Yarating, o'rganing, bilib oling

Tushda tilla ko’rish ta’biri — oltin buyumlar, taqinchoqlar ko’rsa nimani anglatadi

Tushda tilla ko’rish ta’biri — oltin buyumlar, taqinchoqlar ko’rsa nimani anglatadi

Tushda tilla ko’rish ko’pincha muhim o’zgarishlar oldida turganlar odamlarda kuzatiladi. Bunday tush uni ko’rgan kishi to’g’ri yo’lda ekanligi va muvaffaqqiyatga erishish ehtimoli yuqori ekanligini bildiradi. Agar bo’yinga tilla zanjir taqilgan bo’lsa, to’g’ri deb bilgan hayot yo’lingiz shunchaki sarob bo’lib chiqishi xavfi mavjudligidan.

Tushda tilla ko’rish: Miller tush ta’biri bo’yicha

Tushda qo’lda tilla ushlash — barcha boshlayotgan ishlaringizda sizga omad kulib boqadi. Agar ayol kishi tushida sovg’aga tilla buyum olsa, masalan tanga yoki zirak, uzuk va boshqa taqinchoqlar, bu ayol badavlat, ammo ichi qora odamga turmushga chiqishi ehtimolidan gapiradi.

Tushda tilla topib olish — sizning qadr-qimmatingiz hurmat-e’tibor va boylikka osonlikcha erishish imkonini berishidan. Tushda tilla yo’qotib qo’yish — o’ngingizda beparvoligingiz tufayli katta imkoniyatni qo’ldan boy berishingiz mumkin.

Tilla koni topib olish — sizga mushkul, ammo sharafli ish ishonib topshirilishini anglatadi. Agar siz tushda oltin konida ishlashni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, unda siz boshqalarning huquqlariga noqonuniy ravshida egalik qilmoqchi bo’lasiz. Tush sizni ogohlantiradi: siz haqingizdagi mish-mishlar sharmanda bo’lishingizga olib keladi.

Tushda tilla ko’rsa nima bo’ladi: Loff bo’yicha

Oltin — poklik va boylikning universal ramzi. Tushda tilla olish — o’z qurdat va boyligini namoyish etish. Tushda oltin olishning manbasini aniqlash kerak — bu sovg’a, topilma yoki kashfiyot ekanligini bilish muhimdir. Tilla buyumning qanchalik ahamiyatli ekanini tushunish lozim.

Tushda tilla qay maqsadda foydalanish uchun mo’ljallangan, kimning boyligi yoki qudratini namoyish etmoqda? Tilla buyumni topib oldingizmi, uni sizga sovg’a qilishdimi? Ushbu buyum sizga quvonch yoki qayg’u keltirdimi? Bularning barchasi o’ngingizda davlat va omadingizda o’z aksini topishi mumkin.

Tushda tilla ko’rishning ma’nosi: Svetkov ta’biri

Tilla — soxtalik belgisi, agar buyumning faqat yuzasi tilla bo’lsa; oltin yutish, tishlab ko’rish — ijodkorlikdagi muvaffaqiyat; tillaga teginish, ushlash — omadli imkoniyatni qo’ldan boy berganlik ramzi. Tilla soat ko’rish — yaqin orada muhim hodisa kutilmoqdaligidan. Tushda tilla topib olsa — daromad olish belgisi. Tilla uzuk yaxshilik ramzidir.

Umuman olganda, ushbu metallning tushga kirishi barchasi yaxshi ketayotganini va kelajakda bo’sh kelmasdan, olg’a intilishda davom etish kerakligini anglatadi.

100
Loading...

Qoldirilgan fikrlar

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.