Immunitetni kuchaytirish — TOP-10 tavsiya, uy sharoitida tabiiy vositalar qo’llash
Sovuq kunlar kelishi bilan shamollash va gripp kabi kasalliklar avj ola boshlaydi. Immuniteti noziklar bir mavsumda 3-4 martagacha…

Soch to’kilishi asosan erkaklar duch keladigan muammo deb hisoblanadi, ammo ayollar ham undan aziyat chekishi mumkin. Ayollarda soch nima sababdan to’kilishini va u bilan qanday kurashish mumkinligi haqida quyida batafsil.
Dastavval soch to’kilishi patologiya bilan bog’liq yoki yo’qligini aniqlash lozim. Har bir kishi kuniga o’rtacha yuztagacha soch tolalarini yo’qotadi va bu norma hisoblanadi. Mutaxassislar oddiy sinovni taklif qilishadi: to’kilgan sochlarning uchida oq tuguncha (piyozcha) mavjudligiga e’tibor berish kerak. Agar u yo’q bo’lsa, unda xavotirga ham o’rin yo’q. Agar mavjud bo’lsa, boshni ikki-uch kun davomida yuvmaslik, keyin peshona va chakka sohasidagi sochlarni tortib ko’rish kerak.
Buning natijasida qo’llarda beshdan ortiq soch tolasi qoladigan bo’lsa, shifokor-trixologga murojaat qilish tavsiya etiladi. Qanday bo’lmasin, faqat mutaxassis soch to’kilishi tashvishlanishga arziguchi holatmi yoki bu mutlaqo tabiiy jarayonmi degan savolga aniq javob bera oladi.
Gap shundaki, sochning faol tarzda to’kilishi organizmdagi ma’lum bir kasallik yoki buzilishlarning dastlabki belgilaridan biri bo’lishi mumkin. Shuning uchun, oqibat (soch to’kilishi) bilan kurashishdan oldin, muammoning asl sababini aniqlash zarur. Katta ehtimollik bilan birlamchi sabab bartaraf etilganda sochlar bilan bog’liq muammolar o’z-o’zidan yo’qqa chiqadi.
Ayollarda soch to’kilishining barcha sabablarini ikki guruhga bo’lish mumkin: telogen (soch asta-sekin to’kiladi) va anagen alopetsiya (ya’ni, to’satdan to’kila boshlashi).
Muammoning bunday to’satdan yuzaga kelishining sababi ko’pincha kuchli kimyoviy moddalar yoki dori vositalari, shuningdek nurlanish ta’siri bo’ladi. Onkologik kasalliklarni davolashda ishlatiladigan kimyoterapiyada kallikning aynan ushbu turi kuzatiladi. Qoida tariqasida, yengil yordamchi ta’sir natijasida soch follikullarining faoliyati keyinchalik tiklanadi.
Xususiyatlari: Ushbu turdagi soch to’kilishiga qarshi maxsus davolash chorasi mavjud emas. Soch o’sishi zararli ta’sir to’xtatilganidan keyin tiklanadi.
Telogen alopetsiya ham o’tkir, ham surunkali shaklda bo’lishi mumkin. Farqi shundaki, o’tkir kallik olti oygacha davom etadi va keyin o’tib ketadi. Surunkali shakli esa olti oydan ko’proq davom etishi mumkin va ba’zan bir necha yil davomida ham tuzalmaydi.
Xususiyatlari: Alopetsiyaning bu turida to’liq kallik sodir bo’lmaydi. Uning sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin.
Ko’pchilik ayollar tug’ruqdan keyin sochlarning siyraklashayotganini sezib qolishadi. Faol to’kiluvchanlik tug’ruqdan 3-4 hafta o’tgach boshlanib, bir necha oygacha davom etishi mumkin. Biroq bundan qo’rqmaslik kerak: bu to’kilish ko’pincha gormonal fonning o’zgarishi bilan bog’liq, shuningdek, stress, plazmada oqsil darajasining pasayishi va qon yo’qotish natijasida kuchayishi mumkin.
Xususiyatlari: To’liq tiklanish tug’ruqdan 5-12 oy o’tgach sodir bo’ladi. Bundan tashqari, qoida tariqasida, keyingi homiladorliklarda bu kabi o’zgarishlar kamroq ifodalanadi.
Xuddi shu sababga ko’ra, gormonal kontratseptiv vositalarini bekor qilishdan keyin yoki organizmda androgenlarning faol ishlab chiqarilishi kuzatiladigan 16–20 yoshdagi qizlarda ham sochlar to’kiluvchan bo’lib qolishi mumkin.
Soch to’kilishi quyidagi vaziyatlardan so’ng boshlanishi mumkin.
Bunday holda ko’pincha epizodik kallik haqida so’z yuritiladi. Normal soch o’sishini tiklash uchun bir yilgacha vaqt talab etiladi. Ammo surunkali shakllarda sochning siyraklashishi kasallikdan keyin 2-2,5 oy o’tgach yuzaga kelishi ham mumkin.
Surunkali soch to’kilishi sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin:
Ba’zida soch to’kilishining sabablari noto’g’ri parvarish (sochlarini fen bilan tez-tez quritish, ploykalar, dazmollar va hokazo) bo’lishi mumkin, ammo mutaxassislar ko’p hollarda tashqi ta’sirlar mavjud muammolarni yanada kuchaytirishi mumkinligini, ammo ular muammoning asl sababli bo’lmasligini aytishadi.
