Yarating, o'rganing, bilib oling

Tushda o’rik ko’rish ta’biri — yeyish, sotish, uzish kabilar nimani anglatadi

Tushda o’rik ko’rish ta’biri — yeyish, sotish, uzish kabilar nimani anglatadi

O’rik o’z-o’zini changlatadigan o’simlik bo’lgani uchun u androginlik yoki In-yan bog’lanmasini anglatadi. Xitoy an’analarida bu o’lim yoki uyatchanlik ramzi sifatida qaraladi.

Tushda o’rik ko’rish: Svetkov bo’yicha

  • Ayol kishi tushida o’rik yesa tinchlik va quvonch kutilishini aytib o’tilgan.
  • Yangi uzilgan o’rik — sizga nisbatan hasad mavjudligi;
  • Mevalarni tozalash — umidsizlikka tushish.

O’rik: Miller tushlar kitobiga ko’ra

Tushda o’rik bog’lari ko’rish kelajak tashvishsiz va «pushti» rangda ko’rinsa-da, oldinda yashirin qayg’u kutib turganini anglatadi. Tushda o’rik iste’mol qilish — bu noxush hodisalar yaqinlashayotganini anglatadi. Agar uni boshqalar iste’mol qilsa, demak real hayotda atrofingizda qiziqishlaringizni baham ko’rmaydigan insonlar ko’p bo’ladi. Ya’ni o’rik siz arzimas narsalarga vaqt sarflayotganni ko’rsatib beradi.

Freyd bo’yicha

Tushga o’rik mevalarini yeyish kirsa, demak kishi yaqin munosabatlarning rivojlanish bosqichidadir, bu vaqtda juftliklarda yuzaga keladigan zavq eng yuqori nuqtada bo’ladi. Hozirda kishi mo’jiza ostonasida turibdi va shuning uchun kelajak unga chiroyli ko’rinadi.

Tushda o’rik uzish — erkaklar uchun bunday tush sodda va mutlaqo tajribasiz umr yo’ldosh uchratishni, ammo undan ko’p ijobiy his-tuyg’ular va zavq olishni anglatadi. Agar ayol kishi bunday tush ko’rgan bo’lsa, bu uzoq davom etmaydigan sevgi-muhabbatini va’da qiladi. Munosabatlar umidsiz ekanligi tez orada ma’lum bo’ladi.

Tushda mevalarning umumiy ma’nosi: Loff bo’yicha

Meva — bu nafosat, unumdorlik yoki kamomad ramzi. Biroq, ba’zi hollarda, bu ramzga taom tushunchasi prizmasi orqali qarash mumkin. Shuning uchun, meva tushda qay sharoitda ko’rilganini aniqlash juda muhimdir. Loff o’z kitobida buning belgisi aksariyat hollarda yaxshilikka ekanligini ta’kidlab o’tadi.

  • Barglari orasida pishib yetilgan mevalar — odatda farovon kelajakni bashorat qiladi.
  • Yashil mevalar behuda harakat va shoshqaloqliklarni anglatadi.
  • Agar yosh ayol tushida ushbu mevani iste’mol qilsa — bu uning axloqiy pastlashi va bepusht bo’lib qolishi xavfi mavjudligini anglatadi.
  • Tushda to’yguncha meva tanovul qilish — noxush tush.
  • Meva sotib olish yoki sotish — katta, ammo foydasiz bitimlar tuzilishini anglatadi.
  • G’arq pishgan mevalar — omad deb hisoblangan yutuqning ishonchsiz bo’lishini va’da qiladi.
7
Loading...

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.