Semirish uchun nima qilish kerak — tavsiyalar, ovqatlanish tartibi, foydali mashqlar
Semirish uchun nima qilish kerak? Ko’pchilik aynan shunday savolga beriladi. Aksariyat hollarda ularga «ko’proq ovqat iste’mol qilish kerak»…

Sovuq kunlar kelishi bilan shamollash va gripp kabi kasalliklar avj ola boshlaydi. Immuniteti noziklar bir mavsumda 3-4 martagacha O’RVI`ga chalinishi mumkin. Bunday kasalliklarni oldini olish va kuz-bahor mavsumining qiziq kunlarini to’shakda o’tkazmaslik uchun immunitetni kuchaytirish usullarini bilish kerak.
Ko’pincha immunitetning birdan pasayishi stress va og’ir zo’riqishlar natijasida sodir bo’ladi. Shu sababli, xavf guruhiga kasbi yuqoridagilar bilan bog’liq bo’lganlar shaxslar kiradi. Bular kosmonavtlar, uchuvchilar, tadbirkorlar, professional sportchilar, portlovchi moddalar bilan ishlovchilar va boshqalar. Jarrohlik operatsiyalarda immunitetning buzilishi haqida ham aytib o’tish kerak, ular jiddiy stress sanaladi.
Chaqaloqlarda va bir yoshgacha bo’lgan bolalarda immunitet nomukammal bo’ladi, shuning uchun 6 dan 12 oylikkacha bo’lgan bolani himoya qilishda emizish va disbakteriozni oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xavf guruhida kasbi sababli uyqu, ovqatlanish va jismoniy mashq bajarish tartibiga rioya qilmaydigan kishilar ham kiradi. Shu jumladan keksalar ham.
Sog’lom bo’lishni xohlasangiz, hayot tarzingizni o’zgartiring. Toza havo va jismoniy mashqlar hayotingizning ajralmas qismiga aylanishi kerak. Stress — immunitetning asosiy dushmani, o’zingizni tashvishlardan asrang va asabiylashmang. Iloji boricha ijobiy his-tuyg’ularga ega bo’lishga harakat qiling. Biroq immunitetni mustahkamlashni, albatta, oziq-ovqatdan boshlash kerak.
Immun tizimi uchun eng muhim vitaminlar — A, B5, C, D, F, PP vitaminlari hisoblanadi. Ular bolalarda immunitetni kuchaytirish uchun ayniqsa muhimdir. Deyarli barcha sabzavotlar, ayniqsa, sariq va qizil ranglilari (sabzi, qizil qalampir, qovun, pomidor, qovoq) tarkibida beta-karotin mavjud bo’lib, u organizmda A vitaminiga aylanadi. A vitamini va karotinlar antigen kirishiga qarshi immun reaktsiya kuchiga javob beradi. Bundan tashqari, ular ma’lum bir darajada saraton kasalligidan himoya qila olishadi.
C vitaminining asosiy manbai — qora smorodina, na’matak, sitrus, chakanda, petrushka, nordon karam, limon. Ushbu vitamin yetishmovchiligi antitanalar ishlab chiqarish tezligining pasayishiga sabab bo’ladi.
B guruh vitaminlari urug’lar, yirik maydalangan bug’doydan tayyorlangan non, yong’oqlar, grechixa, dukkaklilar, donlar, qo’ziqorinlar, pishloqlarda ko’p bo’ladi. Yong’oqlar, urug’ va donlarda E vitamini — hujayralarni shikastlanishdan himoyalovchi antioksidant ham ko’p. E vitaminining yana bir manbai — qayta ishlanmagan o’simlik moyi.
Minerallar. Selen, rux, magniy, kaltsiy, temir, yod, marganes. O’simlik mahsulotlari orasida tarkibida eng ko’p mineral moddalar saqlovchilari — yong’oq, dukkaklilar, urug’lar, butun donlilar, shuningdek kakao va achchiq shokolad.
Ovqatni ko’katlar bilan birga iste’mol qilish nafaqat uning ta’mini yaxshilaydi, balki foydali moddalar bilan boyitadi ham.
Organizmdagi foydali bakteriyalarni ko’paytiradigan ko’plab oziq-ovqatlarni iste’mol qilish foydalidir. Ular «probiotik» mahsulotlar deb nomlanadi va ular qatoriga piyoz va porey-piyoz, sarimsoq, artishok va banan kiradi.
