Yozgi ko’ylaklar fasonlari (+75 FOTO) — rang, mato va uzunligi bo’yicha uslublar
Tez orada yoz fasli ham kirib keladi va shu kunlarda har bir ayol kishini qiziqtiradigan savol «garderobimni bu…

Erkaklar modasi va uslublari xilma-xillik borasida qarama-qarshi jins vakillarinikidan qolishmaydi. Aksincha deb o’ylaydiganlar esa chuqur adashadi. Erkaklar arsenalida faqat klassik ish kostyumi yoki jinsi shim / sviter bor deb faraz qilish — sochni faqat nolga yoki feyd uslubida oldirish mumkin deb o’ylash bilan bir xil. Kuchli jinsiy vakillari tashqi ko’rinishni o’zgartirish va chinakam zamonaviy obraz yaratish uchun ko’plab uslublar mavjud. Quyidagi soch olish usullari ro’yxati buning aniq tasdig’idir.
Soch turmaklarini bir necha yo’nalishlarga bo’lish mantiqan to’g’ri bo’ladi. Ularning har biri ma’lum bir ko’rinish, turmush tarzi va kiyim-kechak afzalliklariga ega bo’lgan erkaklar uchun mos keladi. Obrazda barcha elementlar uyg’un bo’lishi kerak. Soch turmagi — bu sizning tashrif qog’ozingizdir.
Doim mashhur bo’lgan variantlardan biri. Ushbu soch turmagi kaltaligi bilan ajralib turadi va uni yaratish uchun odatda mashinkaning bir nechta nasadkalari ishlatiladi. Tepa qismdagi sochlar maksimum to’rt santimetrgacha kaltalansa, yon qismlari deyarli nolga qadar olinadi. Ularning bir-biriga o’tish chegarasi tekislab chiqiladi (плавный переход).



Boksdan tepa qismdagi sochlarning uzunligi bilan farq qiladi. Ushbu soch turmagida sochlarning uzunroq qismi chegarasi boksga qaraganda biroz pastroqdan boshlanadi. Bundan tashqari, sartarosh sochning uzun va kalta qismi chegarasini silliq tarzda o’tishni amalga oshirishi kerak.


Ushbu «inglizcha» soch turmagi moda yulduzlari orasida juda mashhur. Britankaning asosiy xususiyati — bu sochning tepa qismi uzun, yon va ensa qismlari kalta qilib olinganligi va odatda uzun kokil qoldirib, uni orqaga tarab yurishdir. Bunda soch turmagi hajmdor va ajoyib ko’rinish oladi.



Britanka bilan o’xshash jihatlari juda ko’p — bu ikkita soch turmagini chalkashtirib yuborish oson. Kanadkaning asosiy farqi — yaqqolligi kamroq bo’lgan kokil va orqa va yon tomondagi sochning biroz uzunroqligi.



Erkaklar uchun bob uslubi ko’plab variantlarga ega. Ularning eng mashhuri — peshonaga biroz tushib turadigan kokil va yon tomonlarni tepa qismdan farqlab turadigan chiziq qoldirish. Ushbu usulda olingan soch juda elegant ko’rinadi va ijodiy faoliyat bilan shug’ullanadigan yoshlar uchun mos keladi.


Ushbu oddiy klassik soch turmagini yaratish uchun usta bitta nasadkali (maksimal ikki santimetr) mashinkadan foydalanadi. Shunda soch tolalari uzunligi va zichligi bo’yicha bir xilda bo’ladi. Soch olishning bu usuli dag’al soch sohiblari uchun juda mos keladi.


Bu 80-yillar filmlaridagi amerikalik harbiylarning obrazi bilan bog’liq uslub. Uni boshqa turmaklar bilan adashtirib qo’yish mushkul. Kvadrat uslubining asosiy xususiyatlari — bu aniq shakl, peshonadan ensaning yuqori qismigacha silliq gorizontal sirt, chakka qismda sochlarning kaltaligi va kvadrat kontur.



Ushbu soch turmagi ingichka sochli erkaklar uchun mos keladi, chunki bunda tepa qismda qo’shimcha hajm hosil qilinadi. O’qotar uslubi yuzi yumaloq va romb shaklida bo’lgan erkaklarga tavsiya etiladi, sababi yonga taralgan kokil tufayli tashqi ko’rinishdagi kamchiliklar mukammal darajada bartaraf etiladi.


