Yozgi ko’ylaklar fasonlari (+75 FOTO) — rang, mato va uzunligi bo’yicha uslublar
Tez orada yoz fasli ham kirib keladi va shu kunlarda har bir ayol kishini qiziqtiradigan savol «garderobimni bu…

Ro’mol o’rashning ko’plab usullari mavjud. Ularning har biri muayyan toifadagi ayollar uchun mos keladi. Sochlari yopiq bo’lgan xotin-qizlar sirli, odobli ko’rinadi, o’ziga ortiqcha e’tibor tortmaydi. Quyida eng chiroyli va mashhur uslublar haqida.
Umuman olganda, o’rash uchun nafaqat ro’mol, balki shol, bandana, palantin, kosinka ham mos keladi. Sifatli qalinroq ro’mol yoki sharfni esa bo’yinga ham, boshga ham o’rash mumkin.
Tabiiyki, har qanday aksessuar qishki yoki yozgi bo’lishi mumkin. Bu matoning qalinligi, tuzilishi, zichligiga va hatto rangiga bog’liq. Misol uchun, odatda yozgi ro’mollar och rangda bo’ladi, ular issiqlikni yutmaydi va boshni salqinlikda saqlaydi. Rang tanlashda u nafaqat faslga, balki ayolning teri rangiga, kiyimi va boshqa aksessuarlariga mos kelishi kerak.
Ro’mol o’rash ob-havo sharoitlaridan himoya qilish, dekorativ rol bajarish, ma’naviy va diniy ma’noga ega bo’lish yoki modaga rioya qilish maqsadlarida kerak bo’lishi mumkin. Quyida har biri haqida batafsil.
Tabiiyki, ro’molni diagonaliga bukib, peshonaning tepa tomonidan tashlab, iyak ostiga olib kelib tugish yoki shunchaki yoyiq qoldirish, bitta burchagini esa ortga tashlab qo’yish eng oson uslublardan biri. Biroq shu kabi boshqa oddiy usullar ham yo’q emas.
Masalan, quyidagicha bandana uslubida o’rash ham mumkin:

Bundan tashqari, ro’molni diagonaliga bo’lib, bir burchagini ortga tashlab qo’yish, ikki uchini esa sochlarga o’ramagan holda sochlar ostidan olib o’tib, tugib qo’yish mumkin.
Quyidagi usulda esa qishki palantinni ham, junli sholni ham, doka ro’molni ham o’rash mumkin:



Bunday uslub uchun ro’mol yetarlicha katta bo’lishi talab etiladi. Uslubning gollivudcha deb atalishi sababi — ko’plab aktrisalar va yulduzlar aynan shu tarzda ro’mol o’rashlarida. U sochlarni himoylashga yordam beradi. Kattaroq ko’zoynaklar bilan esa tashqi ko’rinishni o’zgartiadi, jozibali va sirli obraz yaratadi.
Gollivudcha uslubda o’rash uchun ro’mol diagonali bo’ylab bukiladi va hosil bo’lgan uchburchakning yopiq tomoni peshona yuqorisidan tashlanadi (peshona chizig’igacha keltirilmaydi). Erkin qolgan uchlari bilan bo’yin bir marta o’ralib, orqa tarafda (ba’zan esa iyak ostida) tugib qo’yiladi (quyidagi tasvirdagi kabi).

Ro’mol bog’lashni osonlashtirish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish mumkin:
Kuz va qish fasllarida boshni issiqda saqlash uchun salla usulida ro’mol o’rash mumkin. Bu ayolni ob-havo buzilishi, yog’ingarchilikdan himoyalaydi, soch turmagini saqlab qoladi va individuallikka urgu beradi. Salla o’rash uchun uzun va ken ro’mol kerak, lekin ayni paytda u juda qalin bo’lmasligi zarur. Ideal variant — palantin. Quyida klassik usulning tasviri keltirilgan.

Boshqa variantlar — ro’mol yetarlicha uzun bo’lsa, uning erkin uchlari peshonaga kelib tutashganda, ularni chiroyli gul shaklida qilib tugish mumkin. Bundan tashqari, ular nafaqat peshonada, balki boshning yon yoki orqa tomonlarida tutashtirilishi ham chiroyli ko’rinadi.





Sovuq ob-havoda qalinroq ro’mol diagonal qilib bukilib, boshga yengil qilib o’raladi, biroq erkin uchlari iyakda tugilishi shart emas. Tugunni pastroqda, o’mrov suyagi sohasida tugish mumkin. Bundan tashqari, qish oylarida shollar, palantin va pavloposad uslubi keng ishlatiladi.

Palatin har qanday palto uchun mos keladi — ko’pincha bunday ro’mollar ayolning ko’zlari va kiyimiga urg’u beradi. Palto bilan gollivudcha uslubda o’ralgan ro’mol kiyish ham mumkin.
Lekin mo’ynali kiyimlar, masalan shubaga kelganda, yorqin pavloposadcha shol yoki aksincha, tekis rangli ro’mol tanlash yaxshi. Agar tanlov bosh kiyimi yoki palantin o’rtasida bo’ladigan bo’lsa, albatta, palantinni tanlash afzal. Chunki bugungi kunda mo’ynali kiyimlar bilan bosh kiyim kiyish urfda emas.


Pavloposadcha uslubda o’rash uchun ro’mol uchburchak qilib qatlanadi va boshga tashlanadi (yuqoridagi rasmdagi kabi). Agar sochlar uzun bo’lsa, unda bir necha tolasini ro’mol ostidan chiqarib olish mumkin, agar kalta bo’lsa, ro’mol ostiga yashirgan yaxshi.
Boshga ro’mol o’rash masalasida hech kim muslima ayollardan o’zib keta olmaydi. Ular buning sir-asrorlarini yoshlikdanoq o’rganishadi va u siljib ketmasligi uchun ko’plab sir-asrorlarni bilishadi.

Quyidagi videoda ro’molni islomiy odatlarga mos keladigan qilib, xususan xijob bog’lash haqida so’z yuritiladi:
Tez orada yoz fasli ham kirib keladi va shu kunlarda har bir ayol kishini qiziqtiradigan savol «garderobimni bu…
Erkaklar modasi va uslublari xilma-xillik borasida qarama-qarshi jins vakillarinikidan qolishmaydi. Aksincha deb o’ylaydiganlar esa chuqur adashadi. Erkaklar arsenalida…
Bugungi kunda urfda bo’lgan o’zbekona ko’ylak lozimlar kengish fasonga ega bo’lib, orqa va oldida yig’ilgan koketkalar, tikma yenglar…
To’g’ri tanlangan sharf obrazni to’ldirib, sovuq kunlarda terini tashqi ta’sirlardan himoyalaydi. Bugungi kunda ushbu aksessuarning ko’plab turlari mavjud…
GoInvest ilovasida o‘zbekcha ro‘yxatdan o‘tish, shaxsni tasdiqlash va brokerlik hisobini faollashtirish bo‘yicha rasmlar bilan qo‘llanma.
Zamonaviy tush psixologiyasi va ramziy tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, tushda nur yoki yorug‘lik ko‘rish – eng ijobiy, transformatsion ramzlardan…
Tajribangiz bilan bo‘lishing yoki savol bering — boshqa o‘quvchilarga ham foydali bo‘ladi.
Manga juda yoqdi hammasi qulay