Kayfiyatni ko’tarish usullari — 10 ajoyib usul, sinalgan tavsiyalar
Har bir insonning hayotida kayfiyat joyida bo’lmaydigan kunlar bo’ladi, bu vaqtda odam qo’li ishga bormaydi, uni atrofidagi narsalar…

Qog’ozdan ajoyib shakllarni yaratishni o’rganib, nafaqat o’zingizga, balki atrofingizdagi odamlarga ham quvonch bag’ishlashingiz mumkin. Kichkina qog’oz parchasi tajribali ustaning qo’lida bamisoli jonlanadi va chiroyli gulga (masalan, atirgul) yoki ushbu maqolada ko’rib chiqiladigan oqqushga aylanadi.
Dastlab sizga bitta kvadrat qog’ozdan oqqush yasashning oddiy usulini taklif qilamiz, so’ngra turli xil qog’ozli modullardan chiroyli oqqush terishni keltirib o’tamiz.









Bu usulda qog’ozdan turfa rangli, chiroyli oqqush yasash mumkin. U xonaga bezak sifatida qo’yilishi yoki sovg’a sifatida ishlatilishi mumkin. Jarayon o’ta murakkab emas, biroq shakl ko’plab modullardan (elementlardan) iboratligi sababli nisbatan ko’proq vaqt talab qiladi.
Ish modullarni yasab olishdan boshlanadi. Ularni bir-biriga kiritish orqali shakl hosil qilinadi. Ulash davomida elementlarni yelimlamasa ham bo’ladi, chunki ishqalanish kuchi shaklning to’kilib ketishiga yo’l qo’maydi. Shunday bo’lsada, imkon qadar ularni yelimlab yopishtirishga harakat qilish kerak. Bu holda oqqushni bemalol o’yinchoq sifatida ishlatish va biroz kuch ta’sirida to’kilib tushishidan qo’rqmaslik mumkin bo’ladi.
Modullardan iborat bunday oqqush yasash uchun sifatli qog’oz olish lozim. Ingichka qog’ozlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Modul to’rtburchak oq yoki rangli qog’ozdan shakllantiriladi. To’g’ri to’rtburchak tomonlari taxminan 1 : 1,5 nisbatda bo’lishi kerak. Kerakli to’rtburchaklarni olish uchun A4 formatidagi ofis qog’ozini 4 ta teng qismlarga bo’lish kifoya.
Agar A4 formatdagi varaqning bo’yi va eni to’rtta teng bo’lakka bo’linib, ajratilgan chiziqlar bo’ylab kesib olinsa, unda o’lchami taxminan 53 × 74 mm bo’lgan to’rtburchaklar olinadi. Agar eni 4 qismga, bo’yi esa 8 qismga bo’ladigan bo’lsa, u holda 37 × 53 mm o’lchamdagi to’rtburchaklar hosil bo’ladi.









Hajmli shakllarni bir-biriga turli usullar bilan kiritish mumkin. Ulardan biri quyidagi rasmda keltirilgan.

Oq rangli oqqush yaratish uchun 1 ta qizil va 458 ta oq modul olish kerak bo’ladi. Ammo turfa ranglisi chiroyliroq deb hisoblanishi sababli, quyida aynan shu turini yaratish ketma-ketligi keltiriladi. Kerak bo’ladigan modullar:
Uchta pushti modul quyidagi tarzda o’rnatiladi.

Bitta modulning cho’ntaklariga boshqa ikkita modulning burchaklari joylashtiriladi.
Yana ikkita modul oliandi va xuddi shu tarzda birinchi guruhga qo’shiladi. Shunday qilib, ichki va tashqi qatordan iborat dastlabki halqa terib chiqiladi. Tashqi qatorda modullar uzun tomoni bilan pastga qarata joylshtiriladi, ichki qatorda esa kalta tomoni bilan.

Har bir qator 30 ta moduldan iborat. Halqa har bir elementni qo’l bilan ushlab turgan holda tuzib chiqiladi. Zanjirning uchlari oxirgi modul bilan tutashtiriladi.

Uchinchi qator 30 ta to’q sariq moduldan iborat bo’ladi. Modullar shaxmat tartibida teriladi. To’rtinchi qator ham 30 ta to’q sariq moduldan iborat bo’lib, xuddi shu tarzda amalga oshiriladi.

Keyingi navbatda shaklning chetlarini barmoqlaringiz bilan huddi butun halqani ichidan teskari qilmoqchi bo’lgandek qilib ushlang. Quyidagi kabi shakl hosil bo’lishi kerak. Yuqoridan qaraganda stadionga o’xshab ketadi.