Ushbu kalta soch turmagi yon tomonga tarab qo’yish mumkin bo’lgan tepa qism va kalta qilib olingan yon va ensa qismdan iborat. Yon tomonlari nolga qilib olinmaydi, faqat tepa qismdan farqlanib tursa bas.


Bu uslubda sochlar tepa qismda yetarlicha uzun, yonlari va orqa tarafda kaltagina bo’ladi. Kokil peshonadan boshning orqa tomoniga qarata taraladigan qilib qoldiriladi.


Ushbu toifaga uzun bo’lgan barcha soch turmaklari kiradi. Bunda sochlarni bitta qilib yig’ib, yuqori ensa sohasida tugib qo’yish va bir-ikki uzunroq tolalarni ortga tushirib qo’yish mumkin. Tajribalar qilish haqiqatan ham ajoyib obrazlar yaratishga imkon beradi.



Ushbu uslub guruhiga kiruvchi eng mashhur soch turmagi — bu top knot. U yoshlar ham, qirq yoshli erkaklar uchun ham mos keladi. Ushbu soch turmagining o’ziga xos xususiyati shundaki, usta sochning yon va orqa qismini imkon qadar qisqa qilib, tepasini kerakli uzunlikda qoldiriladi. So’ng tepa qismini yonga tarash, dum qilib tugish va boshqa tajribalar o’tkazish mumkin.


Asimmetrik soch turmaklari uchun uzun kokil qoldirish va yon tomonni tepa qismdan ajratib turuvchi chiziq qo’yish bilan ajralib turadi. Bunday variantlar ayniqsa qalin yoki jingalak sochlarda chiroyli ko’rinadi.




Tepa qismi hajmli bo’lgan soch turmagi uchun yana bir variant. Shu bilan birga, bu uslubda sochlar juda uzun ham, yetarlicha qisqa ham bo’lishi mumkin. Asosiy shart — bu sochning tepa qismiga o’tishda sochlarning bosqichma-bosqich, bir tekisda uzunlashib borishidir.




So’nggi yillarda eng urfda bo’lgan va undan hali ketishi kutilmayotgan erkaklar uchun soch turmaklari e’tiborga loyiq. Quyidagi rasmlarni ko’rib, o’z obrazingiz va tuzilishingizga mos bo’lgan turini tanlang. Tajribali sartarosh esa sochni huddi suratdagi qilib olib qo’yishi mumkin.
Ushbu soch turmagi stayling vositalari bilan alohida ukladkalarni talab qilmaydi. Eng muhimi, to’g’ri va muntazam yuvib turish. Kundalik foydalanish uchun soch siyraklashishiga qarshi va qalinlashtiruvchi xususiyatga ega shampunlarni tanlash tavsiya etiladi.


Bu uslub namunali obraz uchun yaratilgan. Shuning uchun staylingning muhim qismi — sochlarni yon tomonga tarab yurishdir. Bunga erishish uchun soch uchun pasta yoki gel kerak bo’ladi.



Granj uslubidagi eng zamonaviy soch turmaklari uzun yoki o’rta uzunlikdagi sochlar uchun mos keladi. Bunda sochlarga biroz hajm berish va yengil betartiblik holatiga keltirish kifoya. Kerakli effektga quyuq stayling vositalari bilan osonlikcha erishiladi: mum yoki lak.


Silliqlik va intizom, ya’ni tolasi tolasiga tegib turadigan uslub. Stayling vositalari tanlashda maksimal darajada fiksatsiya ta’minlanishiga e’tibor bering.



Bu uslubning farqi — tepa qismning uzunligi va quyuqligi bo’yicha farqlanishida. Shu sababli, ushbu turmakni tartibga keltirishda hajmni oshirishga yordam beradigan musslar zarur bo’ladi.


Bobrik, yarim boks, kanadka yoki britanka klassik soch turmagi sanalib, silliq chetlarga ega bo’ladi. Soch uzunligi besh santimetrdan oshmaydi. Bunday soch turmagi universal deb hisoblanadi va har qanday yoshdagi va kasb egalari uchun mos keladi. Eng muhimi, tanlangan soch turmagi yuz xususiyatlarining afzalliklarini ta’kidlaydi. Klassik uslubda olingan soch biznes uslubdagi kiyimlar bilan uyg’un sanaladi. Odatda, bu variant biznesmen va rahbarlar tomonidan tanlanadi.

