Tushda uy ko’rsa — yangi uy qurish, ta’mirlash, sotib olish, yonishi ta’biri
Uy — insonning boshpanasi, himoyasi, oila jam bo’ladigan muqaddas joy. Tushda uy ko’rish o’ngda kishining tinchligi, xotirjamligida o’z aksini topishi mumkin. Masalan, bolalikdagi uyni ko’rish — yaxshi xabarlar eshitishga, osudalikdan darak beradi, zero yoshlikdan kishida faqat ijobiy xotiralar qoladi. Tushda uy tamirlash — anchadan buyon kutilgan mehmonning tashrif buyurishi.
Maqolada:
Tushlar ta’biri: Uy ko’rsa nima bo’ladi?
Tushda o’z uyini topa olmaslik — odamlarga bo’lgan ishonchni batamom yo’qotishni anglatadi. Agar kishi tushda uyi yo’qligini ko’rsa — barcha yangi ishlarda omadsizlik, moddiy yo’qotishlarga. Tushda yashash joyini o’zgartirish va boshqa uyga ko’chib ketish — juda yaqin vaqt ichida yangilik eshitish va zudlik bilan safarga ketishga. Yosh ayol tushida uydan chiqib ketayotganini ko’rishi — uning atrofida beparvo tuhmatchilar paydo bo’lishi mumkinligini anglatadi. Tushda oldingi uyni ko’rish, uni ziyorat qilish — o’ngida yaxshi xabarlar eshitishga. Tushda eski uy ko’rsa va bundan quvonsa — farovonlik belgisi. Tashlandiq uy ko’rish — qayg’uli hodisalar kutilishidan.
Tushda imorat ko’rish: Loff tush ta’biri kitobi
Tushda uy bilan turli xil hodisalar sodir bo’lishi mumkin. Yangi uy qurish, sotib olish, uni buzish, tabiiy ofatlar yiqitishi, uni egallab olishlari, uyga o’g’rilar tushishi mumkin.
Odatda, tushda uy ko’rish jiddiy o’zgarishlar, beqarorlik yoki sezilarli o’sishni anglatadi. Uy band bo’lsa yoki to’lib-toshib yotgan bo’lsa, atrof olam bilan munosabatlaringiz beqarorligidan darak. Siz ruhiy tushkunlik holatidasiz lekin agar siz doimo shu holatda bo’lsangiz, uyingizda odamlar yoki hayvonlar to’la bo’lsa, bu xavf signalidir.
Tushda uy xarob bo’lgan bo’lsa — bu ko’chish, moliyaviy qiyinchilik, o’lim yoki ajralishga ishora. Bunday tushlarda uy o’zining asosiy maqsadi: odamlar uchun boshpana bo’lishdan mahrum bo’ladi. Bunday tush ko’rgan kishi, o’ylab ko’rishi kerak: qanday vaziyatlar uni ezmoqda va tashvishlantirmoqda, ular uning hayotiga qanday ta’sir qilmoqda.
Tushda uy qurish — hayotingiz va istiqbolingizdagi o’zgarishlarning aksi. Ehtimol, ish joyda lavozimning ko’tarilishi yoki moliyaviy holatning yaxshilanishi, qo’shimcha imkoniyatlar ochilishi mumkin. Hozirda uchrashayotgan kishi bilan munosabatlaringiz bir pog’onaga balandlashi, ehtimol nikoh qurishlaringiz mumkin. Har qanday holatda ham tushda uy qursa, bu doim ijobiy ma’noga ega.
Tushda uy ko’rsa nimani anglatadi: Svetkovga ko’ra
- Ayol kishi tushda begona uy ko’rishi — kim bilandir shaxsiy hayoti va munosabatlari (uyning ko’rinishi qanday bo’lsa — munosabatlar ham shunday bo’ladi);
- Erkaklar uchun — xavf;
- Tushda uy qurish — yaxshilanish, baxt-saodatga erishishga;
- Uyni supurish — mehmon kelishiga, agar boshqa odam uy supursa — yo’qotishlarga;
- Uyning polini yuvish — o’lim, ajrashishga;
- Uy tomi tushib ketsa, teshilsa — boshqa uyga ko’chib o’tish;
- Tushda uy qulashi — kasallikka, muhtojlikka;
- Uyda bo’lish — noxushlik, g’iybat;
- Uyning sof alanga olib yonishi — katta quvonchga, kambag’allar uchun farovonlik, boylar uchun — kuch-quvvat;
- Tushda tomi qulab tushgan uy yonishi — quvonchli xabar eshitishga;
- Tushda uyni suv bossa — hamma balolar ketadi;
- Uyni bo’yash — boshqa yerga ko’chib o’tish;
- Tomsiz uydan osmonga qarash — baxtli yangilik;
- Tushda bobo yoki buvisining uyini ko’rsa — oilada o’lim, katta qiyinchiliklar;
- Uydan chiqib ketish (qiz uchun) — sevgida muammolar;
- O’z uyini ko’rish — eng yaxshi hodisani kutish;
- Uyda narsalar joylashuvining o’zgarishi — mehmon kelishiga;
- Agar tushga bo’m-bo’sh uy kirsa — shaxsiy hayotda umidsizlikka duchor bo’lishga;
- Tushda yangi uy ko’rish (og’ir bemorlar uchun) — fojiali yakun;
- Tushda uy buzilsa-yu, lekin uning egasiga shikast yetmasa — yaxshilikka.
Ayuverda tush ta’biri: Uy, xonadon ma’nosi talqini
Agar yosh yigit tushida oilaviy hayotni ko’rsa, bu tush farovonlik, sog’lik va taraqqiyot elchisidir. Ayol kishi uyiga devor oshib kirsa — uning tuyg’ulari javobsiz qolishi mumkinligidan.
Ta’mirlangan, chiroyli uy — hali aniq bo’lmagan munosabatlarga aniqlik kirishidan darak. Uyning tomini yopish — yo’qotishlarga. Tushda uy sotib olish — farovonlikka. Uy tillarang bo’lsa — noxush hodisaga uchrash.