Tushda chayon ko’rish — chaqishi, o’rmalashi, katta va kichik bo’lishi ta’biri
Tushda chayon ko’rish ta’biri — bu hasharot sizga zarar yetkazish uchun hech bir imkoniyatni qo’ldan boy bermaydigan soxta do’stlar belgisi hisoblanadi. Agar siz ularga to’sqinlik qila olmasangiz, ularning harakatlaridan aziyat chekishingiz mumkin.
Maqolada:
Tushda chayon ko’rish ta’biri
Chayonlar — zolimlik, g’azab, aldov timsoli, chunki o’ljasini zahar yordamida nobud qiladi. Ba’zida esa g’azab otiga minib, o’zini o’ldirishi ham mumkin. Agar u o’ljasini o’ldirayotganini ko’rsangiz, yaqin orada noxush voqeaning guvohi bo’lasiz. Chayon boshqa hasharotlar qurshovida bo’lsa, dushmanlaringiz ustidan g’alabaga erishasiz. Agar tushda chayonni oyoq bilan bosib o’ldirsangiz, sizga yomonlik tilayotganlarga qarshi ularning quroli bilan kurashish kerak. Umuman tushga chayon kirsa, bu yaxshi belgi emas.
Tushda chayon ko’rsa: Oilaviy ta’bir
Dumi bilan o’zini chaqayotgan chayon — raqiblaringizning hiyla-nayranglari o’zlariga qarshi chiqadi. Agar ular bilan kurashga kirishgan bo’lsangiz, kelgusi oyda hal qiluvchi harakatlardan saqlaning — o’zingizga zarar yetkazishingiz mumkin. Kishini tushda chayon chaqsa — bu yaxshi belgi. Siz kasallik yoki baxtsiz hodisalardan qutilib qolishingiz mumkin. Lekin shunga qaramay ehtiyot bo’ling. Kopalinskiy tush kitobida chayon — jiddiy zarar, yo’qotishlarga deya talqin qilinadi.
Ezoterik tushlar ta’biri: chayon ko’rish nimani bildiradi?
Kishi tushida chayonni ko’radigan bo’lsa, uzoq yo’lga safarga chiqqanda ehtiyot bo’lishi kerak. Chayonlardan tayyorlangan taom iste’mol qilish — real hayotda sizning hayotingizni ijobiy tomonga o’zgartiradigan inson bilan tanishishingizdan darak.
Agar tushda undan qo’rqqan bo’lsangiz, anchadan buyon ishonib kelayotgan kishingizning pand berishiga tayyor turing. Tushda chayon o’ldirish — dushmanlaringizning rejalarini puchga chiqarganligingiz ramzi.
Ruhshunos G.Millerning ta’biri
- Tushda sariq chayon ko’rish — katta ko’ngilsiz hodisalar (o’g’rilik, xiyonat va hokazo).
- Chayon tutib olish — juftingizga e’tiboringiz ortgani belgisi.
- Olovda yonayotgan bo’lsa — kishi o’zi nima xohlayotganini bilmasligi, fikrni jamlash kerakligi.
- Katta qora chayon ko’rsa — oldinda ulkan o’zgarishlar turganligidan darak.
- Uning chaqishi — xafagarchilikka, hamsoyalar bilan kelishmaslikka.
Chayon qatnashgan tushning talqinlari
- U odamning kaftida bo’lsa — sevimli inson bilan ochiqchasiga gaplashib olish kerak.
- Chayon banka yoki boshqa idishda qamalib qolgan bo’lsa — hayotingizda raqib paydo bo’lishiga.
- Tanangizda sariq yoki qizil chayon o’rmalab yurgan bo’lsa — o’tkir hissiyotlarga.
- To’shagingizda bo’lsa — yaqin oradagi tun juda qiziq bo’lishiga.
- Uni dumidan ushlab olish — atrofingizda sodir bo’layotgan barcha voqealarni to’liq nazorat qilayotganingizdan darak.
- Ko’plab kichik chayonlar — hamkorlar bilan bazm uyushtirishga.
- Chayonlar bir-biri bilan urush qilayotgan bo’lsa — uzoq davom etadigan bahsda siz g’alaba qozonishingiz.
Chayon mani quvladi va oldraman deganda ustimga chqib oldi bilmasdan yurdim Va. Qornimda kiyim ustida qizgiw qop aora rangda edi uni ustimdan tuwurdim va bir bolakay uni oldri juda galati tush