KFC tayyorlash retsepti — qanotchalar uchun maxsus masalliqlar, bosiqchlar
KFC tovuq qanotchalari tayyorlash retseptini ko’pchilik bilishni istaydi. Albatta restoran haqiqiy retseptni oshkor etmaydi va ko’pchilik masalliqlar KFC…

Dimlama — O’zbekistondagi eng mashhur taomlardan biri. «Dunyo xalqlari oshxonasi» tanlovining qatnashchisi sanaladi. Turli sabzavot va ko’katlar bilan go’sht kombinatsiyasi bu taomni nafaqat mazali va foydali, balki bayramona yorqin va chiroyli qiladi. Dimlamaning o’ziga xos xususiyati shundaki, barcha sabzavotlar yirik kesilgan, qatlam bilan terilgan va go’sht bilan uzoq dimlanadi. Va, albatta, ajoyib ziravorlar to’plami — kinza, zira, bulg’or qalampiri va qizil qalampir muhim rol o’ynaydi. Bu kombinatsiya ko’pincha o’zbek oshxonasida keng qo’llaniladi va taomlarga noyob lazzat beradi.
1. Piyoz va pomidorni yarim halqalarga bo’lib oling.
![]()
2. Kartoshkani ikki yoki to’rt bo’lakka, har bir sabzini 5-6 bo’lakka bo’ib oling. Bulg’or qalampirini somoncha shaklida to’g’rab oling.![]()
3. Ko’katlarni yirikroq qilib maydalang.
4. Karamni 8 qismga bo’laklab, o’zagi ya’ni qattiq qismini kesib tashlang. Sarimsoq piyozni ustki qatlamidan tozalab oling.
5. Ziravorlarni tayyorlab olamiz. Havonchada koriandr, zira, murch va qizil achchiq qalampirni yanchib oling. Buni blender yordamida qilsa ham bo’ladi.
6. Go’shtni mayda qismlarga bo’laklab oling.![]()
7. Qozonga yog’ solib, yaxshi qizdirilgan yog’da baland olovda go’shtni qizarguncha qovurib oling.![]()
8. Go’sht ustidan to’g’ralgan piyozni solib tillarang tusga kirguncha qovuring.![]()
9. To’g’ralgan pomidorni soling va ustidan yanchilgan ziravorlarni sepib, olovni pasaytirib 5 daqiqa davomida dimlab oling.![]()
10. Sarimsoq piyozni dimlanayotgan masalliqlar o’rtasiga qo’yib, ozgina bosib qo’ying.![]()
11. Keyin navbatma-navbat sabzi va bulg’or qalampirini terib chiqing.
12. Ustidan karamni joylang. Karamni tuzlab, uni ustiga davna yaprog’i (лавровый лист) va ko’katlarning bir qismini soling.
13. Bu masalliqlar ustidan kartoshka va qolgan ko’katlarni solib, yengil bosib tekislab oling.![]()
14. Ikki stakan qaynatilgan tuz solingan suv soling. Qozon qopqog’ini zich yoping. Qozon tagini minimal darajada past qilib 1,5 soat mobaynida dimlab qo’ying.![]()
15. Ushbu taomni katta umumiy idishga yoki alohida kosalarga suvli qilib suzishingiz mumkin. Dasturxonga tortishdan avval, rayhon barglari yoki mayda to’g’ralgan ko’kat yordamida bezak bersangiz, Dimlama taomingiz yana ham ishtahali ko’rinish oladi. Yoqimli ishtaha!
KFC tovuq qanotchalari tayyorlash retseptini ko’pchilik bilishni istaydi. Albatta restoran haqiqiy retseptni oshkor etmaydi va ko’pchilik masalliqlar KFC…
Blinchik (quymoq) — qizib turgan tovada suyuq xamirni qovurish orqali tayyorlanadigan pishiriqdir. Blinchik tayyorlash usullari juda ko’p, ammo…
O’zbekistonda yashaydigan yoki bu go’zal mamlakatda mehmonda bo’lgan har bir shaxs o’zbek oshxonasining ovqatlarini alohida iliqlik bilan eslab…
Pirog — bu odatda nachinkasi bo’lgan xamirli pishiriqdir. Uning ochiq va yopiq turi mavjud: ochiq turdagisida nachinka xamir…
Keks deb biskvitli yoki xamirturushli xamiridan tayyorlangan shirin qandolat pishirig’iga ataladi. Kekslar tayyorlash usui qadimgi Rimda ham ma’lum…
Paxlava — mashhur qandolatchilik pishirig’i bo’lib, qiyom quyilgan qavatlangan xamir va yong’oqdan iboratdir. Paxlava shirinligini tayyorlash sharq xalqlari…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Bu maslahatlar menga juda az qotti kattakon raxmat