Davolash kursini boshlashdan oldin muammoning birlamchi sababini aniqlash uchun tekshiruvlardan o’tish kerak. Har bir alohida holda terapiya turlicha bo’ladi. To’g’ri tashxis qo’yish uchun quyidagilar talab etilishi mumkin:
Tiklanish soch to’kilishining sababi aniq tashxislanishiga bog’liqligini tushunish juda muhimdir. Ba’zi hollarda, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, soch o’sishi salbiy omillar bartaraf etilganidan, ovqatlanish va dam olish tartibi tuzatilganidan keyin o’z-o’zidan tiklanadi. Ammo maxsus davolanish kursi talab etiladigan holatlar ham yo’q emas.
Sochni davolashda quyidagilarga murojaat qilinishi mumkin:
Chakamug’ yoki kanakunjut yog’i. Boshni yuvishdan yarim soat oldin aralashma (teng miqdordagi yog’ va spirt) boshga surtiladi. Muolaja 1-2 oy davomida qo’llaniladi. Yana bir vosita: kanakunjut yog’i o’rtacha piyoz sharbati va bitta tuxum sarig’i bilan aralashtiriladi, yuvishdan 45 daqiqa oldin sochlarga surtiladi, bosh polietilen qop va sochiq bilan o’raladi.
Apelsin po’stlog’i. Suvga 2-3 ta apelsin po’stlog’i solib, uch soat davomida qaynatiladi, so’ng damlama bilan bosh yuviladi. Vosita sochlarga jilo va yorqinlik berishga yordam beradi va sochlarni mukammal ravishda oziqlantiradi.
Qalampirli niqob. 1 dona chili-qalampirni maydalab, ustidan 100 ml 40%li etil spirti quyiladi. Idishning og’zini yopgan holda 2-3 hafta qorong’u joyda tindiriladi. Olingan damlamani konditsionerga, soch balzamiga qo’shish, yog’lar yoki qatiq bilan aralashtirgan holda qo’llash mumkin. Vosita sof shaklda ishlatilmaydi!
Yuqoridagi usullarning barchasi ikkita maqsadga erishishga qaratilgan: soch to’kilishni to’xtatish va yangi tolalarning o’sishini rag’batlantirish. Qoida tariqasida, mutaxassislar dori-darmonlarni ham, maxsus parvarishlash vositalarini ham o’z ichiga oladigan keng qamrovli davolanishni buyuradi. Ushbu yondashuv juda tez va barqaror natija olish imkonini beradi (olti oydan bir yilgacha).
Esda tutingki, faqatgina shifokor to’laqonli davolanishni buyurishi mumkin. Hech bir holatda muammoni mustaqil hal qilishga urinmang, chunki uni yanada og’irlashtirib yuborish ehtimoli mavjud. Deyarli har qanday dori vositasi qarshi ko’rsatmaga ega va ba’zi usullar ma’lum sabablarga ko’ra sizga mos kelmasligi mumkin.
Dorivor terapiya, fizioterapiya yoki xalqona davolash usullari ham soch to’kilishini to’xtatishga yordam bera olmaydigan holatlar mavjud. Vaqt o’tishi bilan boshda sezilarli siyrak sohalar paydo bo’la boshlaydi, tashqi ko’rinishdagi har qanday nuqson esa ayol kishining o’ziga bo’lgan bahosiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Zamonaviy tibbiyot bunday vaziyatlarda o’zining innovatsion takliflarini berishi mumkin. Ularning biri soch ko’chirib o’tkazish yoxud «ekish» sanaladi. Bunday muolajaning eng mashhur usullari — FUT va FUE sanaladi:
Sovuq kunlar kelishi bilan shamollash va gripp kabi kasalliklar avj ola boshlaydi. Immuniteti noziklar bir mavsumda 3-4 martagacha…
Shamollash va infektsiyalar mavsumida tibbiy niqob kasallikdan himoya qilishda qo’shimcha yordam berishi mumkin. Ammo agar ular yetishmayotgan bo’lsa…
Zamonaviy dunyoda uyqusizlik haqiqiy epidemiyaga aylandi — ko’pchilik «ofis hayoti»ga amal qiladi, gipodinamiya, axborotni ortiqchaligi, stress va ortqicha…
Semirish uchun nima qilish kerak? Ko’pchilik aynan shunday savolga beriladi. Aksariyat hollarda ularga «ko’proq ovqat iste’mol qilish kerak»…
Qanday qilib qorinni yo’qotish mumkin? Jismoniy mashqlar va ovqatlanish tartibini o‘zgartirishga vaqt ham, asab ham, kuch ham bo‘lmasa,…
Qon tananing ichki muhiti sifatida, butun organizm va to’qimalarning holati haqida ma’lumot olib, ularning uyg’un ishlashini ta’minlovchi birlashtiruvchi…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
eng yahshi trixolog qayerdan topsa boladi
27 yoshdaman sochim tangacha tangacha bolib tukilyapti. Sababi nima, qaysi doktorga kurinsam bolado.