Sportchilar va faol hayot tarzini afzal ko’rganlar uchun soch turmagi iloji boricha sodda va qulay bo’lishi kerak. Sochlar mashinka yordamida kalta qilinib, ba’zan esa butunlay nolga qadar olinadi. Bunda boshning yuqori qismi o’rta uzunlikda qolsa, chakka va ensa qismi juda kalta qilinadi. Brutallikka qaramay, sportiv uslub orasida biznes uslubiga mos keladiganlari ham bor: masalan, tennis uslubi.

Romantik uslub modani yaxshi biladigan yumshoq va nozik inson qiyofasini yaratadigan variantlarni o’z ichiga oladi. Bunday soch turmagida odatda biroz peshonaga yoki yon tomonlarga tushib turadigan kokil qoldiriladi.
Romantiklar uchun eng mashhur soch turmagi uzun yoki o’rta sochlar uchun mo’ljallangan variantlardan iborat: bob, sagittarius yoki graduatsiyalangan kare. Shu bilan birga, sochlarni biroz jingalak qilish turmakning alohida plyusiga aylanishi mumkin.

Har doim eng minimal va qulay hisoblangan soch turmagi. Ko’pincha soch bunday usulda butun bosh bo’ylab soch bir xil kaltalikda yoki tepa qismini ozroq uzun qilgan holda kalta olish bilan ajralib turadi. Bunday uslub juda jasoratli ko’rinadi va maxsus parvarishni talab qilmaydi.

Ushbu uslub eng noodatiy va ajoyib variantlarni o’z ichiga oladi. Turli naqsh va ierogliflar, assimetriya, uzun kokillar, «dum»lar, irokez, yorqin rangga bo’yash — ijodiy soch turmak faqat tasavvur va fantaziya bilan cheklanadi.
Bunday original uslub kundalik hayotga hech qanday aloqasi yo’q va shuning uchun tajribalarga ochiq bo’lgan yosh ijodkor erkaklar uchun juda yaxshi mos keladi.

Retro soch turmagi, chakka qismi deyarli qirilgan, tepa qismi esa uzaytirilgan shakldagi brutal variant. Ushbu uslubdagi eng mashhur soch turmaklariga feyd va anderkat, shuningdek, sezar yoki gitleryugent kabi variantlarni misol qilib keltirish mumkin. Xipter uslubi deyarli hamma erkaklar uchun mos keladi, ayniqsa 30-40 yoshli erkaklar va yoshlar uchun.
Sezar yoki gitleryugent nafaqat jinsi yoki tor shim bilan, balki rasmiy biznes kostyumlari bilan ham ajoyib ko’rinadi.

To’g’ri soch turmagi butun obrazning bir qismi bo’lishi kerak, alohida element emas. Shu bois sartaroshxonaga borishdan oldin tashqi ko’rinishni tahlil qilish zarur:
Tez orada yoz fasli ham kirib keladi va shu kunlarda har bir ayol kishini qiziqtiradigan savol «garderobimni bu…
Ro’mol o’rashning ko’plab usullari mavjud. Ularning har biri muayyan toifadagi ayollar uchun mos keladi. Sochlari yopiq bo’lgan xotin-qizlar…
To’g’ri tanlangan sharf obrazni to’ldirib, sovuq kunlarda terini tashqi ta’sirlardan himoyalaydi. Bugungi kunda ushbu aksessuarning ko’plab turlari mavjud…
Bugungi kunda urfda bo’lgan o’zbekona ko’ylak lozimlar kengish fasonga ega bo’lib, orqa va oldida yig’ilgan koketkalar, tikma yenglar…
Tushda qadrdonlar xonadoniga mehmonga borish – sog‘inchning bosilishi, o‘zaro mehr-oqibat rishtalarining yangilanishi va xushkayfiyatdir. Mundarija Yashirish 1. Erkaklar…
Tushda yaqinlarga yoki muhtojlarga sovg‘a ulashish – qalblarni zabt etish, mehr-oqibatni mustahkamlash, saxiylik va xushkayfiyat ramzidir. Mundarija Yashirish…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Suhbatni siz boshlang
Savol bering, maslahat qo‘shing yoki tajribangizni ulashing — birinchi fikr ko‘pincha eng foydalisi bo‘ladi.