Keks tayyorlash — retsepti, usullari, oddiy keks pishirish uchun kerakli masalliqlar
Keks deb biskvitli yoki xamirturushli xamiridan tayyorlangan shirin qandolat pishirig’iga ataladi. Kekslar tayyorlash usui qadimgi Rimda ham ma’lum bo’lgan, ammo bu pishiriq O’rta asrlarda mashhurlik yig’a boshladi. XVI asrdan boshlab keks Evropa bo’ylab keng tarqaldi. Ko’pgina mamlakatlarda ushbu pishiriq to’y, Rojdestvo va Pasxaga tayyorlanadigan marosim pishirig’i bo’lib sanaladi.
Uy sharoitida oddiy keks tayyorlash retsepti
Oddiy, lekin mazali keks tayyorlash uchun quyidagi masalliqlar kerak bo’ladi:
- 100 gramm sariyog’ (yoki margarin)
- 1 stakan shakar upasi
- 200 gramm smetana
- 2 ta tuxum
- ½ choy qoshiq iste’mol sodasi
- vanillin
- 100 gramm mayiz
- 200 gramm tozalangan yong’oq
- 8-9 osh qoshiq un
Keksni pishirish bosqichlari
Keks xamiri tuzilmasini yaxshilash va pishiriq havodor va ko’tarilib pishishi uchun xamirni havo bilan boyitish kerak. Buning uchun unni xamirga solishdan oldin yaxshilab elab olish darkor.
Keksni pishirish uchun:
- Avval yumshoq sariyog’ yoki margarinni shakar upasi bilan aralashtiring;
- So’ngra tuxumni urib, uni va sariyog’ va shakar aralashmasiga qo’shib, aralashtirishda davom eting;
- So’ng aralashmaga smetana, soda va vanilin qo’shing;
- Barcha masalliqlarni bir xil massa hosil bo’lgunga qadar aralashtiring;
- Shundan keyin tozalangan mayiz va pichoq bilan maydalangan yong’oq qo’shing;
- Barchasini aralashtiring va oxirida unni qo’shing. Xamir quyuq qaymoqdek konsistentsiyada bo’lishi kerak.
Issiqlikka chidamli bo’lgan shaklni margarin bilan yog’lab oling, so’ng unga xamirni soling. Sirtini qoshiq bilan tekislab, 40 daqiqa davomida pechda pishiring. Bunda pechni oldindan 180 °C ga qizdirib olish muhim. Uyda tayyorlanadigan kekslar o’rtacha haroratda pishiriladi.
Keks tayyorligini gugurt yoki tish tozalagich yordamida tekshiring. Mayizni xush ko’rmaydiganlar uni qo’shmasliklari ham mumkin. Keksga rang berish uchun xamirga kakao qo’shiladi. Shuningek keksga kichik shokolad bo’laklari va maydalangan bodom qo’shish ham mumkin. Keks kichik shaklchalarda pishirilsa, bu kamroq vaqt oladi va uni taqsimlash oson bo’ladi.
j̃ũd̃ãỹãM̃.Z̃õr̃ s̃ĩL̃ãg̃ãỹãM̃ q̃ĩB̃ k̃õ’r̃ĩw̃Ñĩ M̃ãs̃L̃ãh̃ãt̃ B̃ẽr̃g̃ãÑ B̃õL̃ãr̃d̃ĩM̃