Tushda anjir korish ta’biri va turli holatlar talqini
Tushda anjir korish ko‘rish yoki iste’mol qilish – inson mehnati samarasini ko‘rish, moddiy to‘kinlik, salomatlikning mustahkamlanishi va hayotiy…

Tushda chayon ko’rish ta’biri — bu hasharot sizga zarar yetkazish uchun hech bir imkoniyatni qo’ldan boy bermaydigan soxta do’stlar belgisi hisoblanadi. Agar siz ularga to’sqinlik qila olmasangiz, ularning harakatlaridan aziyat chekishingiz mumkin.
Chayonlar — zolimlik, g’azab, aldov timsoli, chunki o’ljasini zahar yordamida nobud qiladi. Ba’zida esa g’azab otiga minib, o’zini o’ldirishi ham mumkin. Agar u o’ljasini o’ldirayotganini ko’rsangiz, yaqin orada noxush voqeaning guvohi bo’lasiz. Chayon boshqa hasharotlar qurshovida bo’lsa, dushmanlaringiz ustidan g’alabaga erishasiz. Agar tushda chayonni oyoq bilan bosib o’ldirsangiz, sizga yomonlik tilayotganlarga qarshi ularning quroli bilan kurashish kerak. Umuman tushga chayon kirsa, bu yaxshi belgi emas.
Dumi bilan o’zini chaqayotgan chayon — raqiblaringizning hiyla-nayranglari o’zlariga qarshi chiqadi. Agar ular bilan kurashga kirishgan bo’lsangiz, kelgusi oyda hal qiluvchi harakatlardan saqlaning — o’zingizga zarar yetkazishingiz mumkin. Kishini tushda chayon chaqsa — bu yaxshi belgi. Siz kasallik yoki baxtsiz hodisalardan qutilib qolishingiz mumkin. Lekin shunga qaramay ehtiyot bo’ling. Kopalinskiy tush kitobida chayon — jiddiy zarar, yo’qotishlarga deya talqin qilinadi.
Kishi tushida chayonni ko’radigan bo’lsa, uzoq yo’lga safarga chiqqanda ehtiyot bo’lishi kerak. Chayonlardan tayyorlangan taom iste’mol qilish — real hayotda sizning hayotingizni ijobiy tomonga o’zgartiradigan inson bilan tanishishingizdan darak.
Agar tushda undan qo’rqqan bo’lsangiz, anchadan buyon ishonib kelayotgan kishingizning pand berishiga tayyor turing. Tushda chayon o’ldirish — dushmanlaringizning rejalarini puchga chiqarganligingiz ramzi.
Ibn Siringa nisbat beriluvchi ta’bir manbalarida, chayon – tili zaharli, g‘iybat va mish-mishlar bilan odamlarning ko‘ngliga ozor yetkazuvchi nosamimiy kishi ramzidir. Chayondan saqlanish yoki uni zararsizlantirish – barcha g‘arazgo‘ylarning yomonligidan omon qolish va o‘z sha’nini munosib himoya qila bilish demakdir.
Tushda anjir korish ko‘rish yoki iste’mol qilish – inson mehnati samarasini ko‘rish, moddiy to‘kinlik, salomatlikning mustahkamlanishi va hayotiy…
Tushda notanish ko‘chalarda, katta shaharda yoki bepoyon yo‘lda adashib qolish – insonning hayot yo‘lidagi ikkilanishlari, tanlovlar arafasida turganligi…
O’rik o’z-o’zini changlatadigan o’simlik bo’lgani uchun u androginlik yoki In-yan bog’lanmasini anglatadi. Xitoy an’analarida bu o’lim yoki uyatchanlik…
Tushda hayvonlar shohi hisoblangan sherni (arslonni) ko‘rish – buyuk kuch-qudrat, jasorat, yuksak nufuz, adolat va yetakchilik qobiliyatining eng…
Tushda laylak ko‘rish – yuksak orzular, intellektual erkinlik, chuqur hissiyotlar yoki nozik sezgilar olamiga ishoradir. Qushlar va suv…
Tushda ilon ko’rsa, buni tahlil qilish juda mushkuldir. Bir tarafdan ilon zahar tashuvchi sifatida ichki xavotir va jiddiy…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Chayon mani quvladi va oldraman deganda ustimga chqib oldi bilmasdan yurdim Va. Qornimda kiyim ustida qizgiw qop aora rangda edi uni ustimdan tuwurdim va bir bolakay uni oldri juda galati tush
Judayam kop. Oilaviy chayonlar edi. Avvaliga xonadagi bowqalarga korinmadi. Otasini yani katta qorasini oldirdim. Onasi jigarrang qizgish edi kiyimim ichiga kirdi. 2ta bolasi shkaf ustida boridi. Men qorqqanimdan kiyimimi qoqishga tushdim va uygonib ketdim
Men tushimda yaqin dugonamni uyida ekanman qulimda supurgi bolan uylarni supurib yotganimda oldimdan charon chiqib qolibti keyin hammasi supurgi bilan ur deyishibti urib chayonni uldiribman
Menda esa qora katta chayon kirdi u qoʻlimda turgan ekan.Qiziq hamir mushlagan ekanman .Shuning ichidan chayon chiqib keldi.Hayronman chayon hamirni ichida boʻlsa nega meni chaqmadi deya