahva va vanilin qo’shiladi, yaxshilab aralashtiriladi. Pishloqli qorishmaning yarmini asos ustiga qo’yiladi, ustidan savoyardi pechnyesini teriladi va eng so’nggida uning usti qolgan nachinka bilan yopiladi. Pechda 1,5 soat davomida 160 °C haroratda pishiriladi.
Tayyor bo’lgan va sovutilgan chizkeyk ustidan kakao sepiladi, ko’pirtirilgan qaymoq va shokolad bo’laklari bilan bezatiladi.
Tokli do’lma (kovatok) uzum barglaridan tayyorlanadigan nafaqat o’zbek, balki kavkaz, turk va yunon oshxonalarining mashhur taomlaridan biridir. Do’lma…
«Mujskoy kapriz» — ko’pchilik eng sevimli salatlaridan biri hisoblanadi. Uning tarkibida turli go’shtlar mavjudligi sababli, erkaklar ko’proq uni xush…
Lavash — mazali yassi non bo’lib, dastlab maxsus tandirlarda pishirilgan. Albatta har bir xonadonda tandir bo’lmasa-da, lekin uning…
Olivye — salatlar qiroli bo’lib, har bir uy bekasining bayram dasturxonida birinchi o’rinni egallaydi. Ushbu mayonezli salatning retsepti…
Tabiiy yogurt — ochlik hissini yaxshi qoldiradigan, qisqa muddatda ozishga yordam beradigan, sog’lom nonushta sifatida xizmat qiladigan ajoyib…
Manti — Markaziy Osiyo, Turkiya, Mo’g’uliston va Koreya xalqlarining an’anaviy taomidir. Ushbu taomning ta’mini so’zlar bilan ifodalab bo’lmaydi:…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Zo’r yoqdi
Yoqdi juda ham zòr ekan
Judayam zõr ekan menga judaham yoqdi