Tushda samolyot ko’rish — uchish, qulashi, boshqarish ta’biri qanday
Tush ko’ruvchi uchun tushda samolyot ko’rish sarguzashtlarga to’la. Hursandchilik tuyg’usi, odatda, parvozning o’zi yoki tezlikning yuqoriligi va fazoviy makon naqadar keng ekanligini anglash bilan bog’liq. Bundan tashqari, u kishini havotirga solishi mumkin, bu samolyotni qulab tushishi kabi xavf-xatar haqida o’ylashda paydo bo’ladi. Bunday holatda vaziyatni o’z qo’lingizga olishingiz mumkin. Samolyotni boshqaring.
Tushda samolyotda uchish — ham odatiy, ham ishoraviy bo’lishi mumkin, chunki ba’zi odamlar uni oddiy qabul qilishsa, boshqalar uchishni ko’rganda vahimaga tushishadi. Masalan, amerikalik muxlislar taniqli futbol sharhlovchisi Jon Madden hech qachon samolyotda uchmasligini biladi — u mamlakat bo’ylab avtobusda sayohat qiladi. Ko’pchilik uning bunday qo’rquvini baham ko’radi, garchi ular ham tushda samolyotda uchishni ko’rishlari mumkin. Bunday holatda, tush irratsional qo’rquvni bartaraf etishga urinishdir.
Tushda o’zingizni yoki boshqa kimsani uchuvchi sifatida ko’rishingiz mumkin. Agar tushdagi bunday vaziyatda nazoratni o’z qo’lingizga ola bilsangiz, demak o’ngda ham har qanday muammoni yengishga qodirsiz.
Samolyotda kimlar bor edi? Real hayotda siz bu odamlar uchun javobgarsiz, ularning oldida muayyan majburiyatlaringiz mavjud. Samolyotni qanday boshqarishingiz esa o’z vazifangizni qanchalik yaxshi bajarayotganligingizni ko’rsatadi.
Maqolada:
Tushda samolyot ko’rish: Freyd tush ta’birlariga ko’ra
Tushda samolyotda uchish — sizga hayot qoralama qog’ozdek ko’rinadi, huddiki keyin uni oq qog’ozga ko’chirib o’tkazish mumkindek. Bunday holda siz hayot bir marta ekanligini, yillar esa oqar daryo kabi tez o’tib ketishini inobatga olmaysiz. Bo’sh vaqtingizda bu haqida o’ylab ko’ring.
Tushga osmonda samolyot tomonidan qoldirilgan iz kirsa, siz hozir juda muhim bo’lgan narsalarni yo’qotishingiz mumkin degan ma’noni anglatadi. Lekin eng alamli tomoni, siz hammasi yaxshi bo’lishi uchun maksimum harakat qilgan bo’lasiz. Ehtimol, sining «ikkinchi yarmingiz» sizdan «ozod bo’lishni» xohlaydi.
Tushda samolyot ko’rsa nima bo’ladi: Svetkov bo’yicha
- Samolyot va boshqa uchar jismlar — orzularning ro’yobga chiqishi, talablarning bajarilishi;
- Uni kishining o’zi boshqarsa — agar hech qanday falokat bo’lmasa, kutilmagan omad yoki ijobiy o’zgarish;
- Yo’lovchi bo’lib uchsa — uzoqdan yangilik kelishi;
- Ko’zlangan manzilga uchib borish — qisqa muddatli baxt.
Tushida uchish: Nostradamus ta’birlari
Parvoz — yaxshi his-tuyg’ular, erkinlik, mustaqillikni aks ettiradi. Tushda samolyotda uchayotganlik — o’ngda erkinlik va mustaqillikka intilishning aksidir. Yaqin kelajakda siz ushbu imkoniyatga ega bo’lasiz. Agar siz parvoz paytida qulab ketsangiz, real hayotda to’siqlarni yengib o’tish va muammolarni hal qilish kerak bo’ladi.
Agar samolyot qulasa va halokatga uchrasa, demak, hayotda siz o’zingizga yetarli darajada ishonmaysiz va talablarga javob bera olmayman deb o’ylaysiz. O’z ustingizda ishlab, hayoliy muammolardan tashvishlanmasdan, real hayotda urinishlar qilib ko’rish kerak.
Miller tush ta’birlari kitobi: Parvoz
Tushda cheksiz osmon kengligida uchish — baxtsiz nikohni va’da qiladi. Agar siz yerga juda yaqin uchayotgan bo’lsangiz — bu kasallik yoki qiyin vaziyatlardan ogohlantirishdir. Agar samolyot loyqa suvga qulab tushsa — shaxsiy ishlarni yuritishda ehtiyot bo’lish kerak.