Tushda mevali bog‘ ko‘rish va ma’nosi
Tushda serhosil, gullab-yashnagan mevali bog‘ni ko‘rish – mehnatlarning shirin mevasi, barakali daromad, oilaviy xotirjamlik va farovon hayotning eng…

Tushda mashina ko’rish turli narsalarni bildirishi mumkin. Oq mashina — kuchli tashvish alomati. Yorqin rangli transport vositalari — ularni «uchirib» haydash va yo’lda hech qanday to’siq va chuqur (yama) larga tushmaslik — muvaffaqqiyat va sharafga erishish belgisi. Yangi mashina — hodisalar rivoji sizning foydangizga bog’liq ravishda bormoqda. Siz o’z kuchlaringizga ishonishingiz mumkin.
Kishi tushda mashina ko’rsa — unga katta tashvish tug’diradigan bir loyihani amalga oshirishi, ammo natija uning uchun juda foydali bo’lishidan. Eski mashina ko’rish — dushmanlaringiz o’z farovonligini ta’minlash uchun sizning harakatlaringizdan ancha o’zib ketadi. Yurib ketayotgan mashina ichiga tortib ketishi — biznesdagi yo’qotishlar va yaqinda ketma-ket keladigan omadsizliklarning boshlanishidan darak. Bu tush umuman olganda omadsiz bitimlardan zarar ko’rish haqida ogohlantiradi.
Tushda ishlab turgan mexanizmni ko’rish — ko’plab jabhalarda jiddiy qiyinchiliklarni va’da qiladi va ayni paytda do’stlaringiz sizni qo’llab-quvvatlashlaridan xabar beradi. Tushda mashinaning buzilib qolishi — do’stlarning yo’qotilishini bildiradi. Agar tushga yong’in o’chirish mashinasi kirsa, bu favqulodda vaziyat bilan bog’liq tashvish va hayajonni va’da qiladi. Agar yosh xonim tushida yong’in o’chirish mashinasida «uchib ketayotgan bo’lsa — u noxush bitimda qatnashmaslik uchun ehtiyot bo’lish kerak.
Mashinada yurib ketayotganlik — ishlaringizdagi faollik va omad degan ma’noni anglatadi. Agar siz avtohalokatga uchragan bo’lsangiz, unda bunday tushdan keyin siz ishtirok etishni rejalashtirayotgan bazmdan yaxshi taassurotni kutmang. Tushda mashina boshqarish va bunda avtohalokatdan qochib qutulish — yaxshi nishonadir: siz fikrlaringizga qarshi bo’lgan dushmanlaringiz bilan to’qnashuvdan qutulib qolishingiz mumkin. Tushda mashina sotib olish — bu ham yaxshi belgi bo’lib, oldingi yaxshi holatingizni tiklashingizdan dalolat beradi. Ammo mashinani sotish — taqdirda noxush o’zgarishlar kutilishidan gapiradi. Mashina haydasa — tasodifan zarar ko’rish, ba’zida kasalliklar alomati.
Tushda mashina yurib ketayotganida undan tashqariga otib yuborilish — yoqimsiz xabarlar eshitishga. Mashinaning buzilishi ham noxush yangiliklardan darak beradi. Tushda shunchaki avtomobil ko’rish — safarga chiqish, hayotdagi o’zgarishlar, yoqimli sayohatni bildiradi. Mashinani yo’qotish yoki uni o’g’irlab ketilishi — kelajagingizni hal qiluvchi ko’plab rejalaringizga to’sqinliklar paydo bo’lishi. Mashinadan tushish — rejalaringizning muvaffaqiyatli amalga oshishi belgisidir, bu sizga mamnuniyat olib keladi.
Mashinaning chiroqlari (faralari) yongan bo’lsa, kimdir siz bilan uchrashishni orzu qilayotganidan gapiradi. Shu sababli, yangi tanishishlarga tayyor bo’lingiz. Mashina chirog’ini lipillatib ketsa, bu beqarorlik belgisidir.
Qizil rangli avtomobil — erkinlik istash ramzi. Agar hanuzgacha ota-onangizning «yelkasida o’tirgan» bo’lsangiz, harakat qilish va mustaqil hayotga qadam bosish kerakligidan. Erkaklar uchun bu haddan ortiq jinsiy faollikni anglatishi mumkin.
Agar tushda mashina pachoq bo’lgan bo’lsa — ishda kamroq vaqt sarflab, oilangiz bilan ham vaqt o’tkazishingiz kerakligidan. Bu shuningdek boshqalarga ko’p ham tayanmasdan, vaziyat boshqaruvini o’z qo’lingizga olish kerakligini ham bildiradi.
Begona odamning mashinasida va yo’lovchi sifatida ketish — o’ngida unga ishonib topshirilgan ishda javobgarlikni olishdan qo’rquvni anglatadi.
Tushda siz ketayotgan avtomobil avariyaga uchrab, teskari bo’lib ketsa, maqsadlaringizga erishishda ko’plab to’siqlarga duchor kelishingizni bildiradi.
Tushda serhosil, gullab-yashnagan mevali bog‘ni ko‘rish – mehnatlarning shirin mevasi, barakali daromad, oilaviy xotirjamlik va farovon hayotning eng…
Tushda favvora hududida bo‘lish – ijtimoiy hayotdagi faollik, tanlov chorrahalari, yangi muhitga moslashish va jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarni…
Tushning ob’yekti sifatida chaqaloq g’amxo’rlik va e’tibor talab qiladigan tushunchadir. Bunday tush ko’rishda bir narsani aniqlash kerak —…
Itlar ham vafoli do’st, ham ashaddiy dushman bo’lishi mumkin. Tushda it ko’rish — siz va ishongan do’stingiz orangizda…
Tushda eshik yoki katta darvoza ko‘rish – inson hayotidagi yangi imkoniyatlar, o‘tish bosqichlari, xonadon mustahkamligi, mehmondo‘stlik va oila…
Har bir inson uchun tushda o’lgan odamni ko’rish — ba’zan taskin beruvchi, ba’zan esa yoqimli bo’lmagan va hatto…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.