Pastki tarafdan «stadion» shunday ko’rinishda bo’ladi:

Beshinchi qator 30 ta sariq moduldan iborat. Ular endi yuqoridan kiydiriladi. Modullar oldingisi kabi joylashishiga e’tibor berish kerak.

Oltinchi qatordan boshlab oqqushning qanotlari shakllantirila boshlaydi. Qushning boshi bo’ladigan tomonni tanlab olish kerak. Shu tomonda bir juft burchaklar belgilab olinadi (ikkita qo’shni moduldan bittadan burchak). Shu burchaklarga qushning bo’yni kiritiladi. Ushbu juft burchaklarining o’ng va chap tomonidan 12 tadan sariq modul kiydiriladi. Ya’ni oltinchi qatorda ikki bo’sh modul qoldiriladi va jami elementlar soni 24 ta bo’ladi.

Keyingi navbatlarda qanotlar shakllantirilishi davom etiladi. Har bir qavatda modullar soni bittaga kamayib boradi. Ya’ni 7-qator 22 ta yashil moduldan iborat (2 marta 11 tadan); 8-qator — 20 ta yashil modul; 9-qator — 18 ta yashil modul.

O’ninchi qator — 16 ta moviy rangli modul. 11-qator — shu rangli 14 ta modul.

12-qator — 12 ta ko’k modul. 13-qator — 10 ta ko’k modul. 14-qator — 8 ta ko’k modul.

O’n beshinchi qator — 6 ta binafsharang modul. O’n oltinchi qator — 4 ta binafsharang modul. Va eng so’nggi — binafsha rangli 2 ta modul. Qushning qanotlari tayyor. Qanotga uning pastki qismi biroz qavariq, tepa qismi esa botiqroq qilib shakl beriladi.

Qushning dumi dastlab 5 qatordan boshlanadi va xuddi yuqoridagi kabi har bir qavatda 1 taga kamaytirib boriladi. Bunga jami bo’lib 12 ta yashil va 3 ta moviy rangli modul kerak bo’ladi.

Oqqushning bo’yin qismini yaratish uchun modullar boshqa usul bilan ulanadi. Bir modulning ikki burchagi boshqa modulning ikki cho’ntagiga kiritiladi.
Qizil modulga 7 ta binafsha rangli modulni biriktiriladi. Birdan unga kerakli shakl berib ketishga harakat qiling. Agar qushning tumshug’i ikki ajralgan bo’lishini istamasangiz, qizil modulning burchaklarini oldindan yelimlab olishni unutmang.

Bo’yinga keyingi navbatda 6 tadan moviy, ko’k, yashil va sariq rangli modullarni biriktiriladi, kerakli shakl beriladi.

Bo’yin ikki qanotlarga yelimlanib qo’shimcha ravishda mustahkamlanadi. Xohishga qarab qushga ko’zlar yopishtirish (yoki chizish) mumkin.
Eng pastki qismi 40 va 36 moduldan iborat ikkita halqa ko’rinishida yasaladi. Modullar bo’yin bilan bir xil tarzda biriktiriladi.

Xohishga ko’ra ikkita halqani bir-biriga yopishtirish, shuningdek oqqushniunga yelimlab qo’yish ham mumkin.

Shunday qilib qog’ozdan yasalgan oqqush tayyor. U uzoq vaqt davomida kishi ko’zini quvontiradi.
Har bir insonning hayotida kayfiyat joyida bo’lmaydigan kunlar bo’ladi, bu vaqtda odam qo’li ishga bormaydi, uni atrofidagi narsalar…
Ba’zida youTube videohostingida qiziqarli yoki qayta-qayta ko’rish kerak bo’ladigan videolarni saqlab qo’yish talabi yuzaga keladi, ilovaning o’zida mavjud…
Ko’p hollarda foydalanuvchi spam uchun telegrammda «bloklab» qo’yiladi, bunday vaziyatda nima qilish kerakligini esa aslo bilmaydi. Agar siz…
Uzoq vaqt davomida internet foydalanuvchisi blog yoki ijtimoiy tarmoqlarda o’z hissiyotlarini bildirish uchun ikki nuqta va qavslar kabi…
Zamonaviy tush psixologiyasi va ramziy tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, tushda nur yoki yorug‘lik ko‘rish – eng ijobiy, transformatsion ramzlardan…
Tushda maqtov eshitish marosimi yoki tadbirida ishtirok etish – insonning jamiyat bilan ma’naviy bog‘liqligi, axloqiy qadriyatlar, an’analarga hurmat…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Very good! I like it very much. I wanna see a lot of different created things like that! Good luck!???