Immunitetni oshiradigan tabiiy vositalar — exinatseya, jenshen, qizilmiya, eleuterokokklar, limonnik hisoblanadi. O’simlik damlamalari va tindirmalarini ham terapevtik, ham profilaktik maqsadlarda qabul qilish mumkin.
Suzish va kontrast dush kishini kuchliroq qilishga yordam beradi. Yuqori va past haroratlarning navbatma-navbat kelishi immun tizimi uchun yaxshi mashg’ulotdir. Hammom, sauna ajoyib chiniqtiruvchi ta’sirga ega. Hammom yoki saunaga borish imkoni bo’lmasa, oddiy kontrastli dush ham mos keladi. Dushdan so’ng, tanani nam mochalka yoki dag’al sochiq bilan energetik ravishda artib tashlashni unutmang.
Jismoniy mashqlar immunitetni mustahkamlash uchun foydali: gimnastika, aerobika, fitness, yugurish, suzish, uzoq piyoda yurish. Bulardan, albatta, kayfiyat va cho’ntakka mos keladigan turini tanlash mumkin. Lekin me’yotni unutmaslik kerak. Haddan tashqari zo’riqish immunitetga zararli ekanligi isbotlangan.

Ishdan uyga kelgach, divanda yotib, ko’zingizni yuming hamda chuqur nafas olib, yoqimli narsalarni o’ylashga harakat qiling. Sokin musiqa qo’yishingiz mumkin. Bu kun davomida to’plangan charchoqni yaxshi bartaraf qiladi va stressga immunitetga salbiy ta’sir ko’rsatishga yo’l qo’ymaydi.
Soat nechida ekanligidan qat’iy nazar har kuni bir xil vaqtda uxlashga o‘rganish lozim, bu tez uyquga ketib, to‘liq dam olish imkonini beradi. Agar uxlashga ertaroq yoki kechroq yotsangiz, organizm ritmlar o‘zgarishiga moslasha olmaydi, natijada uyqu yuzaki bo‘ladi. Sutkada kamida 8 soatni uyquga bag‘ishlash lozim, bu organizm o’z kuchlarini qayta tiklashi uchun ayni kerakli muddat.
Organizmning katta qismi suvdan iborat bo‘lganligi tufayli, u har kuni ma’lum miqdordagi suvga ehtiyoj sezadi. Olimlar ushbu me’yorni 8 stakan yoxud 2 litr deb belgilashgan. Suvsizlanish natijasida organizmning asosiy funksiyalari, jumladan infektsiyalarga qarshi kurashish qobiliyati zaiflashadi.
To‘g‘ri davolanish kasalliklarning qaytarilmasligi uchun o‘ziga xos profilaktika hisoblanadi. Misol tariqasida angina tez-tez bezovta qilsa, dori tanlayotganda uning nafaqat tomoqdagi og‘riqni qoldirishi, balki yallig’lanishni bartaraf etishi hamda qayta anginaning oldini olishiga ham e’tiborli bo‘lish darkor.
Semirish uchun nima qilish kerak? Ko’pchilik aynan shunday savolga beriladi. Aksariyat hollarda ularga «ko’proq ovqat iste’mol qilish kerak»…
Zamonaviy dunyoda uyqusizlik haqiqiy epidemiyaga aylandi — ko’pchilik «ofis hayoti»ga amal qiladi, gipodinamiya, axborotni ortiqchaligi, stress va ortqicha…
Ozish sirlari talaygina, bunda asosan sog’likka zarar ko’rsatmasdan ozishga ko’proq e’tibor beriladi. Agar sizda ozish uchun aniq bir…
Soch follikulasi — dinamik tuzilma bo’lib, tashqi muhit o’zgarishiga juda sezgir sanaladi. Soch follikulining har bir sikli tezligi…
Soch to’kilishi asosan erkaklar duch keladigan muammo deb hisoblanadi, ammo ayollar ham undan aziyat chekishi mumkin. Ayollarda soch…
Qanday qilib qorinni yo’qotish mumkin? Jismoniy mashqlar va ovqatlanish tartibini o‘zgartirishga vaqt ham, asab ham, kuch ham bo‘lmasa,…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.